M. F. Ziyayeva, O. Z. Rizayeva



Download 3,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet199/443
Sana09.12.2021
Hajmi3,98 Mb.
#190627
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   443
Bog'liq
bolalarda hamshiralik parvarishi

 
Enterobioz
 
 
Enterobioz bolalarda eng ko‘p tarqalgan gijja kasalligi bo‘lib, 
uni  ostritsalar  keltirib  chiqaradi.  Ostritsalar  dumaloq,  mayda 
(erkagining  bo‘yi  2,5  mm,  urg‘ochisining  bo‘yi  9-12  mm) 
gijjalar bo‘lib, yo‘g‘on ichakning pastki bo‘limida, ko‘r ichakda 
va  yuqoriga  ko‘tariluvchi  chambar  ichakning  boshlang‘ich 
qismida  yashaydi.  Bir  talay  (12  mingtagacha)  tuxumlari 
bo‘ladigan  urg‘ochi  ostritsa  to‘g‘ri  ichakka  tushib  kelib,  bola 
uxlayotgan  mahalda  orqa  chiqaruv  teshigidan  tashqariga 
chiqadi  va  shu  teshik  atrofiga  tuxum  qo‘yadi,  o‘zi  esa  o‘lib 
ketadi. Ostritsalar uzog‘i bilan 3-4 hafta yashaydi.
 
Enterobiozda kasallik manbai faqat kasal odam hisoblanadi. 
Perianal burmalarga qo‘yib ketilgan tuxumlar 4-6 soatdan keyin 
yetiladi va invaziyalovchi tuxumlarga aylanadi. Bular ifloslan-
gan ichki kiyimdan o‘rin-boshga, ro‘zg‘or buyumlariga yuqadi. 
Gijja  tuxumlarini  pashshalar  ham  tashqi  muhitga  tarqatishi 
mumkin. Odam yetilgan ostritsa tuxumlarini turli yo‘llar bilan 
yutib  yuborganida  unga  gijja  yuqadi.  Ba’zi  hollarda  gijja 
tuxumlari odamning og‘zi bilan burniga chang bilan birga kirib 
qolishi mumkin.
 
Enterobiozning yana bir muhim xarakterli tomoni shundaki, 
urg‘ochi  ostritsalar  orqa  chiqaruv  teshigidan  o‘rmalab  chiqib, 
tuxumlarini  maxsus  modda  bilan  anal  teshik  atrofiga  yopish-
tiradi, uning o‘rmalashi va ana shu moddaning qichishtiruvchi 


 
175 
ta’siri  natijasida  bola  perianal  sohasini  qashlab,  qo‘l  barmoq-
larini  gijja  tuxumlari  bilan  ifioslantiradi  va  gijjani  o‘z-o‘ziga 
yuqtirib turadi.
 
Klinikasi.  Enterobioz,  odatda,  simptomsiz  o‘tishi  ham 
mumkin,  lekin  sinchiklab  tekshiruv  o‘tkazilsa,  kasallik 
alomatlarini  tezda  aniqlashga  erishiladi.  Kasallikning  yengil 
formasida  kechqurunlari  yoki  kechasi  orqa  chiqaruv  teshigi 
sohasi bir-ikki kun davomida salgina qichishib turadi, bunday 
qichishish  o‘z-o‘zidan  yo‘qolib  ketadi  va  2-3  haftadan  keyin 
yana  paydo  bo‘ladi.  Gijja  ko‘plab  takror-takror  yuqib  turgan 
paytda (reinvaziyada) qichishish doimiy bo‘lib qoladi va bolani 
juda bezovta qiladi, bola aksari tizza tirsak vaziyatida yotishga 
harakat qiladi. Onalar kechalari bolaning perianal sohalaridan 
o‘rmalab yurgan ostritsalarni topishadi.
 
Orqa  chiqaruv  yo‘li  sohasi  qashlanishi  tufayli  uning  ko‘p 
joylari  tirnalib,  dermatit,  piodermiya  paydo  bo‘ladi.  Ba’zi 
kasallarda  tez-tez  ich  kelib,  axlat  shilimshiq  aralash  bo‘tqa-
simon  bo‘lib  tushadi,  goho  hojat  vaqtida  og‘riqli  kuchaniqlar 
tutadi,  bosh  aylanadi,  bola  tez  charchaydigan,  injiq  bo‘lib 
qoladi,  uyqusi  buziladi.  Qiz  bolalarda  ostritsalar  jinsiy 
organlarga o‘rmalab kirib qolishi va bu aksari og‘ir o‘tadigan va 
hadeganda  qaytavermaydigan  vulvovaginitlarga  sabab  bo‘lishi 
mumkin.
 
Asoratlari.  Enterobiozga  vaqtida  davo  choralari  olib 
borilmasa,  bolada  kamqonlik,  tana  vaznining  keskin  kamayib 
ketishi,  perianal  sohada  dermatit,  piodermiyalar,  qizlarda 
vulvovaginitlar kelib chiqishi mumkin.
 

Download 3,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   443




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish