M. M. Axmetjanov, sh sh. Olimov, S. S. Avezov. P e d a g o g I k mahorat



Download 2,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/233
Sana06.02.2022
Hajmi2,36 Mb.
#432192
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   233
Bog'liq
pedagokik mahorat

 - 
deya haq gapni bayon etadi. 
Inson hamisha sodda va samimiy so‘zni sog‘inib, tabiiylikka intilib yashaydi. 
Maqtov so‘zlar hammaga yoqadi, ayniqsa, sanatkor va ijodkorlarga, yosh boladan 
tortib nuroniy bobolarimizu mehribon momolarimizgacha. 
Inson hayajonlanganida, qattiq qo‘rqqanida yoki og‘ir musibat ichida bo‘lganida, 
umuman, turli hissiy holatlarga tushganida so‘zlarkan, nafas olish va nafas chiqarish 
a’zolarini nazorat qilolmay qoladi. Buning natijasida me’yoriy fonatsiya uchun nafasi 
to‘g‘ri taqsimlanmaydi, ko‘pincha oddiy bir so‘z uchun ham nafasi etmay qoladi. 
Tabiiyki, uning nutqi, so‘zlari, tovushlari g‘ayriodatiy bir shakllarda voqelanadi. 
O‘qituvchi bunday holatlarni ham hisobga olishi maqsadga muvofiq. U dars jarayonida 
keraksiz hissiyot va hayajonlarini jilovlab olishi kerak, aks holda bu holatlar uning 
nutqiga salbiy ta’siro‘tkazishi mumkin. 


131 
Tajribali o‘qituvchi faqat baland yoki past ovozda dars o‘tmaydi. Tovushlarning 
balandligi, kuchi, tovlanishi va cho‘ziqligidan iborat akustik sifatlarining turli 
darajalari (bu darajalarning diapazoni juda keng)ni bayon qilinayotgan axborotning 
mazmuni va tabiati, ayni paytda dars xonasidagi talabalarning ruhi –kayfiyatiga 
muvofiq ravishda modulyatsiya qilinadi, ya’ni almashtirib turadi. Ana shu tarzda 
monoton, quruq, ifodalilikdan mahrum nutq shaklidan qutuladi va nutqning 
ohangdorligi, tasirchanligiga erishadi. O‘qituvchining nutq texnikasi bilan bog‘liq 
nuqsonlardan yana bir nutq sur’ati, tezligini to‘g‘ri belgilamaslik yoki tezlik-
sekinlikning maqsadga ko‘ra mo‘tadilligini saqlay olmaslikdan iborat. Nutqning 
sur’ati, albatta, bayon qilinayotgan materialning mohiyatiga, ifodalanayotgan fikr 
qurilishiga uyg‘un bo‘lishi maqsadga muvofiq, aks holda, ya’ni o‘qituvchi materialni 
faqat jadal sur’atda bayon qilsa, o‘quvchi axborotni o‘ziniki qilib olishga, axborot 
tarkibidagi muhim jihatlarni o‘z vaqtida ilg‘ashga, to‘la idrok etishga qiynaladi. 
Boshqacha qilib aytganda, o‘quvchining idrok surati o‘qituvchining nutqi tezligidan 
orqada qoladi, unga “etib borolmaydi”. Zotan, o‘qituvchi nutqidagi me’yoridan ortiq 
jadal sur’at dars berish metodikasi qoidalari uchun ham begonadir. O‘qituvchinutq 
sur’atini o‘quvchilarning o‘zlashtirish qobiliyati, dars paytidagi ruhiyati, charchagan 
yoki charchamaganligi, materialni qanday qabul qilayotganligidan kelib chiqqan holda 
tanlasa, ham pedagogik, ham psixologik jihatdan to‘g‘ri yo‘l tutilgan bo‘ladi. 
O‘qituvchi nutqida fonatsiya jarayoni, ya’ni nutq paytida nafas olish nafas 
chiqarish bir tekisda, bir me’yorda va davomiy bo‘lishi lozim. Ba’zan noto‘g‘ri taqsim-
langan nafas olish noo‘rin to‘xtamning yuzaga kelishiga, fikrning mazmuni va estetik 
qurilishiga salbiy tasir ko‘rsatadi. Bu holat , ayniqsa, o‘qituvchining dars jarayonida 
haddan ziyod yoki ortiqcha his-hayajonga berilib ketishi va uni boshqara olmasligi 
tufayli sodir bo‘ladi. Chunonchi, qo‘shma gaplar bayonida sodda gaplar orasida 
to‘xtamga erishish, bayon qilinayotgan axborotning mazmuni va zaruriyatini chuqur 
his qilish orqaligina amalga oshirish lozim. Masalan: Parpitayyor Ibrohimboyning 
hovlisida chorikorlik qilar ekan. U boy bug‘doyini o‘rar, ”ho‘p”qilar va don qilib, 
boyga eltib berar ekan. (N. Aminov ”Kekirdak” hikoyasi). Agar o‘qituvchi ushbu 
gapda to‘rt o‘rinda(ikki o‘rinda ekan, o‘rar va qilib so‘zlaridan keyin) to‘xtamga rioya 


132 
etmasa, hatto fikr mazmuni va izchilligiga ham raxna solinadi. Tajribali o‘qituvchi dars 
jarayonida nutq suratini baland yoki past ovozda doimiyligini belgilamaydi. Nutq 
surati (sur’ati) bayon qilinayotgan materialning mohiyatiga, xabarning oddiy yoki 
hissiy bo‘yoqdorligiga alohida axamiyat etiladi. Zero, o‘qituvchi nutqidagi jadal surat 
o‘quvchilarning o‘zlashtirish qobiliyatini susaytiradi, dars samaradorligiga putur 
yetkazadi. 
Nutq texnikasida ohang ham alohida o‘rin tutadi. Har bir tovush alohida, to‘g‘ri 
va aniq talaffuz qilish muhim axamiyat kasb etadi. So‘zlarni noto‘g‘ri talaffuz etish 
ularning gapdagi o‘zaro o‘rni va bog‘lanishini yaxshi anglamaslik fikr mantiqiyligiga 
ham putur yetkazadi. Masalan, asil-asl, azim-azm, maxsul-mas’ul, asir-asr kabi 
so‘zlarning manosini chuqur anglamasdan qo‘llash, bo‘lsa, kelsa kabi so‘zlarda -l 
tovushi tashlab aytish, shuningdek, -lar qo‘shimchasini -la tarzida qo‘llash nutq 
ohangdorligiga raxna soladi. 
Xullas, o‘qituvchi nutq faoliyatida nutq etiketi va uning asosiy ko‘rinishi nutq 
ifoda vositalari madaniy tabiatining muhim belgisi sifatida qatiy axamiyat kasb etadi. 
“Nutq madaniyati “ fani juda ko‘p fanlar bilan o‘zaro aloqada rivojlanmoqda . Uning 
usuliy asosi tilshunoslik fanidir. Chunki, nutqning eng kichik tarkibi tovush va uning 
talaffuzi (fonetik), so‘z tarkibi qismi va uni turkumlarga bo‘lish (morfologiya), til 
vositalarining lug‘aviy ma’nosini o‘rganish (leksikologiya), iboralarning lug‘aviy 
ma’nosini anglash (frazeologiya) va ularning nutq jarayonidagi o‘zaro bog‘lanishi 
(sintaksic), imlo xususiyatini o‘rganish va nutqni uslubiy jihatidan qo‘llay olishga 
(uslubiyat) tilning to‘g‘riligi (ifodalilik ) va grammatik qoidalarga asoslanmog‘i lozim.
“Nutq madaniyati”- pedagogika fanining zamirida rivojlanmoqda. Nutq asosida 
odob –axloq, tarbiya vositalari, xuddi shuningdek, milliy urf-odat, qadriyat va ananalar 
o‘ziga xos ko‘rinishlari ifodasini topmog‘i lozim. Birgina salomlashish yoxud rost 
qo‘lni ko‘krak ustiga qo‘yib, boshini xiyol eggancha “Assalomu aleyko‘m” deyish 
boshqa millatlardan farqli xususiyatimizni namoyon etadi. Tavoze bilan muloqot 
qilish, yosh go‘daklarga ham “siz-siz”lab murojaat etish, har bir kishiga samimiy 
munosabat ko‘rsatish bizning millatimizga xos fazilat, urf-odatlarimiz ko‘rinishlaridir.
Fan mantiq va ruhshunoslik fanlari bilan o‘zaro aloqada ish ko‘radi. Gapda so‘zlarning 


133 
manosi va ifodalanayotgan fikr mazmunini mantiq tekshiradi. Mantiqiy fikrlash nutq 
qurilishini yuzaga chiqaradi. Tilda qo‘llanadigan o‘rinsiz so‘zlar, gaplar inson 
ruhiyatini vayron etishga, buzishgacha olib boradi. Ruhshunoslar nutqning inson 
ongiga, ruhiyatiga tasirini nazorat qiladi, nutqiy malakalarni rivojlantirish va 
mustahkamlash vositalarini aniqlaydi. Bu fan, ayniqsa, adabiyot bilan ham 
chambarchas bog‘liq. Nutq jarayonida badiiy tasviriy vositalar- o‘xshatish, sifatlash, 
jonlantirish va boshqa ifodaviy vositalar tinglovchiga fikrni aniq, jozibali yyetkazishda 
muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, adabiyotshunoslik fani bilan ham uzviy 
bog‘liqdir. Nutqda maqol, frazeologik iboralar, hikmatlar va rivoyat, afsonalardan ham 
fikrni rivojlantirish uchun o‘rinli foydalanish notiqning bu sohadagi mahoratini 
namoyon etadi.
Fan, bundan tashqari, etnografiya bilan ham uzviy vositadir. CHunki nutq 
jarayoni, asosan, milliy urf-odat, qadriyat, marosim va an’analar zamirida o‘z 
in’ikosini topmog‘i zarur. Garchi nutq qanchalik yoqimli, mazmundor va jozibali 
bo‘lmasin, u milliy va urf-odat asosida qurilib undan zuhur topmagan bo‘lsa, 
ta’sirchanligi va natijasi samarali bo‘lmaydi.

Download 2,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   233




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish