M. F. Ziyayeva xirurgik kasalliKlar bilan og‘rigan va intensiv terapiyani o‘tayotgan beMorlarda HaMsHiraliK parvarisHi


 Коmа holatidagi bemorlarda hamshiralik parvarishi



Download 4,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet276/317
Sana29.06.2021
Hajmi4,15 Mb.
#105027
1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   ...   317
Bog'liq
xirurgik kasalliklar bilan ogrigan va intensiv terapiyani otayotgan bemorlarda hamshiralik parvarishi

2.11. Коmа holatidagi bemorlarda hamshiralik parvarishi
Koma  –  markaziy  asab  sistemasi  faoliyatining  tormozlanishi 
bo‘lib,  barcha  analizatorlar  funksiyasining  buzilishi  bilan  xarak-
terlanadi.  Koma  grekcha  so‘z  bo‘lib,  «qattiq  uyquga  ketish», 
degan ma’noni anglatadi.
Komaning  kelib  chiqishida  gipoksiya  yotadi.  Gipoksiya 
natijasida  miyada  qon  va  suyuqliklar  aylanishi  buziladi,  miya 
shishi  oqibatida  paydo  bo‘lgan  zaharli  moddalar  neyronlarni 
o‘ldiradi, markazlarni ishdan chiqaradi.
Koma paydo bo‘lishiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:
nevrologik  koma  – 
 

jarohat,  yallig‘lanish,  o‘sma,  insult 
sababli  markaziy  asab  sistemasining  zararlanishi  tufayli 
kelib chiqadigan koma;
endokrinologik  кота  – 
 

ichki  sekretsiya  bezlarining 
yetish masligi  yoki  funksiyasining  oshishi  tufayli  paydo 
bo‘ladigan komalar;


228
toksik кота – 
• 
ekzogen va endogen zaharlanish tufayli pay-
do bo‘ladigan komalar;
gipoksik  komalar  – 
• 
gaz  almashinuvining  buzilishi  va 
gipoksiya tufayli paydo bo‘ladigan komalar.
Komaning quyidagi darajalari mavjud:
1-daraja  –  bemor  bo‘shashgan,  savollarga  qiyinchilik  bilan 
javob  beradi,  atrofdagilarga  nisbatan  befarq,  nutqi  buzilgan. 
Bemor  uyqu  holatida  bo‘lib,  nafas  olishi  qisman  tezlashgan, 
arterial qon bosim ko‘tarilgan bo‘ladi.
2-daraja  –  bemor  sopor  holatida  bo‘lib,  hushsiz,  savollarga 
qiyinchilik bilan javob beradi, so‘zlarni cho‘zib, zo‘rg‘a gapiradi. 
Nafas  olishi  tezlashgan,  taxikardiya,  arterial  qon  bosim 
birmuncha pasaygan yoki me’yorda bo‘ladi. Reflekslar saqlangan, 
lekin sust bo‘ladi.
3-daraja (og‘ir yoki chuqur koma) – bemor hushsiz, reflekslari 
so‘ngan, qorachiqlar kengaygan. Terisi kulrang, akrosianoz. Nafas 
olishi tez va yuzaki, aritmiya, arterial qon bosimi tushib ketgan. 
Ixtiyorsiz defekatsiya va siydik ajralishi kuzatiladi.
4-daraja  (terminal  holat)  –  bemor  hushsiz,  reflekslar  yo‘q, 
nafas  olish  patologik  (Kussmaul  va  Cheyn-Stoks  ko‘rinishida), 
arterial  qon  bosim  aniqlanmaydi,  yurak  faoliyati  to‘xtaydi.  Bu 
davrda bemorni komadan chiqarib bo‘lmaydi.

Download 4,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   ...   317




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish