M a’lumki, birinchi kommyunike 1972-yilda XXRning AQSH
tarafidan
tan olinganligi, ikkinchi kommyunike 1978-yilda AQSH
elchixonasining Taypeyidan Pekinga ko‘chirilishi va Tayvanni BMT
a ’zoligidan chiqarish, uchinchi kommyunike 1982-yilda imzolangan
bo‘lib, Tayvanga AQSH tarafidan ko‘rsatilayotgan harbiy yordam
miqdorini bosqichma-bosqich kamaytirish nazarda tutilgan. Shu sa-
babli, yuqoridagilardan kelib chiqqan holda,
mazkur masala bora-
sida ikki davlat manfaatlari bir-biriga zid bo‘lganligi uchun, Tayvan
muammosi ma’lum vaqtgacha ochiq qolishini taxmin qilish mumkin.
Jorjtaun Universiteti tashqi aloqalar maktabi professori Robert
Satter Tayvan masalasini sharhlar ekan:
«XXR Tayvanni mustaqillik tomon yurishini oldini olish uchun
harbiy kuchga suyanadi. Agar Tayvan mustaqillik e’lon qilish tarad-
dudida muayyan chora-tadbirlami amalga oshirsa va bu borada Xi
toy hukumatiga bo‘ysunmasligini aniq m a’lum qiladigan b o isa, Xi
toy Xalq Respublikasi mazkur muammoning oldini
olish maqsadida
qurolli kuchlami harakatga keltirishi ham mumkin. Bu esa o‘z nav-
batida, XXRning AQSH bilan to‘qnashuviga ham olib kelishi mum
kin», - degan fikmi ilgari suradi.
Xitoy Xalq Respublikasining iqtisodiy jihatdan o‘sib borishi uning
harbiy kuch-qudratini oshirishga xizmat qilishi ham mumkin.
M a’lumki, Xitoy Xalq Respublikasi hukumati 2005-yilda mam-
lakat harbiy xarajatlarini 12.6 foiz, taxminan 30 milliard dollarga
ko‘paytirishni bildirdi. Hukumat matbuot vakili Szyan Enjuning ayti-
shicha, qo‘shimcha xarajatlar oyliklami to‘lash, harbiy mashg‘ulotlar
o ‘tkazish va armiyani zamonaviy qurollar bilan ta’minlashga yordam
beradi. Harbiy xarajatlami oshirish taklifi Parlament sessiyasiga tas-
diqlash uchun taqdim etildi.
XXR tarafidan harbiy texnikalami sotib olish tashqi siyosiy
yo‘nalishlardan kelib chiqqan bo‘lib, qisqa fursatlarda harbiy salo-
hiyatini jahonning yetakchi davlatlari darajasiga yetkazishni maqsad
qilib qo‘yganligidan dalolat beradi.
Bu borada XXR Rossiyadan harbiy qurol-yarog‘,
zamonaviy
texnologiyalami sotib olishga intilmoqda. M a’lumki, XXR Rossi-
yadan 10 ta havoda samolyotlarni yoqilg‘i bilan ta ’minlaydigan II-
237
78 rusumdagi samolyot, S-300 PMU-1 zenit qurilmasini hamda aniq
nishonga uruvchi «Тог-M l» raketalarini sotib olgan. Shuningdek,
XXR Rossiyadan 877EKM va 636 (Kilo-class) rusumidagi to‘rtta
dizel-elektrik suvosti kemasini hamda «Sovremenniy» turkumida-
gi bir nechta esmineslar sotib olgan. M a’lumotlarga ko‘ra,
Rossiya
2004-yilda XXRga ikki milliard dollardan ortiq qiymatda harbiy
texnika sotgan.
2004-yil 13-dekabr kuni Pekinda Rossiya va Xitoy o ‘rtasida har
biy hamkorlik bo‘yicha tuzilgan hukumatlararo qo‘mitasining nav-
batdagi majlisi bo‘lib o ‘tdi. Unda ikki davlat o ‘rtasida harbiy soha-
dagi hamkorlikni yanada kengaytirish bilan bog‘liq qator masalalar
muhokama etildi.
Xulosa
qilib aytish mumkinki, bugun O ‘zbekiston XXRga oziq-
ovqat mahsulotlari, paxta tolasi, momiq, nokimyo va kimyo mahsu-
lotlari, mineral o‘g‘itlar eksport qilayotgan bo‘Isa, u yerdan qahva,
choy, plastmassa va undan tayyorlangan buyumlar, mexanik va elek-
tron jihozlar, kir yuvish vositalari va boshqa turli xil xalq iste’mol
mollarini keltirmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: