4.5. Oyoqlarga isituvchi vannalar qilish
Oyoqqa qilinadigan issiq vannalar aksariyat yuqori nafas
yo‘llari kasalliklarida, ayniqsa hiqildoq yallig‘lanishi, tinkani
quritadigan yo‘tal, nafas qisishi kabi holatlarda samarali vosita
hisoblanadi.
Buning uchun chelak yoki boshqa shunga o‘xshash
chuqurroq idishga 37-40
o
C li issiq suv yoki 10 l (bir chelak)
s'uvga 10 gr hisobida xantal solib tayyorlangan va filtrlangan
eritma qo‘yiladi. Keyin bolaning oyoqlarini unga tushirib,
chelak bilan birga adyolga o‘rab qo‘yiladi.
Vaqt-vaqti bilan issiq suv solib turib suv haroratini 38-40
o
C
da ushlab turiladi. Oradan 10-15 daqiqa o‘tkazib, oyoqlarini iliq
suvga chayiladi va quritib artiladi, paypoq kiygiziladi, keyin
karavotga yotqizib issiq qilib o‘rab qo‘yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |