M. F. Ziyayeva xirurgik kasalliKlar bilan og‘rigan va intensiv terapiyani o‘tayotgan beMorlarda HaMsHiraliK parvarisHi



Download 4,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet280/317
Sana29.06.2021
Hajmi4,15 Mb.
#105027
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   317
Bog'liq
xirurgik kasalliklar bilan ogrigan va intensiv terapiyani otayotgan bemorlarda hamshiralik parvarishi

giperglikemik koma
Qandli diabetning og‘ir asoratlari insulin yetishmovchiligi va 
glukozaning  jigar  va  to‘qimalarda  saqlanishi  buzilishidan  kelib 
chiqadi. Qandli diabet surunkali ko‘rinishda rivojlanib, yengildan 
og‘ir turiga qarab rivojlanib boradi.
Noto‘g‘ri  davolanish  o‘tkir  va  surunkali  kasallik  qo‘shilishi, 
intoksikatsiya,  jigar  kasalligi  diabetning  qaytalanishiga  bu  esa 
koma oldi holatiga olib keladi.
Organizmga  glukoza  yig‘ilishining  buzilishi  tufayli  keskin 
ravishda  karbon  suvlar,  moylarning  almashinuvi  ham  buziladi. 


231
Natijada  keton  tanachalari  oshib  ketadi,  bu  esa  qonda  karbonat 
angidrid gazi oshishiga olib keladi.
Giperosmolyar  (giperglikemik)  koma  qonning  yuqori  osmo-
larligi  va  giperglikemiya  hamda  organizmning  yaqqol  suvsiz-
lanishi  bilan  kechadi.  Qonda  keton  tanachalari  ko‘rsatkichi 
oshmaganda, asidoz aniqlanmaydi. Giperosmolyar koma ikkinchi 
tipdagi  qandli  diabetda  kuzatilib,  uning  kam  uchraydigan 
asorati  hisoblanadi  va  ko‘proq  yoshi  ulug‘  kishilarda  kuzatiladi. 
Bemorlarda  uchraydigan  o‘tkir  kasalliklar,  infeksiyalar,  sepsis, 
tananing  kuyishi,  siydik  haydovchi  dorilarni  kop  iste’mol 
qilish,  o‘tkazilgan  jarrohlik  amaliyoti  ushbu  og‘ir  asoratning 
rivojlanishiga olib keladi.
Yuqoridagi  holatlar  qandli  diabetning  ikkinchi  tipida  qonda 
insulinga  qarshi  garmonlarning  keskin  oshishiga  va  oqibatda 
to‘qimalarning  unga  bo‘lgan  sezuvchanligi  kamayishiga  hamda 
jigarda  aminokislotalardan  proteoliz  va  giperglukoneogenez 
kuchayishiga  sabab  bo‘ladi.  Bularning  barchasi  to‘qimalar 
tomonidan  glukoza  parchalanishini  qiyinlashtiradi  va  qonda 
uning miqdori oshishiga olib keladi.
Giperglikemiya  natijasida  bemorda  glukozuriya,  osmotik 
diurez, organizmning suvsizlanishi kuzatiladi. Bir vaqtning o‘zida 
organizmdagi  mavjud  insulin  lipoliz  va  ketogenez  jarayonini 
to‘xtatib  turishga  hamda  ketoasidoz  rivojlanishini  oldini  olishga 
imkon beradi.
Giperosmolyar  koma  bir  necha  kun  ichida  rivojlanib, 
bemorlarni  yuqori  darajadagi  holsizlik,  tashnalik  va  poliuriya 
bezovta  qiladi.  Deyarli  barcha  hollarda  anoreksiya  kuzatiladi. 
Obyektiv  ko‘rikda  teri  va  shilliq  pardalar  quruq,  teri  elastikligi 
pasaygan,  mushaklar  va  ko‘z  soqqasi  tonusi  susaygan. 
Komatoz  holat  tez  rivojlanadi.  Glukozani  ko‘p  miqdorda  miya 
hujayralariga kelishi hamda ko‘plab sorbitol hosil bo‘lishi sababli 
bemorlarda  miyada  qon  aylanishining  buzilishiga  xos  o‘choqli 
o‘zgarishlar  kuzatiladi.  Og‘ir  degidratatsiya  holati  giperosmolar 
gipotoniyaga, miokardning qisqaruvchanlik faoliyati susayishiga, 


232
koptokchalar  filtratsiyasining  kamayishiga,  oliguriya  va 
anuriyaga  olib  keladi.  Natijada  bemorda  shok,  prerenal  buyrak 
yetishmovchiligi  va  chuqur  koma  rivojlanadi.  O‘z  vaqtida  zarur 
tibbiy yordam ko‘rsatilmasa, o‘lim yuz beradi.
Giperglikemik  komaga  tushgan  bemorlar  qonida  glukoza 
miqdori ko‘tariladi. Qonda kreatenin miqdori oshib ketadi. Ushbu 
komani  davolash  diabetik  ketoasidoz  muolajasidan  birmuncha 
farq  qiladi.  Bemorlarga  ko‘proq  suyuqlik  quyish  lozim. 
Suyuqlik  yuborilish  davrida  bemor  diurezi,  arterial  qon  bosimi, 
tomir  urishi,  markaziy  venoz  bosimini  kuzatib  borish  kerak. 
Ko‘rsatkichlarning  ko‘tarilib  borishi  suyuqlikni  kamaytirishga 
ko‘rsatma hisoblanadi.

Download 4,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   317




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish