M. E. Mamarajabov, S. Q. Tursunov



Download 1,61 Mb.
bet9/10
Sana06.07.2022
Hajmi1,61 Mb.
#744586
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1.Kompyuter grafikasi va web-dizayn 1

Fraktal grafika vositasida shakllangan tasvirlar ham xuddi vektorli grafika kabi matematik hisoblarga asoslangan. Ammo kompyuter xotirasida hech qanday obyektni saqlamasligi bilan undan farq qiladi. Tasvir tenglama (yoki tenglamalar tizimi) bo'yicha quriladi. Shuning uchun formulalardan boshqa hech narsani saq- lash kerak emas.
14
«Fraktal» atamasi lotincha Fractus so‘zidan olingan va u «qismlardan tuzilgan» ma’nosini anglatadi. Fransuz matematigi Benua Mandelbrot 1975-yilda «The fractal geometry of Nature» kitobini nashr qildi va fraktal so'zi eng ko‘p tarqalgan atamalardan biriga ay la nd i.
Eng sodda fraktal obyekt sifatida qor uchqunlarini yoki paporotnik bargini keltirish mumkin. Shuning uchun ham fraktal obyekt chizish yoki bezash asosida emas, balki programmalashtirish asosida hosil bo'ladi. Kompyuterda tashkil qilingan turli o‘yinlarda ham fraktal grafikadan foydalaniladi. Fraktal grafika kompyuter xotirasida saqlanib turmaydi. Har bir tasvir tenglama yoki tengla- malar sistemasi asosida quriladi. Fraktal grafikadagi tenglamaning biror koeffitsientini o'zgartirish orqali butunlay boshqa tasvirni hosil qilish mumkin.
Sanab ohilgan kompyuter grafikasi turlarini tashkil qilish va ularni boshqarish uchun bir qator dasturiy vositalar ishlab chiqilgan.
1.4. Rastrli tasvirlar va ularning asosiy
xarakteristikalari
Rastr - bu juda kichik yuzaga ega bo‘lgan geometrik figuralar
(piksellardan), masalan kvadratchalardan tuzilgan matritsa. Har bir piksel o‘z rangiga ega bo‘lishi mumkin. Turli ranglarga ega bo'lgan rastrlar to'plami tasvirni tashkil etadi. Tasvir koTsatilayotgan sirtda piksellarning joylashishiga nisbatan rastrlar turli tiplarga bo'linadi: kvadrat, to‘rt burchak, doira va shu kabilar. Piksellar joylashishini tasvirlash uchun turli xil koordinata tizimlaridan foydalaniladi. Bu tizimlarning hammasi uchun umumiy bo‘lgan xossa, ularda piksel koordinatalarining diskret qiymatlar qatoridan (butun son boMmasligi mumkin) tashkil topgandir. Ko‘p hollarda butun sonlar koordinatasidan foydalaniladi. Bunda piksellarning boshlang‘ich koordinatasi chap tomondagi yuqori burchakdan boshlanadi.
Rastrning geometrik xarakteristikalari quyidagilardan iborat:
— ruxsat berilgan xatolik;
— o'lcham;
— piksel shakli.
15
Rastrda ruxsat berilgan xatolik o‘zaro qo'shni (yoiuna-yon) joylashgan piksellar orasidagi masofa bilan xarakterlanadi. Ruxsat berilgan xatolik bir birlik uzunlikdagi piksellar soni bilan o‘lchanadi. Eng ko'p tarqalgan o‘lchov birligi bo'lib. dpi (dots per inch) xizmat qiladi. U bir dyuym (juohm) (25.4 mm) uzunlikdagi piksellar soni.
Rastrning o'lchami, odatda, gorizontal va vertikal o'qlar bo'yicha joylashgan piksellar soni bilan aniqlanadi. Shuni ta’kidlab aytish mumkinki, har ikki o‘qlar uchun bir xil qadamli (ya’ni, dpiX = dpiY) rastr kompyuter grafikasi uchun juda qulay. Bu ayniqsa grafik obyektlarni chiqarish algoritmlari uchun qulay. Aks holda muammo paydo bo’ladi.
Rastr piksellarining shakli tasvirni chiqarish qurilmasining xusu- siyatlari bilan aniqlanadi. Masalan, piksellar quyidagi shakllarda bo'lishi mumkin:
1. Kvadrat (yoki lo'g'ri to’rtburchak shaklidagi piksellar). Ular o‘lchami bo'yicha rastr qadamiga teng (suyuq kristalli disp- leyda).
2. Doira shaklidagi piksellar. Ular o'lchami bo'yicha rastr qadamiga teng bo'lmasligi mumkin (printerlar).

Download 1,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish