ekspansiyasi, Shimoliy Koreya yadro quroli muammosi, Yevrosiyo
mintaqasi “uchligi ”, ShHT.
15.1. Osiyo regionalizntining xususiyatlari
XXI asr boshlarida Afg‘oniston va Iroq tufayli Fors ko‘rfazi dav
latlari atrofida kechayotgan siyosiy o‘yinlar, nafaqat Markaziy Osiyo
mintaqasi, balki Yevrosiyoning uch buyuk, ya’ni Rossiya, XXR va
Hindiston davlatlarining o‘z tashqi siyosati bilan bog‘liq “strategik
manfaatlari”ni qayta ко‘rib chiqishni taqozo etmoqda.
AQSH ta’sirida G‘arb va Yaponiya davlatlarining bu mintaqa
davlatlariga o‘zaro munosabati esa ziddiyatlaming tub negizini bel-
gilamoqda. Yevrosiyo mintaqasi “uchligi”ni tashkil qilayotgan Ros
siya, Xitoy, Hindiston va AQSHning o‘zaro ichki munosabatlari alo-
qadorligi va ulaming dunyo siyosatiga ta’siri masalasi diqqatni jalb
etmoqda. XXR va Hindiston misolida ko‘riladigan bo‘lsa, dunyo yer
yuzi aholisining asosiy qismi aynan ana shu mamlakatda yashamoq-
da. Agarda bu davlatlarga qiyosan, AQSHni qo‘shib hisoblaganda,
Okean orti Amerika mintaqa aholisi sakkiz yuz millionni tashkil qilib,
229
shundan ikki yuz million kishi ishsizdir. Hindiston, Rossiya, AQSHda
ham ishsizlik muammosi mavjud.
Rossiya, XXR hamda Hindiston ham o ‘zlarining yadroviy qurol-
lariga ega, bu jihatlari bilan dunyo siyosatiga bevosita ta ’sirini
o‘tkaza oladigan, mintaqa xavfsizligi va barqarorligini kafolatlash-
da turli xavflarga qarshi tura oladigan, ulkan harbiy salohiyatga ega
davlatlardir.
Jug‘rofiy joylashuviga ko‘ra, “uchlik halqasi”ni tashkil etayot-
gan Rossiya, XXR va Hindiston davlatlari o ‘zaro tabiiy boy mam-
lakatlar sirasiga kiradi. XXRiiing Sinszyan - uyg‘ur milliy avtonom
rayoni geografik nuqtayi nazardan bu uchlikning manfaatlarini
uyg‘unlashtiruvchi strategik makon bo‘lib qolmoqda. Bu “uchbur-
chak” davlatlarning dunyo maydonida o‘ziga xos o‘rin tutayotgan-
ligini ham amalda ko‘zdan qochirmaslik kerak. Birinchidan, dengiz
yo‘llari orqali bevosita dunyo bozorlariga chiqishda qulay imkoniyat-
lariga ega, ikkinchidan, hududiy bir-biriga bog‘langan ulkan makon-
lar, uchinchidan, bu “uchlik”laming mintaqaga kirgan Markaziy Osiyo
davlatlari ijtimoiy taraqqiyotiga amalda ta’sir o ‘tkazishi bilan xarak-
terlanmoqda. Markaziy Osiyoning mintaqaviy dengiz yo‘llaridan
uzoqligi esa, ulaming qo‘shni davlatlar bilan faol siyosat yurgizishi,
oxir-oqibat “uchlik” davlatlarga bevosita chiqish zaruriyatini taqozo
etmoqda. Bu ko‘proq 0 ‘zbekistonga xos xususiyat sifatida, mazkur
vaziyatda 0 ‘zbekistonning ShHT davlatlari ichida faol tashqi siyo
sat olib borish zaruratini keltirib chiqarmoqda. “Jahon kommunika-
tsion tarmoqlarining tez sur’atlarda rivojlanib borishi natijasida ya-
gona bir davlat faoliyati bevosita mintaqa siyosati bilan uyg‘unlashib
bormoqda. Bu borada Markaziy Osiyo makoni uchun Rossiya, Xitoy
va Hindiston davlatlari bilan munosabatlami har qachongidan ko‘ra
yanada yaxshilash strategik vazifalaridan bo‘lib qolish ehtimoldan
xoli emas. Buning asosiy sababi esa, “Markaziy Osiyo mintaqasi
o‘ziga xos geosiyosiy tashqi chegaralarga ega’ligi, ya’ni “bu holat
ikki omil - Rossiya va Xitoy o ‘rtasida “siqilib qolganlik” va janubda
islom olami bilan belgilanishi” mumkinligi masalasidir.
Ammo, xalqaro maydonda jarayonlar qanday kechishidan qat’i
nazar, Markaziy Osiyo respublikalarining Rossiya yoki XXR imkoni-
230
yatlaridan foydalangan holda jahon bozorlariga chiqish hozirga qadar
muammoligicha qolmoqda. Bu esa ba’zi holatlarda mintaqa davlatla-
rini janubda islom davlatlari bilan faol tashqi - iqtisodiy munosabat-
lami olib borish zaruratini paydo qildi. Buning oqibatida “Yevrosiyo
mintaqasining tarkibiy qismlaridan b o ‘lib qolayotgan Markaziy
Osiyo bozorlarida o‘zaro raqobat kuchaymoqda”.
XX-XXI asr geosiyosiy o‘zgarishlarini NATOning bugungi faoli-
yatisiz tasavvur qilish qiyin. Bu asosan, tashkilotning sharqqa tomon
siljishi bilan xarakterlanadi.
XX-XXI asrlar kesishuvida geosiyosiy o‘zgarishlar va mintaqada
xavfsizlik, barqarorlik va taraqqiyotni ta’minlash muammolari xu-
susida gap ketar ekan, bu o‘rinda “dunyoning globallashuvi” bilan
bog‘liq boig an holatlarini ham ko‘zdan qochirmaslik kerak bo‘ladi.
ShHT ham bugunga kelib globallashuv g‘oyalarini ro‘yobga chiqar-
ish uchun xizmat qiluvchi hamda g‘oyalami tashuvchi yirik tashkilot-
lardan bo‘lib qolmoqda.
Rossiya va XXR xalqaro munosabatlarda o‘z tashqi strategik man-
faatlari bilan bog‘liq jihatlarga diqqat jalb etilsa, bu borada ularda
o‘zaro manfaatlami hisobga olish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Masalan, Yevrosiyo xavfsizligi va barqarorligini ta’minlashda XXR
mintaqada Rossiya kabi keng imkoniyatlarga ega emas. Xitoy buni
yaxshi tushunadi. va o ‘z tashqi siyosatida muammoning ana shu jihat-
lariga ko‘proq diqqatni qaratadi. Xususan, ShHT doirasida ana shu si-
yosiy mezonga amal qilish ustuvorlik kasb etmoqda, deyish mumkin.
Xitoy va Rossiyaning strategik manfaatlarida bir-birini hurmat qilish
g ‘oyasi ular munosabatlarining barqarorligini ta ’minlamoqda.
Yevrosiyo mintaqasida Xitoy va Rossiyaning o ‘ziga xos yana bir ji-
hati, “Xitoyning Yevrosiyo mintaqasida ulkan energiya resurslaridan
foydalanuvchi davlat ekanligi b o is a ”, aksincha “Rossiyaning ener-
giyani ishlab chiqaruvchi ulkan davlat bo‘lib qolayotganligidir”. De-
makki, bu jabhalarda “Rossiya va Xitoy o‘zaro biri-birini to‘ldiruvchi
davlatlar” bo‘lib, ana shu sohalami rivojlantirish masalasi ham kela-
jakda ular munosabatlarini yaqinlashtiruvchi omildir.
Yevrosiyo g ‘oyasi targ‘ibotchilarining fikricha, Rossiya geografik
joylashuviga ko‘ra, ham Yevropa, ham Sharq mintaqasiga kirgan-
231
ligi, uning Yevropaga bo‘lgan munosabatini belgilamoqda. Rossiya
ning bosib o‘tgan keyingi uch yuz yillik ijtimoiy-siyosiy taraqqiyoti,
madaniyati-tarixining yuksalishida Yevropa madaniyati samarali
ta’sirini o ‘tkazganligini va bu omillaming hozir ham Rossiya ijti-
moiy-siyosiy taraqqiyotida ta’siri kuchli bo‘layotganligini ko‘zdan
qochirmaslik kerak. Sobiq Ittifoq parchalangandan keyingi Rossiya
ning xalqaro maydonda siyosiy, iqtisodiy, madaniy ta’siri sezilarli ka-
maygan bo‘lsa-da, ammo Rossiya Yevrosiyo geoetnik makonida Yev
ropa bilan Sharqni ijtimoiy-siyosiy jabhalarda bir-birini bog‘lovchi
ko‘prik bo‘lib kelgan va kelajakda ham shunday bo‘lib qoladi. Ros
siya energetika bo‘yicha buyuk davlat bo‘lib qolmoqda. Rossiyaning
tabiiy gazi o‘tgan asr 70-yillari boshlaridanoq Yevrosiyo, qolaversa,
dunyo geosiyosatida muhim o‘rin tutib kelgan.
Rossiya tashqi faoliyatida xalqaro maydonda ta ’sir kuchi о ‘sib bo-
rayotgan XXR bilan ikki va ko‘p tomonlama hamkorlik qilish o‘z
davrining eng oqilona yoilaridan bo‘lib qolmoqda. Rossiya va XXR
hamkorligi doirasida hududiy muammolarini hal etish sabablari ana
shu jarayonlar bilan ham bog‘liq.
Keyingi paytlarda Tayvan masalasida, Xitoy va Yaponiya, Shi-
moliy Koreya yadro quroli muammolarini bartaraf etishda Xitoy va
AQSH munosabatlarida hamon kelishmovchiliklar saqlanib qolmoq
da. AQSHning Xitoy omili bilan bog‘liq ana shu jihatlari kelajakda
Rossiyaga yon bosishiga olib kelishi mumkinligi haqidagi farazlar
amalda yo‘q emas. Ammo bu farazlar haqiqatga qanchalar mos yoki
mos emasligini hayotning o‘zi ko‘rsatib bormoqda. Bunga ishonch
hosil qilish uchun esa NATOning Sharqqa tomon cho‘zilishi AQSH
ning Markaziy Osiyoda o ‘tkazib kelayotgan siyosiy tafsilotlarga na-
zar tashlashining o‘zi kifoya. Shuningdek, ayrim Rossiya mutaxas-
sislarining fikriga ko‘ra, Rossiyaning “Shanxay hamkorlik tashkiloti”
doirasida XXR bilan o ‘zaro hamkorlikda, Sibiming bo‘z yerlarini
o‘zlashtirish, qolaversa, iqtisodiy makonlar barpo etish-tashqi siyo-
satining yo‘nalishlarini belgilamoqda. Rossiya ham, XXR ham ikki
tomonlama mintaqaviy integratsiyani chuqurlashtirish afzalliklarini
ana shu yo‘l orqali ko‘rmoqda. Qolaversa, o‘tgan davr ichida bu qa-
rashlar o ‘zini amalda oqlamoqda. Bu g ‘oyalar turli xil kasbdagi rus
232
olimlari ichida mantiqiy munozaralarga sabab bo‘lmoqda. B a’zi ros-
siyalik mutaxassislaming fikricha, Sibir bo‘z yerlarini o‘zlashtirish
maqsadida xitoyliklaming Rossiyada ko‘payib borishi holati kelajak-
da Rossiyaning milliy manfaatlari va xavfsizligiga jiddiy tahdidlami
kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin. Noqonuniy migratsiya esa
buning asosiy omili bo‘lib qolmoqda. Uzoq Sharqning janubida ja-
moatchilik fikri bo‘yicha olib borilgan monitoring natijalari asosida
xulosa qilinadigan bo‘lsa, Uzoq Sharq xalqining 50% dan ortig‘i Xi
toy ekspansiyasi fenomeni borligini ta’kidlagan.
XX-XXI asrlar geosiyosiy o'zgarishlar davrida manfaatlami
ro‘yobga chiqarishda mintaqa tabiiy boyliklari ham asosiy omillardan
bo‘lib qolmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |