Jadval ko‘rinishda berilgan axborotlarni
qayta ishlash texnologiyalari
Jadval ko‘rinishidagi hujjatlar har qanday korxonada hujjat
aylanishining katta qismini tashkil qiladi. Elektron jadval kompyuter xotirasida joylashgan ikki o’lchamli massivning satrlari va ustunlarini o‘zida ifodalaydi.
Jadval muharrirlari ko‘plab moliyaviy va ma’muriy masalalarni yechish imkonini beradi. Masalan, oylik maoshni hisoblash va boshqa hisobga olish masalalari: sotuv hajmini, bozor o‘sishini, daromadlarni tahlil qilish; foiz stavkalari va soliqlarini tahlil qilish; moliyaviy deklaratsiyalar va balans jadvallarini tayyorlash; sotish hajmini va strukturasini hisobga olish uchun hisobchi daftarini yuritish; smeta kalkulatsiyasi; pul cheklarini hisobga olish; budjetga va statist ikaga oid hisoblashlar.
Tasvir ko‘rinishda berilgan axborotlarni
qayta ishlash texnologiyalari
Ixtiyoriy matn yoki hujjatda grafiklar, diagrammalar, chizmalar, rasmlar, yorliqlarini kiritish ehtiyoji grafik muharrirlarini yaratish
9
zaruriyatini liosil qiladi. Grafik muharrirlar uskuna vositalardan iborat boTib, ular o‘ziga mos axborot texnologiyalardan foydalanib, grafik obrazlarini yaratish va o'zgartirish imko- niyatlarini beradi.
Grafik muharrirlar quyidagi turdagi grafikalarni qayta ish- laydi [44|r
— tijorat grafikasi;
— tasviriy grafika;
— ilmiy grafika.
Tijorat grafikasining axborot texnologiyasi aylanma diagram-
malar, ustunli gistogrammalar, chiziqli grafiklar hamda boshqa tipdagi ikki va uch o’Ichamli grafik ko‘rinishda elektron jadvalii muharrirlarida, ma’lumotlar bazalarida va alohida lokal fayllarda saqlanayotgan axborotlarni ekranga akslantiradi.
Tasviriy grafikaning texnologiyasi turli xil matnli hujjatlar uchun regular va noregular slruktura koTinishdagi foydalanuvchining rasmlari tasvirini yaratish imkoniyatlarini beradi. Tasviriy grafika texnologiyasini amalga oshiruvchi muharrirlar foydalanuvchiga chiziq qalinligi va rangi, palitra quymasi, matnni yozish uchun shrift, oldin yaratilgan grafik obrazlarini tanlash uchun vosita beradi.
Bundan tashqari, foydalanuvchi rasmni o'chirish, qirqish va lining qismini bir joydan boshqasiga surishi mumkin. Ammo, tasvirlarni slaydda, maxsus effektlar va ularni jonlanlirish rcjimida ko‘rish imkoniyatlarini beruvchi (CorelDraw, Stonyboard, 3DStudioMAX va boshqalar) informatsion grafik texnologiyalar ham bor.
Ilmiy grafikaning texnologiyasi kartografiya masalalari, kimyoviy, matematik va boshqa formulalarni o w z ichiga oluvchi ilmiy hisoblashlarni bezab joylashtirish uchun xizmat qiladi.
Kompyuter grafikasi qo'llaniladigan asosiy sohalarni ko‘rsatib o‘tamiz:
1) grafiklarni chizish;
2) kartografik-geografik, tabiiy yoki iqtisodiy hodisalarni o‘zaro
chegaradosh mamlakatlar, viloyatlar, o‘lkalar va shu kabilarning aniq tasviri;
3) chizma va konstruktorlik ishlarini avtomatlashtirish;
4) modellashtirish va multiplikatsiya;
10
5) turli texnologik jarayonlarni boshqarish - real dunyo masshtabida interfaol rejimda ishlash. Texnologik jarayonni eng kerakli nuqtalariga oTnatilgan dastlabki axborot manbayi bo‘lgan datchiklardan kelayotgan axborotlar qiymatini vizual idrok qilish;
6) nashr ishlarini avtomatlashtirish va chop etishning elektron usuli. Reklama va san’at - qandaydir fikrni ifodalash va estetik yoqimli tasvirlar orqali jamoaning diqqatini tortish.
Do'stlaringiz bilan baham: |