M. F. Ziyayeva xirurgik kasalliKlar bilan og‘rigan va intensiv terapiyani o‘tayotgan beMorlarda HaMsHiraliK parvarisHi


I daraja – yuzaki epidermal kuyish. Teri qizaradi va shishadi. II  daraja  –



Download 4,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet300/317
Sana29.06.2021
Hajmi4,15 Mb.
#105027
1   ...   296   297   298   299   300   301   302   303   ...   317
Bog'liq
xirurgik kasalliklar bilan ogrigan va intensiv terapiyani otayotgan bemorlarda hamshiralik parvarishi

I daraja – yuzaki epidermal kuyish. Teri qizaradi va shishadi.
II  daraja  –  teri  yuqori  qavatining  kuyishi.  Teri  qizaradi  va 
har  xil  kattaliklardagi  pufakchalar  hosil  bo‘ladi,  ularning  ichi 
tiniq yoki xiraroq suyuqlikka to‘la bo‘ladi.
III daraja – terining butun qavatini va qisman teri osti yog‘ 
to‘qimasini  egallaydi.  Bunda  to‘qimalardagi  oqsillarning  ivib 
qolishi natijasida teri po‘stloq hosil qilib nekrozlanadi (o‘ladi).
IV  daraja  –  chuqur  to‘qimalarning,  ya’ni  pay,  suyak, 
mushaklarning kuyishi (to‘qimalar nekrozi, ko‘mirga aylanishi).
Barcha  xildagi  kuyish  qattiq  og‘riq  bilan  kechadi:  ko‘p  joy 
qattiq kuyganda shok paydo bo‘lishi mumkin. Kuyishning og‘ir-
yengilligi xavfi faqat kuyish darajasiga bog‘liq bo‘lmasdan, balki 
kuygan  sathning  katta-kichikligiga  ham  bog‘liqdir.  Masalan, 
badan  sathining  1/3  qismi  (bolalarda  esa  hatto  1/4 – 1/8  qismi) 


253
kuyishi  odam  hayoti  uchun  xavfli  bo‘lishi,  badan  sathining 
1/3 – 1/2  qismidan  ko‘prog‘ining  kuyishi,  odatda,  o‘limga  sabab 
bo‘lishi aniqlangan.
III darajada agar badanning 10% idan ko‘prog‘i kuysa, kuyish 
kasalligi  boshlanadi.  Bu  kasallik  nerv  sistemasi  faoliyatining 
buzilishi  bilan  xarakterlidir.  Ko‘p  suyuqlik  yo‘qotish  va  kuchli 
og‘riq  natijasida  shok  boshlanadi.  Tana  harorati  39°–40°  ga 
ko‘tariladi.  Kuygan  soha  bitishdan  to‘xtaydi,  yiringli  jarayon 
kuchayadi,  umumiy  ahvol  og‘irlashadi,  ishtaha  yo‘qoladi,  bemor 
qusadi,  oza  boshlaydi  va  organizmning  umumiy  intoksikatsiyasi 
boshlanadi.
Kuyganda  to‘g‘ri  tibbiy  yordam  jarayoni  ko‘rsatish  uchun 
kuygan joyni o‘lchash muhim ahamiyatga ega.
1.  Kaft  bilan  o‘lchash  –  katta  yoshli  odamda  kaftning  ichki 
yuzasi  butun  badan  yuzasining  1–2%  ini  tashkil  etadi.  Kuygan 
joyga sterillangan salfetka yopib o‘lchanadi va shu son 1 yoki 1,2 
ga ko‘paytiriladi.
2. To‘qqizlar qoidasiga muvofiq о‘lchash —  bosh, bo‘yin yu-
zasi badanning 9% ni, bir qo‘l yuzasi 9% ini, tana 36% ini, har 
bir oyoq yuzasi 18% ini, oraliq va jinsiy organlar 1% ini tashkil 
etadi. Raqamlardan foydalanib kuygan yuzani taxminan aniqlash 
mumkin.
3.  Kishi  tanasining  umumiy  sathi  16000  sm
2
  ga  tengdir.  Uni 
hisobga olib Postnikov (1949) kuyish joyiga steril sellofan qo‘yib, 
kuygan sathni aniqlashni ishlab chiqqan.
Kuyishda  birinchi  yordam  ko‘rsatish  umumiy  va  mahalliy 
choralardan iborat bo‘ladi.
Bu  holda  asosiy  vazifalardan  biri  zararlanganni  yong‘indan 
olib chiqish, yonayotgan joyni o‘chirish yoki kuyayotgan kiyimni 
yechib  olishdir.  Kiyimni  tez  o‘chirmoq  darkor,  buning  uchun 
shikastlangan  kishi  choyshabga  tez  o‘raladi  yoki  qalin  mato 
ishlatsa  ham  bo‘ladi.  Kuygan  joydan  kiyimlar  kesib  olinadi, 
dastlabki  20  daqiqada  kuygan  sathlar  sovuq  suv  bilan  chayiladi 


254
yoki  botirib  turiladi.  Bu  yordam  ta’sirida  og‘riq  kamayadi, 
travmatik shokning oldi olinadi. Keyinchalik kuygan joylar spirt 
bilan artilishi mumkin. So‘ngra kuygan sath toza choyshab yoki 
uzunasiga  qirqilgan,  iloji  bo‘lsa,  dazmollangan  kiyim-kechak 
bilan  o‘raladi.  Quruq,  imkon  boricha  sterillangan  bog‘lam 
ishlatilgani  ma’qul.  Shuningdek,  maxsus  aerozollar  (olazol, 
amprovizol,  pantenol,  oleol  –  ko‘pik  hosil  qiluvchi  aerozol 
+  senovokain  +  dioksidin)  va  og‘riq  qoldiruvchi  moddalar 
ishlatiladi.
Oyoq-qo‘lning  ko‘p  joyi  kuyganda,  transport  shinasi  qo‘yish 
shart.  Badan  sathining  ko‘p  joyi  kuyganda  bemor  sterillangan 
choyshabga  o‘raladi.  Kislota  va  ishqor  ta’sirida  kuyganda  teriga 
tushgan  kimyoviy  moddalarni  tezda  sovuq  suv  bilan  yaxshilab 
yuvish kerak. Shundan keyin kislotalar ta’siri ishqorlar bilan (2% 
li soda eritmasi, sovunli suv, bo‘r kukuni, qizdirilgan inagneziya 
sepmasi),  ishqorlar  ta’siri  esa  kislotalar  (1–2%  li  sirka  va  limon 
kislota)  bilan  neytrallanadi.  Qizilo‘ngach  va  me’da  kimyoviy 
moddalardan  kuygan  birinchi  soatlarda  me’da  ehtiyotlik  bilan 
ko‘p  miqdordagi  suvda  yuviladi,  agar  yuvish  mumkin  bo‘lmasa, 
kuygan bemorga sut yoki paxta yog‘i ichiriladi. Birinchi yordam 
ko‘rsatilgandan keyin bemor tibbiyot muassasasiga jo‘natiladi.

Download 4,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   296   297   298   299   300   301   302   303   ...   317




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish