M. M. Mamadazimov A. M. Tillaboyev Sh. E. Nurmamatov


SYning parabolik trayektoriya bо‘ylab harakat



Download 8,63 Mb.
bet23/47
Sana08.02.2023
Hajmi8,63 Mb.
#909065
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   47
Bog'liq
astronomiya masala

3. SYning parabolik trayektoriya bо‘ylab harakat. Apogeyi cheksizlikda “yotgan” elliptik orbita, shubhasiz, ellips bо‘la olmaydi (8-rasmda 5). Bunda apparat tortish markazidan cheksiz uzoqqa ketib, yopiq bо‘lmagan egri chiziq -parabola bо‘ylab harakatlanadi. Kosmik apparat tortish markazidan uzoqlashgan sayin tezligi kamayib boradi. (6*) tenglamaga kо‘ra, cheksizlikda (r) tezlik nolga
( =0) bо‘lishini e’tiborga olib, parabolik orbitaning boshlang‘ich r masofada ta’minlaydigan 0 boshlang‘ich tezlikni topamiz:

yoki
. (15)
(15) bо‘yicha hisoblangan tezlik parabolik yoki erkinlik tezligi deyiladi.
Bunday tezlikka erishgach, KA parabola bо‘ylab harakatlanib, tortish markaziga qaytmaydi, boshqacha aytganda, erkinlik oladi. (15) va (13) ni solishtirib:
yoki erk = 1,414 ayl (16)

ekanligini aniqlaymiz.Agar – Yerning radiusi deb olinsa,


(17)
bо‘lib, u ikkinchi kosmik tezlik deyiladi, uning (Yer uchun ) miqdori 11,186 km/s ni tashkil etadi. Endi (15) dan foydalanib, (6) formulani yozsak, tortishish maydonidagi tezlik
(18)
chiqadi.
4. Giperbolik trayektoriyalar. Agar KA, parabolik tezlikdan katta tezlikka erishsa, u bu holda ham ochiq egri chiziq bо‘ylab “cheksizlikka yetadi”, biroq bunda uning trayektoriyasi giperbola kо‘rinishini oladi. Mazkur holda KAning cheksizlikdagi tezligi nolga teng bо‘lmaydi. Garchi tortish markazidan uzoqlashgan sayin uning tezligi uzluksiz kamayib borsa-da, biroq u (r =  bо‘lganda) ushbu ifodadan topiluvchi tezlikning qiymatidan kam bо‘la olmaydi:
(19)
tezlikni qoldiq tezlik (ba’zan tezlikning giperbolik orttirmasi ) deb yuritiladi.
Giperbolik trayektoriya tortish markazidan uzoqda, ya’ni cheksizlikda giperbola asimptotalari deyiluvchi tо‘g‘ri chiziqlardan deyarli farq qilmaydi. Shuning uchun ham katta uzoqlikda giperbolik trayektoriyani tо‘g‘ri chiziqli trayektoriya deyish mumkin(8-rasmda bu 6- trayektoriyani ifodalaydi).
Parabolik va giperbolik trayektoriyalarda ham (11) va (11*) tenglamalar baribir о‘rinli bо‘laveradi. Tortish maydonida KAning passiv harakati, planetalar harakatining elliptik shaklini birinchi bо‘lib topgan va ularning harakat qonunlarini aniqlagan nemis olimi I. Kepler sharafiga u Keplercha harakat deb yuritiladi.
Yerning Quyoshga nisbatan ta’sir sferasining radiusi 925 000 km, Oy ta’sir sferasining Yerga nisbatan radiusi 66 000 km. Quyoshning galaktika markaziga nisbatan aniqlangan bunday sferasining radiusi esa 9.1012 km , ya’ni salkam 1 yo.y. ga teng ekanligini ma’lum qiladi.
Oralari a bо‘lgan ixtiyoriy kichik m massali jismning katta M massali jismga nisbatan ta’sir sferasining radiusi:
(20)
ifodadan topiladi.
Planetalarning ta’sir sferasi, о‘z yо‘ldoshini doimiy ushlab turaoladigan Xill sferasi deyiluvchi sferadan farq qiladi. Yerning Quyoshga nisbatan Xill sferasining radiusi 1,5 mln kilometrdir.
Tazyiq sferasi deyiluvchi va kosmodinamikada deyarli hechqanday rol о‘ynamaydigan sfera esa Quyosh va Yerni tutashtiruvchi kesmada va boshqa yо‘nalishlarda yotib, Quyosh va Yerning gravitatsion tezlanishlari о‘zaro teng bо‘lgan nuqtalarning geometrik о‘rinlaridan tashkil topgan sferadir.
Hisoblashlar aniq olib borilishi talab etilganda, tazyiq sferasining radiusi
(21)
ifoda orqali topiladi.

  1. Agar poezd 100 km/saot tezlik bilan to‘xtovsiz yursa, u yerdan Pluton orbitasigacha bo‘lgan masofani qancha vaqtda bosib o‘tadi?

  2. Perigeliy masofasi Quyoshdan Yergacha (1 a. b. ) masofaga afeliy masofasi esa Quyoshdan Marsgacha (1.5 a. b.) masofaga teng bo‘lgan orbita bo‘ylab harakatlanayotgan sayyoralaro kema yerdan marsgacha uchib borishi uchun qancha vaqt kerak?

  3. Yer va Oy massasi 81:1 kabi nisbatda. Ularning markazlari orasidagi masofa 382 420 km ga teng. Bu ikkala jismning umumiy og‘irlik markazi qayerda joylashgan?

  4. Yer atrofida aylana bo‘ylab uning sirtidan yarim va ikki radiusga teng masofada xarakatlanuvchi Yer sun’iy yo‘ldoshlarining uchirish tezligi va aylanish davrlarini aniqlang.

  5. Oldingi masalani Mars va Yupiter sun’iy yo‘ldoshlari uchun yeching. Yerga nisbatan massa va radiuslar: Marsniki - 0,107 va 0,533, Yupiterniki - 318 va 10, 9

  6. Agar markaziy jism massasi n marta, uning radiusi – m marta oshganda va xususiy m = n holda oldingi masalalardagi yo‘ldoshlarning davrlari va aylanish tezliklari qanday o‘zgaradi?

  7. Yer sun’iy yo‘ldoshlari aylanali orbita bo‘ylab 90m , 150m va 3h li davr bilan Yer sirtidan qanday balandlikda va qanday tezlik bilan harakat qiladi? Yer radiusini 6370 km deb olinsin.

  8. Statsionar sun’iy yo‘ldoshning, ya’ni Yer ekvatorining ayni bir nuqtasi ustida qo‘zg‘almas holda osilib turuvchi sun’iy yo‘ldoshning Yer sirtidan balandligi va tezligini toping.

  9. Oldingi masalani 2 – masalada ko‘rsatilgan sayyoralarning statsionar sun’iy yo‘ldoshlari uchun eching. Marsning aylanish davri 24h 37m,4Yupiterniki – 9h50m,5 ga teng.

  10. Yer, Oy, Mars va Yupiterlarning sirtlaridan bir xildagi 200 va 1000 km balandlikda aylanuvchi sun’iy yo‘ldoshlarning tezliklari va aylanish davrlarini toping. Bu osmon jismlarining berilgan ketma-ketlikdagi massalari 1, 0,0123, 0,107 va 318 ga, radiuslari - 6370, 1738, 3400 va 71400 km ga teng.

  11. Qutb sun’iy yo‘ldoshlarining Yer, Merkuriy va Venera atrofida aylanma orbita bo‘ylab 7 km/sek va 2 km/sek tezlik bilan bir davrli aylanishlarida uchish trassasi necha gradusga va qanday yo‘nalishda siljiydi? Merkuriyning aylanish davri 58k,65 . Veneraniki – 243k,2 (sayyora aylanishi teskari yo‘nalishda) Zaruriy ma’lumotlar 10- masalada.

  12. Yer, Mars va Yupiterning sirtlaridan 200 km masofada 9,5 km/s gorizontal tezlik bilan uchirilgan sun’iy osmon jismlari qanday orbita bo‘ylab xarakat kiladi? Zaruriy ma’lumotlarni 7- masaladan oling.

  13. ]Merkuriy va Veneralarning massalari Yernikiga nisbatan mos ravishda 0,055 va 0,815 ga, radiuslari esa - 2440 km va 6050 km ga teng. Bu sayyoralar atrofida 2 soat va 8 soat li davr bilan, eksstentrisitetlari 0,100 va 0,600 ga teng elliptik orbita bo‘ylab xarakatlanadigan sun’iy yo‘ldoshlarni qanday minimal balandlikda va qanday tezlik bilan chiqarish lozim?

  14. Sun’iy yo‘ldoshlar sayyoralarning peristentrik va apostentrik yarimsharlari ustidan eksstentrisitetlari 0,100 va 0,400 ga teng orbita bo‘ylab o‘zining davrining qancha qismini bosib o‘tadi?

  15. “Salyut-5” orbital stanstiyasining (orbitaga 1976 yil 22 iyunda chiqarilgan) Yer atrofida 258 km dan 283 km gacha balandlikdagi chegarada aylanishi, “Molniya-2” aloqa yo‘ldoshining (orbitaga 1973 yil 25 dekabrda chiqarilgan) Yer atrofida katta yarim o‘qi 27030 km va apogey balandligi 40860 km li orbita bo‘ylab aylanishi ma’lum bo‘lsa, ular qancha vaqt ichida perigey va apogey yarimsharlari ustidan uchadi?

  16. Oyning sun’iy yo‘ldoshlari uning sirti ustidan quyidagi balandliklar chegarasida: “Luna-19” (1971 yil 28 noyabrda) 77 km dan 385 km gacha, 2h11m li davr bilan, “Luna-20” (1972 yil 19 fevralda) 21 km dan 100 km gacha 1h54m davr bilan aylanishi ma’lum bo‘lsa, Oyning (Yer massasi bo‘yicha) massasini toping. Qavslarda yo‘ldoshning selenostentrik orbitaga chiqarilgan sanasi yozilgan. Oy diametri - 3476 km.

  17. Oldingi masalaning berilganlari va natijalariga ko‘ra Oy yo‘ldoshlarining aylanma va selenostentrik tezliklari chegarasini toping.

  18. Marsning tabiiy yo‘ldoshi Deymos sayyora atrofida 1k, 262 davr bilan o‘rtacha 23500 km masofada aylanadi, uning sun’iy yo‘ldoshi “Mars-5” (1974 yil 12 fevralda chiqarilgan) sayyora atrofida 25h, 0 davr bilan sayyora sirtidan 1760 km dan 32500 km gacha balandliklar chegarasida aylanadi. Shu berilganlar asosida Mars radiusi 3400 km ligini hisobga olib Mars massasini aniqlang.

  19. 1975 yil 25 oktyabrda uchirilgan “Venera-10” sayyoralararo sovet avtomatik stanstiyasi Veneraning ikkinchi sun’iy yo‘ldoshi bo‘lib, o‘sha kunlarda sayyora atrofida uning sirtidan 1400 km dan 114000 km gacha balandliklar chegarasida 49h23m davr bilan aylangan. Venera radiusini 6050 km ga teng deb olib, uning massasini hisoblang.

  20. 1961 yil 12 aprelda “Vostok” kosmik kemasida Y.A.Gagarin insoniyat tarixida birinchi marta Yerni uning sirtidan 181 km dan 327 km gacha balandliklar chegarasida aylanib chiqdi. Kosmik kema orbitasining katta yarim o‘qlarini, eksetentrisitetini, Yer atrofida aylanish davrini, uning o‘rtacha va chegaraviy tezliklarini va kosmik kemaning Yerning perigey va apogey yarim sharlari ustidan uchib o‘tish vaqti davomiyligini aniqlang.

  21. Oldingi masalani 1973 yil 5 aprelda Yer orbitasi atrofida 500 km dan 39100 km gacha balandliklar chegarasida chiqarilgan. “Molniya-2” aloqa yo‘ldoshi uchun yeching.

  22. 1975 yil 14 aprelda Yerning janubiy yarim shari ustidan perigey balandligi 636 km li orbitaga chiqarilgan “Molniya-3” aloqa yo‘ldoshi 12h 16m li davr bilan Yer atrofida aylanadi. Yo‘ldosh orbitasining katta yarim o‘qi va eksetentrisitetini, uning apogey balapdligini, pergey va apogeydagi tezligini va Yerning qarama-qarshi yarimsharlari ustida uchish davomiyligini toping.

  23. Agar Marsning o‘rtacha geliostentrik masofasi 1,524 a.b. bo‘lsa, Yerdan Marsga tomon uchirilgan kosmik kemaning eng sodda elliptik orbitasining katta yarim o‘qi, eksetentrisitetini va Yerdan Marsgacha uchish davomiyligini aniqlang. Yerning o‘rtacha orbital tezligini 29,8 km/sek teng deb olish kerak.

  24. Oldingi masalaning berilganlari va natijalariga ko‘ra, Yerdan Marsga kosmik kemani uchirish uchun eng qulay bo‘lgan Marsning konfiguratsiyasini toping. Marsning Quyosh atrofidagi aylanish davri 687 sutkaga teng.

  25. Marsdan Yerga qarab eng sodda orbita bo‘yicha kosmik kemani uchirish tezligini va uchirish uchun qulay bo‘lgan Yer konfiguratsiyasini toping. Marsning o‘rtacha geliostentrik masofasi 1,534 a.b. Yerniki bilan solishtirganda uning massasi 0,107 va radiusi 0,533 ga teng.

  26. Ikki osmon jismi A va V – m va m’ massaga ega: ularning o‘zaro uzoqliklari r ga teng. Ularning markazlarini birlashtiruvchi to‘g‘ri chiziqni qaysi nuqtasida birorta jism ikkala jismga ham bir xil kuch bilan tortishadi? Misol: A- yer V – oy: ular orasidagi masofa 60 Yer radiusiga teng: Oy massasi 1/81 Yer massasini tashkil etadi.

  27. Birorta osmon jismi uchun o‘zining markaziy jismiga qulay vaqti t ni sutkalarda ifodalangan formulasini keltirib chiqaring, bu tushish orbitasining katta yarim o‘qi ular orasidagi boshlang‘ich a masofaga teng juda cho‘zinchoq ellips bo‘yicha harakatlanadi (VV).

  28. Agar Yer Quyosh atrofida aylanishidan to‘xtasa, u Quyoshga qancha vaqtda qulab tushadi?

  29. Mars massasini Yer massasi birliklarida, o‘zining Fobos yo‘ldoshi harakati bo‘yicha hisoblang, yo‘ldosh uchun a=9300 km, t=0,32 sutka. Oyga taalluqli kattaliklarni 384 000 km va 27,3 sutkaga teng, deb qabul qiling.

  30. Keplerning umumlashgan uchinchi qonuni formulasidan foydalanib Yupiter massasini aniqlang. Bunda Quyosh massasini 1, Yer massasini 0 deb qabul qiling: km sutka, T= 365,26 sutkaga teng.

  31. Oyning Yer atrofida va Yerning Quyosh atrofidagi harakatlanishini solishtirib, Quyosh massasi M ni Yer massasi m birliklarida aniqlang.

T=365,256 sutka (yul.yili) R= 149 600 000 km (Yer)
t=27,3217 sutka r= 384 400 km (Oy)

  1. Yer aylanishining burchak tezligi sutkasiga ni tashkil qilishidan, Quyosh massasini toping, tortishish doimiysi va Yerdan Quyoshgacha masofa R= 1,49 km ga teng.

  2. Agar Oy uzoqligi o‘zgarmagan holda Yer atrofini ikki sutkada aylanib chiqsa, un holda Yer massasi qanday o‘zgargan bo‘lar edi?

  3. Agar Quyoshning massasi ikki marta kamaysa, u o‘zining atrofida orbita bo‘ylab 29,76 km/sek tezlik bilan harakatlanayotgan yerni ushlab qola oladimi?

  4. Agar Quyosh o‘z massasini o‘zgartirmagan holda diametrini Yer orbitasi kattaligicha kengaytirsa Yerning harakati o‘zgaradimi?

  5. Raketaga u Yer sirti bo‘ylab aylanib chiqishi va qaytib tushmasligi uchun, qanday urinma tezlik berish kerak ( Yer radiusi R=6371 km, Yer massasi 5,97

  6. Ma’lumki jismga garizontal yo‘nalishda 7.906 km/sek tezlik berilsa jism yerga qaytib tushmaydi va u sayyoramiz atrofida sirtga yaqin aylanuvchi yo‘ldoshga aylanadi. Bu yo‘ldoshning aylanish davri qanday bo‘ladi?

  7. Jism quyoshning eng yaqin sirtidan aylanib uchishi uchunn unga qanday tezlik berish kerak? Bu masalani Keplerning uchinchi qonunidan foydalanib yeching va masalani jism Quyosh sirtiga qulab tushmaydigan holda izlanayotgan chegaraviy tezlik uchun hal eting.

  8. Quyosh sirtiga eng yaqin aylana bo‘yicha harakatlanayotgan jismning aylanish davri qancha bo‘lishi kerak? Ko‘rsatma: Keplerning uchinchi qonunidan foydalaning.

  9. Agar Yerning aylanish davri Oynikidek bo‘lgan yo‘ldoshi bo‘lsa, ungacha masofa qanday bo‘lar edi?

  10. Marsning o‘z o‘qi atrofida aylanish davriga teng davr bilan harakatlanayotgan yo‘ldosh Mars sirtidan qanday masofada joylashgan bo‘ladi?

  11. Mars sirtidan bosqa sayyoraga uchib ketishi uchun sayyoralararo kosmik kemaga qanday tezlik berilishi kerak?

  12. Agar Quyoshni, uning o‘rtacha zichligini o‘zgartirmagan holda, ikki marta kattalashtirsak, u holda Quyosh sirtidagi og‘irlik kuchi tezlanishi qanday o‘zgaradi?

  13. Neptunning diametri, hajmi va zichligini hamda sirtidagi og‘irlik kuchi tezlanishini aniqlang. Uning o‘rtacha ko‘rinma diametri ,3, massasi 17,2 Yer massasiga teng, Quyosh parallaksi 80, Neptunning Quyoshdan o‘rtacha uzoqligi 30,1 a.b.

  14. Quyoshdan 0,7184 a.b. masofada joylashgan noma’lum jism ayni paytda Quyoshga nisbatan 33,2 km/sek tezlikka ega. Jism chizgan konus kesimining ko‘rinishini aniqlang? Bilasizmi bu qanday jism?

  15. Kometa ayni vaqtda 565,4 km/sek tezlik bilan Quyosh atrofida harakatlanmoqda. Uning radius vektori 0,005543 a.b. ga teng. Kometa orbitasining ekssentrisitetini aniqlang.

  16. Quyoshdan 1 a. b. masofada aylanma tezlik yo‘nalishiga mos, lekin undan 10 marta kichik tezlikka ega fazoviy kometaning katta yarim o‘qi, aylanish vaqti, ekssentrisiteti va perigeliy masofasini aniqlang.

  17. Yer sirtidan Oyga yo‘nalishda snaryadga u Yer va Oy bir xil tortishish kuchiga ega nuqtaga etib borishi uchun, qanday minimal tezlik berilishini toping. Yer va Oy harakatini hamda havoning qarshiligini hisobga olmang. Yer sirtida og‘irlik kuchining tezlanishi g=9,8 m/ . Oy va Yer massalarining nisbati m:M=1:80; ular orasidagi masofa d = 60R, bu yerda R=6000 km – Yer radiusi. Butun olam tortishish kuchidagi f kattalikni, har biri bir birlik massaga teng, uzunlik birligi birga teng masofa uchun berilgan tenglamadan topamiz.

  18. Kosmonavt Valentina Tereshkova kosmik kemada 170 km balandlikda Berlin ustidan uchib o‘tdi. U bir vaqtning o‘zida Berlinda 2000 km uzoqdagi Moskvani ko‘rishi mumkinmi?

  19. Nega dvigateli o‘chirilgan holda uchib borayotgan kosmik kema ichidagi jismlar vaznsiz bo‘ladi?

  20. Yerning sun’iy yo‘ldoshidan otilgan raketa tashuvchi avval uning orqasidan harakatlanadi, keyin esa uni quvib o‘tadi. Nega shunday bo‘ladi? Kosmanavtlarni kemada Yerga qaytarishga tayyorgarlik ko‘rishda ham bu narsa sodir bo‘ladimi? Bunda kema hali Oy atrofi orbitasida joylashgan?

  21. Tekisligi Yer qutblarida yotuvchi orbita bo‘ylab harakatlanayotgan yo‘ldoshni qutbiy yo‘ldosh deb ataladi. Agar uning balandligi 250 km bo‘lsa, u holda Yerda kenglamada uning orbitasini proektsiyasi bir aylanib chiqishda necha kilometr G‘arbga siljiydi?

2-§. Yer atrofidagi uchishlar. Orbitаl mаnyovrlаr.
Orbitа tekisliklаrini burish.

Yer аtrofi fаzosidа hаrаkаtlаnаyotgаn sun’iy yо‘ldoshning (SY) hаrаkаti, Yer аtrofi uchishlаri deb yuritilаdi.Osmon mexаnikаsi nuqtаi nаzаridаn Yer аtrofi fаzosi degаndа, Yer tа’sir sferаsi bilаn chegаrаlаngаn sohа tushunilib, undа jismning hаrаkаtini fаqаt birginа Yerning tortish mаydonidа kuzаtilаyapti deb qаrаsh mumkin bо‘lаdi. Shundаy qilib bu bо‘limdа biz Yerning tа’sir sferаsidаn chiqmаydigаn kosmik jismlаrning hаrаkаtini о‘rgаnish bilаn shug‘ullаnаmiz. Boshqаchа аytgаndа Yer аtrofidа elliptik (xususiy holdа аylаnmа) orbitа bо‘ylаb hаrаkаtlаnаdigаn Yer sun’iy yо‘ldoshlаrining hаrаkаti bilаn ish kо‘rаmiz.



19- rаsm. Sun’iy yо‘ldoshning orbitа elementlаri.
16-rаsmdа Yer аtrofidа аylаnаyotgаn shundаy Yer sun’iy yо‘ldoshi tаsvirlаngаn bо‘lib, u yerdаgi P vа А nuqtаlаri, mos rаvishdа, perigey vа аpogey nuqtаlаrigа mos kelаdi. Sun’iy yо‘ldoshning orbitаsi fаzodа аniq bir vаziyatdа joylаshgаn bо‘lib, vаqt о‘tishi bilаn turli sаbаblаrgа kо‘rа, uning Keplerchа orbitаdаn chetlаnishlаrini hisobgа olmаgаndа, uning qо‘zg‘аlmаs yulduzlаrgа nisbаtаn vаziyati о‘zgаrmаydi.

20- rаsm. Ekvаtoriаl(1), qutbiy(2), tо‘g‘ri (3) vа teskаri (4) yо‘ldoshlаr.
Rаsmdаn kо‘rinishichа, Yer sun’iy yо‘ldoshining (YESY) orbitа tekisligi, Yer ekvаtori tekisligi bilаn tugunlаr chizig‘i deyiluvchi tekislik bо‘ylаb kesishаdi, SY orbitаsining bu chiziq bilаn kesishish nuqtаlаri tugunlаr deyilib, chiqish tugunidа, u Yer ekvаtorini jаnubiy yarim shаrdаn shimoliy yarim shаrgа kesib о‘tаdi, botish tugunidа esа, аksinchа bо‘lаdi. Bundаn kо‘rinаdiki SY, geogrаfik kengligi, uning tekisligining Yer ekvаtorgа og‘mаligidаn (ya’ni i burchаgidаn), kаttа bо‘lmаgаn Yer shаri rаyonlаri ustidаn uchib о‘tаdi. Uning bаlаndligi yetаrli dаrаjаdа kаttа bо‘lgаndа φ > i rаyonlаrdаn hаm yо‘ldoshni kо‘rish mumkin bо‘lаdi. Ekvаtoriаl yо‘ldoshni Yerning qutbiy rаyonlаridаn kо‘rib bо‘lmаgаni holdа, qutbiy yо‘ldoshni turli kenglаmаlаrdаn turib hаm kо‘rish mumkin bо‘lаdi.
Yо‘ldosh orbitаsining eng muhim xаrаkteristikаlаridаn bо‘lib, uning аpogeyi vа perigeyining bаlаndligi, Yer аtrofidа аylаnish dаvri, ekvаtor tekisligigа og‘mаligi hisoblаnib, аksаriyat yо‘ldoshlаr uchun ulаr о‘chirilgаndа, mаtbuotdа e’lon qilinаdi.
Аgаr sun’iy yо‘ldosh Yer аtrofidа, uning sirtigа judа yaqin mаsofаdа аylаnаyotgаn bо‘lsа, uning tо‘lа аylаnib chiqishi uchun 84,4 minut kerаk bо‘lаdi. 1000 km li bаlаndlikkаchа bаlаndlik hаr 50 km gа kо‘tаrilgаndа bu dаvr 1 minutdаn ortib borаdi. Shuningdek SYning orbitаsining biror nuqtаsidаn (mаsаlаn perigeydаn) о‘tish momenti аniq bо‘lsа, u holdа osmon mexаnikаsi formulаlаridаn foydаlаnib, ixtiyoriy momentdа mаzkur yо‘ldosh orbitаning qаysi nuqtаsidаn о‘tishini аniq hisoblаsh mumkin bо‘lаdi. Fаqаt bundа sun’iy yо‘ldoshgа boshqа osmon jismlаri tomonidаn berilаdigаn chetlаnishlаrni hisobgа olish zаrur bо‘lаdi.
Sun’iy yо‘ldoshlаrning quyidаgi orbitа elementlаri mаvjud (16-rаsm):
* i – SY orbitаning Yer ekvаtori tekisligigа og‘mаligi (i = 90̊ bо‘lgаndа u qutbiy yо‘ldosh (17- rаsm, 2- orbitа) deb, i = 0 bо‘lgаndа esа, ekvаtoriаl yо‘ldosh (17-rаsm, 1-orbitа) deb аtаlаdi. SY ning hаrаkаt yuli, Yer аylаnishining yо‘nаlishigа mos kelsа, u tо‘g‘ri (17-rаsm, 3-orbitа), аksinchа bо‘lgаndа esа, teskаri yо‘ldosh (17-rаsm, 4-orbitа) deb yuritilаdi (i > 90̊ – yо‘ldoshlаr, Yerning аylаnish yо‘nаlishigа teskаri hаrаkаtlаnаdi);
* hа– SY аpogeyining bаlаndligi;

Download 8,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish