sarfi, poydevor tannarxi va boshqalaming iqtisodiy samaradorligini aniqlashdan iborat. So'ng ish vaqtini qisqartirish, poydevor xandag'ini quritish va zamin gruntining cho'kish oqibatida yuzaga keluvchi xarajatlami ham nazarda tutish lozim Iqtisodiy samaradorlik ko'p hollarda turli nusxalami taqqoslashda asosiy ko'rsatkich bo'ladi. Bunda taqqoslanuvchi nusxalar har tomonlama puxta ishlanib, barpo etilajak inshootni uzoq vaqt davomida benuqson ishlashidan dalolat berishi kerak. Undan tashqari mazkur nusxalar inshootdan uzatiluvchi yuklami eng noqulay holatiga hisoblangan bo'lishi lozim. Nusxalami taqqoslashda gnintning o'ta cho'kishi ta’sirida zararlanishi mumkin bo'lgan qurilmalami ta’mirlash sarfi ham nazarga olinishi kerak. Inshootning barcha poydevorlari yig'indisi bo'yicha iqtisodiy samaradorlikni 224
hisoblash eng aniq natija berishi ma’lum. Ammo bu ishni bajarish murakkab bo'lib, barcha poydevorlar haqida to'Iiq ma’lumotlar olish uchun uzundan-uzoq hisobiy ishlami bajarishni talab etadi. “Shu bilan birga amaliy tajribalaming ko'rsatishiga qaraganda mazkur ishlarni bajarish hamma vaqt ham kerak bo'lavcrmaydi. Jo'yaksimon poydevorlarda 1 m uzunlikdagi qism, ustun osti poydcvorlarida esa, eng ko'p yuklangan poydevor taqqoslanadi. Bunda iqtisodiy samaradorlik me’yoriy hujjatlar asosida to'la sarflar bo'yicha hisoblanishi lozim. Notekis cho'kishlarga nisbatan poydevoming iqtisodiy samaradorligi me’yoriy narxlar asosida bajarilishi mumkin. Foydalanish