1 – yengil darajasi: umumiy ahvoli qoniqarli, es-hushi
saqlangan, pulsi 90–100 marta uradi, A/B 100–90 mm simob
ustunida.
2 – o‘rtacha og‘irlik darajasi: bemorning es-hushi qorong‘i-
lash gan, pulsi 1 daqiqada 110–130 marta uradi, nafas olish
daqiqasiga 26 marta va yuzaki uradi. Terilar oqargan, sovuq ter
bosgan, reflekslar so‘na boshlagan.
3 – og‘ir darajasi: ahvoli og‘ir, esi kirarli-chiqarli, atrofga
befarq qaraydi. Terisi yopishqoq ter bilan qoplangan, lablar,
burun, barmoq uchlari ko‘kimtir tusda. Puls ipsimon, 1 daqiqada
140–160 marta uradi. A/B 60 mm simob ustunidan tushib ketadi.
Nafas yuzaki va tez. Bemor o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holda
siydik va najas ajratishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |