M. J. Mut alipova


 М Дуронов.  Биз англайтган чакикат. -  Т.:  Маънавият, 2008,92-6



Download 3,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/77
Sana22.01.2022
Hajmi3,84 Mb.
#400163
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   77
Bog'liq
fayl 569 20210428

48 М Дуронов.  Биз англайтган чакикат. -  Т.:  Маънавият, 2008,92-6.
112


ezgu  niyatlar  bilan  ziyoratga  chiqib,  mozor  bosib,  ulug‘  avliyolami 
ziyorat  qilib  qaytibsiz,  yaxshi  niyatlaringizni  xudo  o ‘z  dargohida  qabul 
qilsin,  deyilyapti.  Oxiri  yaxshilikka  olib  bormaydigan,  ko‘ngillari 
to ‘lmagan  ish,  yoki  shaxs  haqida  «oxiri  baxayr  bo‘lsin,  oxirini 
yorlaqasin, noumid shayton», deb mulohaza-tilak aytishadi.
Dardkashlik,  hamdardlik,  kishining  ko‘ngliga  qarash  o ‘zbek  xalqi- 
ning nozik xislatidir.  Shu bois ham o ‘zbek o ‘zganing shodligidan quvonib, 
dard-tashvishiga  sherik  bo‘ladi.  Marhumlar  xotirasiga  fotiha  o‘qilganda 
«xudo  dargohida  qabul  boMsin,  arvohi  shod  bo‘lsin,  joylari  jannatdan 
bo‘lsin»  kabi  tilaklar  ishlatiladi.  Xonadon  sohibiga  «xudo  sabr  bersin, 
marhumning  qolgan  umrini  sizga,  farzandlaringizga  bersin,  xudoning 
irodasi  shu  ekan,  bandalik»,  deya  yupatiladi.  Jabrdiyda  kishidan  ko‘ngil 
so‘raganda  «ko‘nglingizni  cho‘ktirmang,  oyning  o‘n  beshi  qorong‘u 
bo‘lsa,  o ‘n  beshi  yorug‘»,  «boshingiz  omon,  joningiz  sog‘  bo‘lsin»,  «bu 
kunlar  unut  bo‘lib  ketadi»  kabilar,  maqol  va  naqllar  ishlatiladi.  Adolat- 
sizlik oldida ojiz qolib,  zorlanib-yig‘lab turgan odamga «kuyinmang,  keng 
bo‘ling,  u xudo  bexabarga ham boqqan balo  bordir»,  «xudoning g ‘azabiga 
uchraydi»,  «o‘shanda  meni  aytdi  deysiz»,  deya  tasalli  berishadi.  0 ‘zbek 
o ‘zga  xonadonga  qadam  ranjida  qilganda  «iloho  tinchlik  -   xotiijamlik, 
omonlik bo‘lsin,  qadam yetdi,  balo yetmasin»,  deya fotiha o‘qiydi.  Yangi 
libos  kiygan  kishiga  «qulluq  boisin,  muborak  bo‘lsin,  nasib  etsin, 
tepkilab-tepkilab  kiying,  egningizda  to‘zisin,  yarashibdi,  buyursin», 
deyiladi.  Odamlarga  yaxshilik  qilish,  birovning  koriga yarash,  odamgar- 
chilik xalqimizda insoniy burch sanaladi.
Demak, «o‘zbekning har gapida ishlatiladigan yaxshi niyat, olqishu- 
duolari  xalqimizning  odob-axloqi  yuksak  bo‘lgan  qadimiy  madaniyat 
egasi ekanligidan dalolat beradi.»49
Xalq  og‘zaki  ijodida  o‘zbek  xalqiga  xos  boMgan  olijanoblik, 
iltifotlilik,  saxovatlilik  fazilatlarini  tarannum  etuvchi  namunalar  juda 
ham ko‘p.  Shulardan biri «Oliyjanoblik» rivoyatida hikoya qilinishicha, 
50  Sulton Xusayn  bir qancha  olimu  shuarolarga  ziyofat  berib,  suhbatdan 
qulfi-dili  ochilib  o ‘tirar  ekan.  Xizmatkorlar  nafis  kosalarda  suyuq 
taomlami  tashiy  boshlabdilar.  Shunda  xizmatkorlardan  biri  ostonada 
nimagadir  qoqildi-yu,  qo‘lidagi  mastavali  idish  to‘g ‘ri  Xusayn 
Boyqaroning quchog‘iga tushib to‘kilibdi.
Sultonning zarrin liboslari mastavadan shalabbo bo‘lib ketibdb
49 М.Сатгор.Узбек удумларй. -  Т.: Фан,  1993Й
50 А.Каримов.  Бир гапим бор уч тилло. -  Т.: Адолат,  1992, 36-6.
113


Anjumandagilarning  hammasi  beixtiyor  «Oh!»  deb  yuboribdilar. 
«Nima  b o iark in   endi?»  -  degan  savol  bilan  Sultonga  qarashibdi.  Lekin 
Boyqaro  kayfiyatidagi  samimiyat  aslo  yo ‘qolmabdi.  U  jilmayganicha 
sochiq  bilan  liboslarini  artib,  yiqilgan  xizmatkorga:  «Bo‘tam,  tur 
o ‘rningdan,  ko‘zingga  qarab  yursang  boMardi.  Bora  qol,  kiyimlaringni 
almashtirib  ol,  -  debdi  mehribonlik  bilan.  Sultondan  bunday  olijanob- 
likni  kutmagan  kishilar  hayrat  bilan  Xusaynga  boqishibdi.  Shunda 
mehmonlardan  biri  o ‘z  hissiyotini  yashirolmay:  «Ey,  saxovatli  Xusayn! 
Shu  lahzadagi  olijanobligingiz  hammamizni  maftun  etdi.  Boshqa  sulton 
bo‘lganida gunohkomi o ‘limga buyurishi hech gap emas edi»,  - debdi.
Tavba!  -  debdi  Xusayn  Boyqaro  yengil  jilmayib.  -  U1  xizmat- 
korimiz  falokat  bosib  yiqilib  tushganidayoq  hijolatdan  o'lib  bo‘lganku! 
Nechuk endi  biz o ‘lgan odamni  yana o ‘limga buyurar ekanmiz.
Mehmonlar Xusaynning olijanobligi-yu,  donishmandligiga tahsinlar 
o ‘qibdi.  Zero,  «Gunohni  yashirgan  kishilar  marddir,  zulmkor  johillik 
bedavo darddir,» -  deb xulosa qilishibdi.
Xalq  pedagogikasi  manbalaridan  biri  bo‘lgan  diniy  ta ’limotlarda 
ham  xalqimizga  xos  insoniy  fazilatlar  o ‘z  aksini  topgan,  yosh  avlodni 
fozil,  oqil  va  barkamol  qilib  tarbiyalash  masalalari  keng  yoritilgan. 
Masalan,  Hazrat  Xoja  Bahouddin  Naqshbandning  insonlarga  bergan 
ta’limoti sakkiz fasldan iborat bo‘lib, ular:
1.  Xush har dam -  doimo hushyor va ogoh bo‘lmoq.
2. Nazar va qadam -  yurgan yo‘lni bilib  bosmoq.
3.  Safar dar Vatan -  Vatanni  kezib ko‘rmoq va uni sevmoq.
4.  Xilvat dar anjuman -  hamma joyda o ‘zlikni anglamoq.
5.  Yodkard -  iymon-e’tiqodni  doimo dilda saqlamoq.
6.  Bozgasht -  yomon fikrlami dildan, hayoldan quvmoq.
7. Nigohdasht -  hayolu-fikrlami so f saqlamoq.
8.  Yoddosht -  Haq taoloni  hamisha yodda tutmoqdan iboratdir.
Dono  xalqimizning  ta’kidlashicha,  quyidagi  sakkiz  xil  kishining
suhbatini g'anim at bilmoq kerak:  birinchisi  -  yaxshilikni  biladigan,  haq- 
huquqni  ado  qiladigan;  ikkinchisi  -   mehru-muhabbati  zamonaning  har 
qanday  hodisalari  ostida  ham  o ‘zgarmaydigan;  uchinchisi  -   ulug‘  kishi- 
larni tarbiya qilgan arboblarga izzat va hurmat ko‘rsatadigan; to ‘rtinchisi
-   fisqu-fujurdan, 
yolg‘ondan, 
takabburlikdan 
parhez 
qiladigan; 
beshinchisi -  g ‘azab  paytida o ‘zini  qo‘lga oladigan;  oltinchisi -  saxovat 
bayrog‘ini  ko‘tarib,  bechoralar  hojatini  chiqaradigan;  yettinchisi  -  
sharmu-hayoni  o ‘ziga  qurol  qilib  olib,  har  qanday  holatda  ham  odob 
chegarasidan  tashqariga  chiqmaydigan;  sakkizinchisi  -   olim  va  dono
114


kishilar  bilan  do‘stlik  aloqalarini  o‘matib,  fisqu-ftijur  ahlidan  qocha- 
digan kishidir.
Suhbatidan  qochish  lozim  bo‘lgan  sakkiz  kishidan  birinchisi  -   tuz 
xaqini  bilmaydigan  va  tuzlig‘ingga  tupuradigan,  ikkinchisi  -   besabab 
g‘azablanadigan  va  g ‘azabini  bosolmaydigan;  uchinchisi  -   uzoq  umri 
bilan m ag‘rurlanadigan, o ‘zini  oddiy axloq qonun-qoidalaridan ozod deb 
hisoblab,  ko‘ngliga  yoqadigan  ishlami  qilaveradigan;  to‘rtinchisi  -   har 
bir  ishni  makru-hiyla  bilan  ado  qiladigan  va  bu  yo‘lni  to‘g‘ri  deb 
tushunadigan;  beshinchisi -  yolg'on va xiyonatni  shior qilib olib,  rostlik 
va  vijdonlilikni  tan  olmaydigan;  oltinchisi  -   nafs  ko‘yiga  tushib,  hoyu- 
havasni maqsad qiblasi deb tushunadigan; yettinchisi -  besharm,  behayo 
bo‘lib,  sho‘rlik  va  beodoblik  bilan  kun  o ‘tkazadigan;  sakkizinchisi  -  
hech  qanday  sababsiz  yaxshi  odamlar  haqida  yomon  o ‘ylaydigan  va 
hech  qanday  hujjatsiz  ilmu  donish  arboblariga  tuhmat  toshini  otadigan 
kishidir  (Donolar bisotidan.).51
Nutq  madaniyati, muloqot odobi,  go‘zal va ta’sirli so‘zlash Sharqda, 
xususan,  o ‘zbeklarda  tarbiyalanganlikning,  ma’rifatlilikning,  ziyolilik- 
ning  asosiy  belgilaridan  biri  hisoblangan.  Shu  bois  ham  xalqimiz 
so‘zlashish odobi  masalalariga  katta e ’tibor qaratgan.  Jumladan, 

Download 3,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish