M. M. Muhammadsidiqov xalqaro mintaqashunoslik


 Mintaqaviy hamkorlik va mintaqaviy integratsiya



Download 6,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/154
Sana22.07.2022
Hajmi6,64 Mb.
#839951
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   154
Bog'liq
Xalqaro mintaqashunoslik, Muxammadsidiqov M.M.

8.3. Mintaqaviy hamkorlik va mintaqaviy integratsiya
Hamkorlikni davlatlar misolida olsak, ular vujudga kelgandan 
buyon u yoki bu ko‘rinishda hamkorlik qilib kelishgan. Hamkorlikda 
asosiy e’tibor milliy manfaatlarga qaratiladi, davming xususiyati, u 
yuzaga keltiradigan muammolar nuqtayi nazaridan yondashiladi. 
Davlat hamkorlikdan manfaatdor bo‘lsa, albatta unda ishtirok etadi. 
Mintaqaviy integratsiyada esa asosan kelajakdagi samara ustuvor- 
lik qiladi. Shuningdek, mintaqaviy hamkorlik bilan mintaqaviy in­
tegratsiya uzviy bogiiq. Bu ikki jarayon uchun davlatlaming taraq­
qiyot darajalari, siyosiy tuzumining yaqinligi muhim ahamiyatga 
ega. Bunday omillar bo‘lmasa, ikki jarayon ham samara bermaydi. 
Deylik, Yaponiya bilan Shimoliy Koreya geografik nuqtayi nazardan 
bir mintaqada joy lashgan, bunda makon omili mavjud bo‘lsa-da, ular- 
ning siyosiy tuzumlari va iqtisodiy darajalaridagi farq jarayonning 
amalga oshishiga to‘sqinlik qiladi.
109


Mintaqaviy integratsiya hamkorlikni institutsiyalashuvi hamdir. 
Hamkorlik uchun esa institutsiyalashuv shart emas. Shunga qaramay, 
har qanday integratsion jarayonlaming ibtidosi aynan hamkorlikdan 
boshlanadi. Mintaqaviy hamkorlik natijasida integratsiya jarayonlari 
shakllanadi va rivojlanadi.
Bugungi kunda mintaqaviy integratsiyaning eng katta kamchili- 
gi - milliy suverenitetga daxl qilishi ko‘pchilik tomonidan tan olin- 
moqda. Ya’ni aksariyat tadqiqotchilar “mintaqaviy integratsiya” tu- 
shunchasini tahlil qilishda va o ‘rganishda umumiy manfaatlar ustu­
vorligini ta ’minlash maqsadida davlatlar o‘zlari yaratayotgan yangi 
institutsional strukturaga o ‘z suverenitetlarining bir qismini berish 
jarayoni” sifatida qarashadi87.
Lekin boshqa bir tadqiqotchilar mintaqaviy integratsiya jarayon­
lari milliy suverenitetga hech qanday daxl qilmasligini ta’kidlaydilar. 
Jumladan, rossiyalik olim Т. V. Bordachyov “Yevropa ittifoqiga kiruv- 
chi davlatlar siyosiy va iqtisodiy sohalarda istisnosiz suverenitet 
huquqini saqlab qolgan. Milliy mudofaa, tashqi energetika sohasidagi 
aloqalar, adliya va ichki ishlar, migratsiya siyosati va ta’lim milliy 
hukumat qo‘lida”88, degan fikrlami qayd etadi. Olim quyidagi sotsi- 
ologik tadqiqotlar natijasiga suyanib, o‘z fikrini isbotlashga urinadi. 
Yevrokomissiyaning sotsiologik xizmat tashkiloti 2011-yil kuzida 
o ‘tkazgan Yevropa davlatlarida jamoatchilik fikrini o‘rganishga doir 
tadqiqotlarida 42% aholi o‘z davlatlarining fuqarosi ekanligi, hech 
qachon Yevropa fuqarosi bo‘lmaganliklari, 37% aholi onda-sonda 
Yevropa fuqaroligini his qilganligini, 7% aholi avvalo Yevropa Itti- 
foqi fuqarosi ekanligi, 53% yevropalik davlatlarining Yevropa Ittifo­
qiga a’zoligini qo‘llab-quwatlashlarini e’tirof etishadi89.
Umuman olganda, siyosiy integratsiyaga ustuvorlik berilgan inte­
gratsiya jarayonida suverenitetni cheklash mavjud. Chunki integrat­
siya jarayonlarida ishtirok etuvchi davlat ichki siyosatda ham, tashqi

Download 6,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish