Davolash:
1. Bemorga darhol shirin choy ichiriladi, qand, non, konfet
yediriladi. Shifokor chaqiriladi.
2. Bemor yotqizib qo‘yiladi.
3. Ekspress usulda qondagi qand miqdori aniqlanadi (3 mmol/l
dan kam).
4. Shifokor ko‘rsatmasiga binoan:
Glukoza 40% – 40–80 ml vena ichiga yuboriladi, naf ber masa
shu muolaja yana takrorlanadi.
Bemor hushiga kelmasa: glukoza 5% – 200 ml vena ichiga
tomchlab yuboriladi.
Prednizolon 30–60 nig glukozaga qo‘shib vena ichiga yubo-
riladi.
Oksigenoterapiya.
Talvasada: seduksen 0,5% – 2 ml mushak orasiga inyeksiya
qilinadi.
Arterial qon bosim pasayganda: Kordiamin 2 ml teri ostiga,
mezaton 1% – 1 ml yuboriladi.
Bemor ahvoli muntazam kuzatib, baholab boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |