M. M. Muhammadsidiqov xalqaro mintaqashunoslik


16-BOB. SHANXAY HAMKORLIK TASHKILOTI



Download 6,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/154
Sana22.07.2022
Hajmi6,64 Mb.
#839951
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   154
Bog'liq
Xalqaro mintaqashunoslik, Muxammadsidiqov M.M.

244


16-BOB. SHANXAY HAMKORLIK TASHKILOTI
Dars maqsadi:
• Shanxay hamkorlik tashkiloti va uning o‘ziga xos xususiyat- 
larini tushimtirish;
• integratsion va globallashuv jarayonida Shanxay hamkorlik 
tashkilotining faoliyatini o‘rgatish;
• mazkur bilimlarni mustaqil tahlil qilishga ko‘maklashish.
Tushunchalar va tayanch iboralar: 
Shanxay hamkorlik tashkilo­
ti, MO davlatlari, chegara, bojhona, munozaralar, harbiy birlashuv,
mintaqa va mintaqaviylashuv, regionalizm, iqtisodiy birlashuv, siyo­
siy birlashuv.
16.1. Shanxay hamkorlik tashkiloti faoliyati
Shanxay hamkorlik tashkilotiga a ’zo mamlakatlar o ‘rtasida ham- 
korlikning muvaffaqiyatli chuqurlashuvi jahon hamjamiyatining 
e ’tiborini tobora keng jalb etmoqda. Ushbu tashkilot bilan aloqa va 
hamkorlikni o‘matish ishtiyoqidagi mamlakatlar va xalqaro tashkilot- 
lar soni tobora ko‘payib bormoqda. Ochiqlik tamoyiliga rioya qilgan 
holda, Shanxay hamkorlik tashkiloti bunga tayyor. 2003-yil Moskva 
Sammitida qabul qilingan Shanxay hamkorlik tashkiloti Deklaratsi- 
yasida ta’kidlanganidek, “Shanxay hamkorlik tashkiloti geografik 
joylasluivdan qat’i nazar, boshqa xalqaro tashkilotlar va davlatlar 
bilan hamkorlikka tayyor”. Shanxay hamkorlik tashkilotining tashqi 
hamkorlik mexanizmlari qabul qilingan hujjatlarda nazarda tutilgan 
va ular doirasida olib boriladi. Shanxay ham korlik tashkilotiga 
uning faoliyati asosida belgilangan tamoyillar va majburiyatlarga 
rioya qilishga tayyor boshqa davlatlar ham a’zo bo‘lib kirishi mumkin. 
Tashkilotning asosiy tamoyillari - uning boshqa davlatlarga qarshi qa~ 
ratilmaganligi, ham mintaqaviy, ham xalqaro hamkorlikni mustahkam- 
lash maqsadida ko‘p vektorli muloqot olib borishga tayyorlikdir.
2002-yil noyabrida “oltilikning” tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishida 
“Shanxay hamkorlik tashkiloti tashqi aloqalarining muvaffaqiat
245


sxemasi” qabul qilingan bo‘lib, unga muvofiq, Shanxay hamkorlik 
tashkiloti boshqa mamlakatlar va xalqaro tashkilotlami tashqi ishlar 
vazirlari yig‘ilishlariga va tashqi siyosiy masalalar bo‘yicha masla- 
hatlashuvlarga mehmon sifatida taklif qilishi, shuningdek, o ‘z va- 
killarini boshqa xalqaro tashkilotlaming tadbirlarida ishtirok etish 
uchun yo‘llashi mumkin. Shu maqsadda “A’zo davlatlaming Tashqi 
ishlar vazirliklari o ‘rtasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish va hamkor­
lik to ‘g ‘risida Protokol” ishlab chiqilgan bo‘lib, unda ko‘p pog‘onali 
maslahatlashuvlar mexanizmi, shu jumladan, Shanxay hamkor­
lik tashkilotiga a’zo davlatlaming Birlashgan millatlar tashkiloti 
qoshidagi Doimiy vakolatxonalari o‘rtasida muntazam uchrashuv- 
lami o ‘tkazib borish nazarda tutiladi. “Shanxay hamkorlik tashkiloti 
qoshida kuzatuvchi maqomi to‘g‘risida Nizom” 2004-yil Toshkentda 
bo‘lib o ‘tgan Sammitda tasdiqlandi.
Ayniqsa, Shanxay hamkorlik tashkilotining Birlashgan millatlar 
tashkiloti bilan hamkorligi muvaffaqiyatli rivojlanishi kuzatilmoqda. 
Moskvada qabul qilingan Shanxay hamkorlik tashkiloti Deklaratsiya- 
sida yozilganidek, “Davlat rahbarlari Birlashgan millatlar tashkiloti 
va BMT Xavfsizlik Kengashining yirik xalqaro muammolami hal 
etishdagi rolini tan olish fundamental ahamiyat kasb etadi. Birlash­
gan millatlar tashkiloti jahonda ro‘y berayotgan o ‘zgarishlarga mos ra- 
vishda, birinchi navbatda, jahon siyosati va xavfsizligi muammolarini 
samarali hal etish ehtiyojidan kelib chiqib isloh etilishi mumkin va
9
shunday bo‘lishi ham kerak.
Shanxay hamkorlik tashkilotiga a ’zo davlatlar, Birlashgan millat­
lar tashkiloti Nizomi va xalqaro huquq normalariga muvofiq ravish- 
da mojarolaming oldini olish bo‘yicha choralami amalga oshirishni 
uning faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri deb biladi”. Bundan 
tashqari, mazkur Deklaratsiyada ta’kidlanganidek, “Shanxay hamkor­
lik tashkiloti doirasidagi aloqalami rivojlantirish bilan bir qatorda, 
a ’zo davlatlar Birlashgan millatlar tashkiloti Xavfsizlik Kengashi­
ning Aksilterrorchilik qo‘mitasi bilan faol hamkorlik qilish niyatida”. 
0 ‘z navbatida, Shanxay hamkorlik tashkiloti faoliyati va shu for- 
matda o‘zaro aloqalarning chuqurlashuvi BMT tomonidan iliq qarshi 
olinmoqda. Masalan, 2004-yil yanvarida Shanxay hamkorlik tash-
246


kiloti Kotibiyatining ochilishi munosabati bilan, BMT Bosh kotibi 
Kofi Annan shunday deb ta’kidlagan edi: “Oxirgi bir necha yil ichida 
Shanxay hamkorlik tashkiloti tashkiliy jihatdan mustahkamlandi va 
xavfsizlik sohasida tobora muhim tashkilotga aylanib bormoqda. 
Uning olti nafar a ’zosi muloqot va hamkorlikda anchagina tajriba 
to‘pladi, o ‘zaro anglashuvni rivojlantirdi va umumiy kelajak uchun 
jamoaviy mas’ullikni his etishdi”131. BMT Bosh kotibi ta ’kidlashicha, 
oxirgi bir necha yil ichida Shanxay hamkorlik tashkilotining qator 
a’zo davlatlari anchagina iqtisodiy muvaffaqiyatlami qo‘lga kiritdi. 
Boshqalari o ‘z salohiyatini ishga solishga astoydil intilib kelmoqda. 
Shu bilan birga, Shanxay hamkorlik tashkilotining barcha mam- 
lakatlari uchun terrorizm va mojarolar xavfi barqarorlik va taraqqi- 
yot hamda universal qadriyatlami ilgari surish uchun asosiy tahdid 
bo‘lib qolayotgan ekan, Birlashgan millatlar tashkiloti Bosh kotibi 
hozirgi zamon muammolarini bartaraf qilishda sa’y- harkatlami bir- 
lashtirishni taklif qildi va BMT Shanxay hamkorlik tashkilotining 
ko‘ptomonlama hamkorligiga umid bildirishini bayon qildi.
Fikrimizcha, ushbu ikki tashkilot maqsadlari va yondashuvla- 
rining o'zaro yaqinligi va mosligi tufayli ulaming rasmiy aloqalari 
juda laol rivojlanmoqda. Masalan, Shanxay hamkorlik tashkiloti 
vakillari BMT Xavfsizlik Kengashi Aksilterrorchilik qo‘mitasining 
yig‘ilishida (2003-yil mart, Nyu-York), YeXHT sheriklari muloqo- 
tining yig‘ilishida (2003-yil aprel, Vena), BMT va Mintaqaviy tash- 
kilotlaming Yuqori darajadagi beshinchi yig‘ilishida (2003-yil iyul, 
Nyu-York), Yevropa xavfsizlik va ham korlik tashkilotining ter- 
rorizmga qarshi kurash va uning oldini olish bo‘yicha yig‘ilishida 
(2003-yil sentabr, Lissabon) ishtirok etishdi.
2003-yil 2-sentabrida Umumxitoy xalq vakillarining doimiy 
yig‘ini raisi U. Bango va Filippin Parlamenti vakillar palatasi raisi 
Xose de Venesia ASEANga a ’zo davlatlar Shanxay hamkorlik tash­
kiloti bilan xalqaro terrorizm jinoyatchiligiga qarshi hamkorlikda 
kurash to‘g ‘risida Bitim imzolashi kerakligini bayon qilishgan. 
Ushbu parlamentariylar o‘zlarining boshqa Osiyo mamlakatlaridagi

Download 6,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish