140
Каримов
И.А.
Бизнинг
бош
максадимиз
-
жамиятни
демократлаштириш ва янгилаш, мамлакатни модернизация ва ислох
этишдир. - Т.:Узбекистон, 2005, 60 б.
262
Ian to‘ldirishga oid qo‘shma loyihalarni amalga oshirish barcha a’zo
davlalar uchun istiqbollidir.
Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (ShHT) Xitoy, Rossiya, Qozog‘is-
ton, Tojikiston, Qirg‘iziston hamda 0 ‘zbekiston davlatlari o ‘rtasida
2001-yil 15-iyunda tashkil etilgan xalqaro mintaqaviy tashkilot
hisoblanadi. Uning asosiy maqsadi a’zo davlatlar o‘rtasida o‘zaro
ishonch va yaxshi qo‘shnichilikni mustahkamlash hamda siyosiy,
savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy, shuningdek, ta’lim, ener-
getika, transport, turizm, atrof-muhitni muhofaza qilish va boshqa
sohalardagi samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan iborat. Bundan
tashqari, mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash, terrorizm, ekstremizm
va ayirmachilikka qarshi birgalikda kurashish ham tashkilotning
asosiy vazifalari sirasiga kiradi.
0 ‘zbekiston 2001-yil iyun oyida ShHTga a’zo bo‘ldi va uning
muassisi hamda teng huquqli qatnashchisiga aylandi. Shanxay ham
korlik tashkiloti tartib-qoidalariga binoan, har yili a ’zo mamlakat-
lardan biri unga rais bo‘ladi. 0 ‘zbekiston raisligi davrida erishilgan
yutuqlardan biri - BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 2009-yil
18-dekabrda konsensus asosida ShHT va BMT o ‘rtasidagi hamkor
lik to‘g‘risidagi maxsus rezolyutsiyaning qabul qilinishidir. Shunisi
e’tiborga molikki, ushbu rezolyutsiyaga ShHTga a’zo davlatlar -
0 ‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston va Tojikiston-
dan tashqari Pokiston va Dominikan Respublikasi ham hammualliflik
qildi.
Har qanday xalqaro tashkilotning nufuzi va ahamiyati unga dun-
yoda berilayotgan e’tibor va faoliyatning samaradorligi bilan belgi-
lanadi. ShHT nisbatan qisqa vaqt ichida nufuzli xalqaro tashkilotga
aylandi. Ta’kidlash joizki, kuzatuvchi mamlakatlar bilan qo‘shib hi-
soblaganda, ShHT dunyo aholisining yarmini birlashtiradi. Bu esa
uning asosiy faoliyat yo‘nalishlari - iqtisodiy hamkorlikni rivojlan-
tirish va mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlashdagi salohiyatini
oshiradi. Ana shu ikki ustuvor yo‘nalishga alohida urg‘u beriladi.
Zero, xavfsizlik orqali hamkorlikni rivojlantirish, umumiy taraqqi-
yotga erishish tashkilotning asosiy maqsadidir. Yevrosiyo hududi-
ning 61 foizini, dunyo aholisining to‘rtdan bir qismini tashkil qilgan
263
mamlakatlar ishtirokidagi yangi tashkilot qabul qilgan birinchi hujjat
«Shanxay hamkorlik tashkilotini tuzish to‘g ‘risidagi Deklaratsiya»,
«Terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurash to‘g‘risida»gi
Konvensiya bo‘ldi.
Oradan 1 yil o ‘tib, Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tgan sammitda tash-
kilotning tuzilmalarini shakllantirish boshlandi. 2003-yilda esa ShHT
Kotibiyati (qarorgohi Pekinda) va Mintaqaviy Aksilterror tuzilmasi
(qarorgohi Toshkentda) tashkil etildi.
2004-yil-1-yanvaridan boshlab amaliy mexanizmi, m a’muriyati
va budjetiga asos solingan ShHT to‘laqonli xalqaro tashkilot sifatida
tan olindi. Tashkilotning faoliyat ko‘lamini kengaytirish maqsadida
2005-2006-yillarda ShHTning Banklararo birlashmasi, Ishbilarmon-
lar kengashi va Forumi tashkil qilindi.
ShHT tuzilganidan key in ko ‘plab davlatlar uning safidan joy
olish istagini bildirdi. Bugungi kunda jahonda nufuzi ortib borayot-
gan ShHTga 6 ta - 0 ‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston,
Tojikiston va Xitoy a ’zo. Hindiston, Eron, M o‘g ‘uliston va Pokis-
ton kuzatuvchi maqomiga ega. Belarus va Shri-Lankaga Muloqot
bo‘yicha hamkor maqomi berilgan. ShHT sammitlarida MDH, ASEAN
va A fg‘oniston rahbarlarining taklif etilishi tashkilotning istiq-
bolidan darak beradi.
Shuni ta’kidlash kerakki, ShHT harbiy tashkilot emas. Bu tash
kilot asosan a’zo davlatlaming havfsizligini ta’minlashga mas’uldir.
ShHTning o ‘z oldiga qo‘ygan vazifalar barqaror taraqqiyot va faro von
istiqbol uchun hamkorlikda faoliyat yuritishdan iboratdir. So‘nggi
vaqtlarda jahonda nufuzi ortib borayotgan tashkilot o ‘z oldiga urush-
lar va harbiy-siyosiy to‘qnashuvlar xavfini daf etib, tinchlik, farovon
hayotga erishishdek ulug‘ maqsadni qo‘ygan. Qarorgohi Toshkentda
bo‘lgan Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi o ‘z mevalarini bermoqda.
Shu davr mobaynida MATT tomonidan mingdan ortiq terroristik
hodisalarining oldi olindi. Tashkilotga a’zo davlatlaming maxsus xiz-
matlari tomonidan terrorchi tashkilotlaming rahbarlari qo‘lga olindi
va yo‘q qilindi. ShHT doirasida madaniy va gumanitar sohalarda
aloqalar rivojlanib bormoqda. 2002-yilda Pekinda madaniyat vazir-
larining uchrashuvi bo‘lib o ‘tdi. A’zo mamlakatlarda madaniyat kun-
264
larini o‘tkazish borasidagi takliflar qo‘llab-quvvatlandi. 0 ‘tgan davr
ichida bir necha tadbirlar o ‘tkazildi. Mamlakatlar o ‘rtasida talabalar
va o‘qituvchi-professorlar almashuvlari yo‘lga qo‘yilgan. San’at so-
hasidagi hamkorlik ham rivojlanib bormoqda.
ShHT davlatlari o ‘zaro munosabatlarda «Shanxay ruhi»ga amal
qiladi. Bu ibora qarorlami konsensus asosida qabul qilish, o‘zaro
ishonch va manfaatdorlik, tenglik, maslahatlashuv, madaniy xilma-
xillikka hurmat bilan yondashuv, birgalikda taraqqiy etishga intilish
tamoyillariga qat’iy amal qilish demakdir.
2016-yil Toshkentda ShHT a’zo davlatlari rahbarlari kengashining
15-yilligiga bag‘ishlangan yubiley majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda davlat
rahbarlari asosiy hujjat - ShHT 15-yilligining Toshkent deklaratsi-
yasini imzoladilar. Mazkur hujjatda tashkilotning o ‘tgan 15-yilllik
faoliyatini baholash bilan birga, a ’zo davlatlaming ShHT rivojlani-
shi istiqbollariga doir bir-biriga mujassam yondashuvlar, shuningdek,
hozirgi xalqaro va mintaqaviy vaziyatga nisbatan davlatlarning pozi-
tsiyalari aks ettirildi.
Davlat rahbarlari ShHTning 2015-yilgacha taraqqiyot strate-
giyasini amalga tatbiq etish bo‘yicha 2016-2020-yillar oralig‘ida
m o‘ljallangan tadbirlar rejasini tasdiqladilar. 2005-yil iyul oyidagi
SHHTning navbatdagi samitida SHHT faolitining asosiy yo‘nalishlari-
xavfsizlik muammolari va savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy ham
korlikni, transport kommunikatsiyalari borasidagi aloqalarni rivoj-
lantirishga doir masalalar yuzasidan ham fikr almashinildi. Shuning
dek, davlat rahbarlari mintaqaviy va xalqaro muammolarga, terror-
chilik, ekstrimizm, ayirmachilik, transmilliy uyushgan jinoyatchilik,
narkobiznes va qurol-yarog‘ning noqonuniy savdosi kabi illatlarga
qarshi birgalikda kurashning samaradorligini oshirish borasidagi
masalalarga e’tibor qaratdilar. Muzokaralar davomida, Toshkentdagi
Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi hamda Pekindagi Kotibiyatining
o‘tgan davrdagi faoliyati ko‘rib chiqildi. Markaziy Osiyo umumiy
bozomi shakllantirish, savdo-iqtisodiy hamkorlikni har tomonlama
qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, suv-energetika zaxiralaridan
foydalanish, neft-gaz konlarini o ‘zlashtirish, transport, fan-texnika,
ta’lim, sogiiqni saqlash, madaniyat, sport, sayyohlik va ekologiya
265
sohalaridagi aloqalar koTamini kengaytirish masalalari yuzasidan fikr
almashildi. Sammit yakunlari bo‘yicha ShHT davlat rahbarlarining
deklaratsiyasi imzolandi. Shuningdek, ShHTga a’zo davlatlaming
terrorchilik, ayirmachilik va ekstremizmga qarshi kurashdagi ham-
korligi to‘g‘risidagi konsepsiya qabul qilindi. ShHTga a’zo mam-
lakatlaming ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasidagi doimiy va-
killari to‘g ‘risidagi nizom tasdiqlandi. Sammitda Mintaqa hududidagi
Afg‘onistonda Aksilterror Koalitsiya o‘zining harbiy operatsiyalarini
boshlash jarayonida joylashtirgan harbiy bazalarini, xalqaro huquq
normalariga asosan, 180 kun ichida olib chiqib ketishi lozimligi haqi-
dagi bayonot e’lon qilindi. Sammitda Eron, Pokiston va Hindistonga
ShHT huzurida kuzatuvchi maqomini berish to‘g‘risidagi qarorlarga
imzo chekildi. 2017-yilda esa Hindiston va Pokistonning a’zolikka
qabul qilinish protsedurasini Ostona sammitida tugatilishi va ular-
ning to‘laqonli a’zo sifatida qabul qilinishi belgilandi. Shu paytgacha
Mo‘g ‘uliston shunday maqomga ega edi. Tomonlaming birgalikdagi
harakatlari bilan tashkilot o ‘z faoliyatida yirik muvaffaqiyatlarga
erishdi.
2010-yil 5-aprelda Toshkent shahrida BMT va ShHT Kotibiyatlari
o‘rtasida hamkorlik to ‘g ‘risidagi qo‘shma deklaratsiyasi imzolanib,
unga binoan BMTning tegishli antiterror boTinmasi bilan ShHT
MATT o ‘rtasidagi hamkorlik muhim ahamiyatga ega.
Shunga o ‘xshagan uchrashuv 2016-yil oktabr-noyabr oylarida
ham bo‘lib o ‘tdi. BMTning Nyu-Yorkning shtab kvartirasida bo‘lib
o‘tgan zamonaviy xavf-hatarlarga qarshi kut'ashda BMT va ShHT
hamkorligi bo‘yicha yuqori darajali uchrashuvida “BMT va ShHT
o ‘rtasidagi hamkorlik” bo‘yicha BMT Bosh Assambleyasining Rezo-
lyutsiyasi qabul qilindi va undagi MATTning roli ta’kidlab o‘tildi.
Shuningdek, Venadagi 2017-yil 13-martda BMT yordamchi tashkiloti
UNP va ShHT Sekretariatining narkotik xavfi muammosi bo‘yicha
yig‘ilishlari ham shular jumlasidandir.
2017-yil 20-21 -aprelda Ostonada bo‘lib o‘tgan Tashqi Ishlar Vazir-
lari Kengashi majlisida ham Afg‘oniston masalasiga katta e ’tibor qa-
ratildi. Jumladan, Afg‘oniston hukumati hamda Afg‘oniston xalqini
tinchlikni o‘matishdagi sa’y-harakatlariga yuqori baho berildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |