Har bir masala 2 qismdan iborat bo'ladi: 1) shart. 2) savol. Ma’lum bo'lgan narsalar «shart» deyiladi. Hisoblab topiladigan qismi «savol» deyiladi. Yana «yechim» va «javob» degan qismlar ham bor, uni quyidagi masalani yechish orqali o'rganamiz. Hovlida 13 dona gul ochilgan edi. Nazira 5 dona uzib guldasta tuzdi va buvisiga sovg'a qildi. Hovlida yana nechta gul qoldi? Bu masaladagi 13 va 5 sonlari ma’lum bo’lgani uchun masalaning sharti bo'ladi. Hovlida necha dona gul qolganligi noma'lum bo'lgani uchun uni masalaning savoli deyiladi. Masala savoliga javob topish uchun bajariladigan hisoblash yechim bo'ladi, ya’ni 13 - 5 = 8 yechim. Shundan keyin masala savoliga «hovlida 8 dona gul qoldi» deb javob beriladi, Masalada hammasi ho ‘lib 3 ta son qatnashayapti. 13 va 5 ma’lum sonlar, 8 hisoblab topilgan son. Oldin noma’lum edi. Agar shu masaladagi ma’lum sonlardan biri noma’lum son bilan o'rin almashib qolsa, avvalgi masalaga teskari masala hosil bo’ladi. Masalan, Nazira hovlida ochilgan gullardan 5 donasini uzib buvisiga sovg'a qilgandan keyin yana 8 dona gul qoldi. Hovlidagi ochilgan gul Jar nechta bo’lgan? Ochilgan gullar - ? Uzildi - 5 ta Qoldi 8 ta gul va 8 sonlari ma’lum bo'lgani uchun masalaning sharti hisoblanadi. Hovlida ochilgan gullar noma’lum bo'lgani uchun savol uni hisoblab topish uchun bajariladigan amal yechim va topilgan natija javob bo'ladi. Hovlida ochilgan gullami aniqlaymiz: 5+8 = 13 bu yechim. 13 soni javob.
E’tibor bering: avvalgi masalada 13 ma’lum, 8 noma’lum edi. Bu masalada 8 ma’lum - berilgan 13 soni hisoblab topildi. Shuning uchun bu masala avvalgisiga teskari masala deyiladi. Shunga o’xshash yana bitta teskari masala tuzish mumkin. Hovlida 13 dona gul ochilgan edi. Nazira bir nechta gulni uzib buvisiga sovg’a qilganidan keyin hovlida yana 8 ta gul qoldi. Nazira nechta gulni buvisiga sovg'a qilgan? Ochilgan - 13 dona gul, uzildi - ? Qoldi - 8 ta gul. Uzilgan gullar noma’lum, uni topish uchun 13 — 8 = 5 yechim bajariladi va 5 javob topiladi. Ko’rinib turibdiki, bu masala o‘zidan oldingi masalalarga teskari. Xulosa shuki, 3 ta son bilan o’zaro teskari bo’lgan 3 ta masala tuzish mumkin ekan. 5; 8; 13 son bilan 5; 13. 5; 8; va 8; 13 ma’lumotli masalalar tuzib yechish mumkin. Ya'ni bitta masalaga teskari 2 ta masala tuzish mumkin ekan. Dem- ak, berilgan masalaga teskari masala tuzish uchun masalaning sharti bilan savolining o’rinlarini almashtirish lozim ekan.Sanobarxon hovliga 10 to‘p sadarayhon va 15 to‘p gultojixo’roz ko'chatini ekdi. U hammasi bo'lib necha to‘p gul ko’chat ekkan? Bu masalani yeching va unga teskari yana ikkita masala tuzib yeching