M. M. Mamadazimov A. M. Tillaboyev Sh. E. Nurmamatov



Download 8,62 Mb.
bet13/47
Sana20.06.2022
Hajmi8,62 Mb.
#684045
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   47
Bog'liq
astronomiya kursidan masalalar to\'plami

6-§. Refraksiya


Yoritgichdan kelayotgan nurning Yer atmosferasidan o‘tayotib egilishi tufayli, yoritgichning o‘z o‘rnidan zenitga tomon siljigan holda ko‘rinish hodisasi refraksiya deyiladi. Refraksiya kattaligi yoritgichning zenitdan haqiqiy uzoqligi (z) dan ko‘rinma zenitdan uzoqligi z′ ning ayrilganiga teng, ya’ni

Normal sharoitda (t = 0º va P = 760 mm. sim. ust.) refraksiya kattaligi quyidagi formula yordamida topiladi:

Agar temperatura C va bosim P mm. sim. ust. bo‘lsa, u holda refraksiyaning kattaligi

formula orqali hisoblanadi.
Bu formulalar ko‘rinma zenitdan uzoqligi 0º dan 70º gacha oraliqda bo‘lgan yoritgichlar uchun refraksiya kattaligini hisoblashga imkon beradi. Zenitdan uzoqligi 70º dan 90º gacha oraliqda bo‘lgan yoritgichlar uchun rafraksiya kattaligi interpolatsiya metodi bilan hisoblab topiladi. Bunda yoritgich matematik gorizontda bo‘lganda shu yoritgich uchun refraksiya kattaligi (hisoblab topilgan) 35″ ekanligi etiborda tutiladi.
Masalan, zenitdan uzoqligi 80º bo‘lgan yuduz uchun refraksiya kattaligi
tenglik yordamida topiladi, bu yerda zenitdan uzoqliklari mos ravishda 70º va 90º bo‘lgan yoritgichlar uchun refraksiya kattaligi. Zenitdan uzoqligi 85º bo‘lgan yulduz uchun refraksiya kattaligi
tenglik yordamida topiladi va hokazo.
Turli balandliklardagi yoritgichlar uchun refraksiya kattaliklari “Astronomik kalendar”dan (doimiy qismi) olinadi.
Paralaks. Quyosh sistemasidagi osmon jismlarigacha bo‘lgan masofalarni aniqlash
Osmon jismining sutkalik paralaksi deb, shu osmon jismidan qaraganda Yer radiusining ko‘rinish burchagiga aytiladi. Bu burchak yoritgichning zenitdan uzoqligi bilan bog‘liq bo‘lib, quyidagicha o‘zgaradi.
bu yerda p0 yoritgich gorizontda bo‘lgandagi (ya’ni z=90º)paralaks burchagini xarakterlaydi va u sutkalik gorizontal paralaks burchagi deb yuritiladi.
Sutkalik gorizontal paralaks burchagi p0 aniqlangach, yoritgich (M) gacha bo‘lgan masofa to‘g‘ri burchakli uchburchak ONM dan quyidagicha topiladi:
juda kichik bo‘lganidan ni shunday yozish mumkin:
u holda

Bu formula yordamida faqat Quyosh sistemasiga tegishli osmon jismlarigacha bo‘lgan masofalargina hisoblash mumkin. Quyosh sistemasidan juda katta masofada yotgan osmon jismlari, jumladan, yulduzlargacha bo‘lgan masofalarda osmon jismlarining sutkalik parallaks burchaklarini o‘lchashning iloji yo‘q,chunki bunday katta masofalar oldida basis sifatida qaralayotgan Yer diametri hisobga olmaslik darajada kichikdir.

  1. Refraksiya kattaligi har ikkala gorizontal koordinatalarga (A va h) ham ta’sir qiladimi?

  2. Kuzatuvchi Yerning qaysi nuqtasida bo‘lganda refraksiya kattaligi faqat yoritgichning og‘ishigagina ta’sir qilib, uning to‘g‘ri chiqishiga ta’sir qilmaydi?

  3. Qanday shartlar bajarilganda (kuzatuvchining Yerdagi va yoritgichning osmondagi o‘rinlariga nisbatan) refraksiya kattaligi faqat yoritgichning to‘g‘ri chiqishiga ta’sir qiladi?

  4. Geografik kenglamasi 45º bo‘lgan joyda og‘ishi +15º bo‘lgan yulduz yuqori kulminatsiyada bo‘lganda yoritgich o‘zining haqiqiy o‘rniga nisbatan zenit tomonga qancha burchak masofagacha siljib ko‘rinadi?

  5. Toshkentda (φ=41º20′) Quyosh markazining tush paytidagi balandligi 60º bo‘lsa, refraksiya jadvalidan foydalanib, Quyoshning og‘ishini toping. Bu hodisa yilning qaysi oylariga to‘g‘ri keladi?

  6. Og‘ishi 30º bo‘lgan yulduz yuqori kulminatsiyadan 3 soat keying vaziyatda o‘zining haqiqiy o‘rnidan qancha balandda ko‘rinadi? Kuzatish joyining geografik kenglamasi 60º.

  7. Yarim kechada Quyosh diski ostki qismining Rossiya muzyoraridan o‘lchangan balandligi 14º11′5″ ga teng chiqdi. Shu kuni Quyosh markazining og‘ishi +21º19′34″, uning ko‘rinma radiusi esa 15º47′ ni tashkil qilgan. Refraksiyani hisobga olgan holda shunday kuzatish olib borilgan kema turgan joyning geografik kenglamasini aniqlang.

  8. Tengkunlik kunlari refraksiya tufayli ekvatorda Quyoshning qancha vaqt oldin chiqishini va kech botishini, natijada kunduzining uzunligi qanchaga ortishini aniqlang.

  9. Quyoshning ko‘rinma diametri 32′. Normal sharoitda (t=0ºC va P=760 mm. sim. ust.) Quyosh botayotganda refraksiya hodisasi uning vertikal diametri gorizontal diametridan qanchaga qisqarishini aniqlang.

  10. Quyosh va Oy gorizont ustida bir vaqtda ko‘rinishlari mumkinmi?

  11. Oy uchun gorizontal ekvatorial parallaks (Oydan qaraganda qarash chizig‘iga tik bo‘lgan Yer ekvatori radiusining ko‘rinish burchagi) o‘rtacha
    . Yerning berilgan ekvatorial radiusiga ko‘ra ( ) Oygacha bo‘lgan o‘rtacha masofani toping.

  12. Quyoshgacha bo‘lgan o‘rtacha masofa 149.6 mln. km, uning aniqlangan diametri esa 1 mln. 392000 km ni tashkil qiladi. Yer radiusini ma’lum deb qarab, Quyoshning ko‘rinma burchak diametri va gorizontal sutkalik parallaksini hisoblab toping.

  13. Zuhra planetasi (Venera) ning ekvatorial radiusi 6050 km, uning Quyosh bilan buyuk quyi qo‘shilishida ungacha bo‘lgan masofa 39 mln. km ni tashkil qiladi. Bunday vaziyatda Zuhra osmonda qanday burchak ostida ko‘rinadi?

  14. Pluton Quyoshdan o‘rtacha 39.4 a.b. masofada yotadi. Plutonning qarama-qarshi turishida uning diametri qanday burchak ostida ko‘rinishini aniqlang. Plutonning diametri ma’lum deb qarang (D=3000 km).

  15. Yupiterning Quyoshdan o‘rtacha uzoqligi 5,2 astronomik birlikka teng. Quyosh bilan qo‘shilish vaziyatida (Yerdan qaraganda osmonda Quyoshga eng yaqin vaziyatdan o‘tayotgan paytida) ko‘rinma burchak diametrini aniqlang. Yupiter diametrining o‘rtacha uzunligi Yerning ekvatorial diametridan 11,26 marta kattaligini e’tiborga oling.

  16. Oyning gorizontal sutkalik parallaksi 57′2″,7 bo‘lib, uning radiusi 15′32″ burchak ostida ko‘rinadi. Oygacha bo‘lgan masofa va Oy radiusining Yer radiusi birligida ifodalangan qiymatlarini, Oy sirti va hajmining Yer sirti va hajmi birliklarida ifodalangan qiymatlarini toping.

  17. Marsning buyuk qarama-qarshi turishida Yerdan ungacha bo‘lgan masofa 56 mln. km ga teng. Yerning ekvatorial diametrini ma’lum deb hisoblab, Marsning gorizontal ekvatorial parallaksini aniqlang.

  18. Yer, Oy va juda uzoq masofada osmon ekvatorida yotuvchi yulduz bir to‘g‘ri chiziqda yotadi. Oy kulminatsiyada bo‘lgan Yer meridianidagi qanday geografik kenglamadan boshlab, kuzatuvchi yulduzni ko‘radi? ,
    ( Oyning gorizontal sutkalik parallaksi, Oy radiusining ko‘rinma burchagi). Chizma chizing.

  19. Yer suniy yo‘ldoshi o‘z orbitasining apogeyida Yerdan 12 000 km masofada bo‘ladi. Bu yo‘ldoshning gorizontal qutbiy va gorizontal ekvatorial parallaksini toping.

  20. Yupiterning qarama-qarshi turishida uning to‘rtinchi yo‘ldoshi Kallistoning Yupiterdan maksimal burchak uzoqlashuvi qanchaga teng bo‘ladi? Kallistoning Yupiterdan o‘rtacha uzoqligi 1 882 000 km.

  21. Marsdagi kuzatuvchi uchun uning yo‘ldoshi Deymosning gorizontal ekvatorial parallaksini aniqlang. Deymosning Marsdan o‘rtacha uzoqligi 23,5 ming km deb oling. Marsning diametri 6860 km.

  22. Neptun planetasining qarama-qarshi turishida uning gorizontal ekvatorial parallaksi 0″,29 ni tashkil qiladi. Neptungacha bo‘lgan masofani toping.

  23. M

    Download 8,62 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish