Immanuel Vallerstaynning jahon tizimlari nazariyasi uning “Zamo
naviy jahon tizimi” (1974), ’’Kapitalistik jahon iqtisodiyoti” (1979),
“Siyosiy dunyo iqtisodi”( 1984) va boshqa asarlarida bayon qilingan.
Jahon kon’yunkturasi sikli to‘g‘risidagi ta’limot Kondratev-
Vallerstayn modelining yaratilishiga imkon berdi.
Britaniyalik geograf N.J. Taylor geoiqtisodiy monosentrizm
ta’limotini ishlab chiqdi.
Olim davlatning geosiyosiy gegemonligiri tadqiq qildi,
u xalqaro
munosabatlar iqtisodiy, siyosiy va mafkuraviy sohalarda mutlaq
hukmronligi bilan izohlanadi.
Keyingi ко‘rib chiqiladigan masalalardan biri - bu mintaqaviy lik
va mintaqaviylashuv masalasidir.
Mintaqaviylashuv - davlatlaming geografik joylashuvi asosida
mintaqada iqtisodiy aloqalaming shakllanishidir.
Mintaqaviylik
deganda esa, geografik jihatdan yaqin joylashgan
davlatlar preferension tipdagi savdo bitimlari vositasida iqtisodiy
hamjamiyatni shakllantirish anglanadi.
Ba’zi tahlilchilar mintaqaviylik deganda (aniqrog‘i, xalqaro min
taqaviylik), mamlakatlaming o‘zaro bog‘liqligi va milliy subyektlar
manfaatlarining milliy chegaralardan chiqishi va mintaqaviy darajada
bo‘lishi tushuniladi.
Keng m a’nodagi mintaqa
tushunchasidan kelib chiqib, mintaqa
viy tizimosti va mintaqalar shartli ravishda quyidagicha ajratiladi:
geografik makromintaqalar: Osiyo, Amerika, Yevropa, Avstraliya va
Okeaniya; mezomintaqalar: Markaziy, Shimoliy va Janubiy Amerika,
Yevropa, Avstraliya va Okeaniya, Shimoli-sharqiy, Janubi-sharqiy,
Janubiy, G‘arbiy va Markaziy Osiyo, Shimoliy Afrika,
Sahro Afrika-
si; mintaqalar (submintaqalar): Amerika markaziy, shimoliy va janu
biy qismga ajratiladi; Yevropa shimoliy, sharqiy, markaziy va janubiy
qismga; G ‘arbiy Osiyo Yaqin va 0 ‘rta Sharqqa ajratiladi.
Bundan tashqari, tarixiy-madaniy mintaqalar ham ajratiladi: Xi
toy, Koreya, Vyetnam (Vyetnam, Laos, Kambodja), Hind (Pokiston,
Afg‘oniston, Eron va Tojikiston), Turk (6 davlatdan iborat), arab (22
davlatdan iborat), rus (Rossiya, Ukraina va Belams), Yevropa (13
davlatdan iborat).
30
Shimoliy Amerika, Lotin Amerikasi va Afrika mintaqalari geosi
yosiy an’analari, integratsiya, etnolisoniy, etnomadaniy yoki etnopsi-
xologik birlik parametrlari bo‘yicha mintaqaviy birliklarga birlashadi.
Madaniy-diniy makromintaqalarga, konfutsiy-budda, yahudiylik,
musulmon,
provaslav, g‘arbiy xristianlik, Lotin Amerikasi, Afrika,
Tinch okeani mintaqalariga ajratiladi.
0 ‘zbekistonlik siyosatshunos N.Qosimovaning fikricha, min-
taqaviylikni bir mintaqada davlatlararo guruhning shakllanishi
deb ta’rifiash mumkin. Mintaqa esa geografik
aloqalar bilan uz-
viy bogTangan, davlatlaming cheklangan soni va umumiy o ‘zaro
bog‘liqlikning muayyan darajasiga ega makondir17.
Mintaqaviylikning besh asosiy kategoriyasi mavjud:18
• Mintaqaviylashuv - mintaqa ichidagi integratsiyaning
o ‘sishini bildiradi. Ammo mintaqaviylashuv davlatlar chegarasiga
mos kelmasligi mumkin.
• Mintaqaviy ong va identifikatsiya - unda mintaqa ichida
umumiy madaniyat, tarix, diniy an’analar mavjud bo‘ladi.
• Davlatlararo mintaqaviy hamkorlik -
mintaqa ichida davlatlar
turli sohalarda hamkorlikni amalga oshiradilar.
• Mintaqaviy iqtisodiy integratsiya - turli shakldagi bitim va
kelishuvlar orqali iqtisodiy integratsiya jarayoni shakllanadi.
• Mintaqaviy bog‘lanish - mamlakatlar o‘zaro bogiiqlikda bo‘ladi.
Bella Belashi integratsiyaning asosiy besh bosqichini ajratib
ko‘rsatadi:19
1. Erkin savdo zonasi.
2. Bojxona ittifoqi.
3. Umumiy bozor.
4. Valyuta va iqtisodiy ittifoq.
5. Siyosiy ittifoq.
Do'stlaringiz bilan baham: