M. A1imardonov Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti “Moliya va soliqlar kafedrasi professori, I f. d B. Hamdamov



Download 5,54 Mb.
bet62/81
Sana04.04.2022
Hajmi5,54 Mb.
#528035
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   81
Bog'liq
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi t (1)

Jamg‘armaning asosiy vazifalari sifatida quyidagilar belgilandi:

      • davlat va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar, shu jumladan tijorat banklari, xorijiy jamg‘arma va investorlar hamda boshqa manfaatdor tuzilmalarning moliyaviy mablag‘larini jamlash;

      • iqtisodiyotni rivojlantirish, ishlab chiqarishni tarkibiy jihatdan o‘zgartirish va modernizatsiya qilish borasida ustuvor vazifalarni amalga oshirish uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan g‘oyat muhim loyihalarni moliyalashtirish;

      • strategik muhim ahamiyatga ega bo‘lgan korxonalar, avvalo iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari korxonalarini yangilash va texnik jihatdan qayta qurollantirish dasturlarini kreditlash;

      • yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo sanoati, mashinasozlik va rangli metallurgiya tarmoqlarini texnikaviy qayta qurollantirishga hamda ishlab chiqarish sur'atlari va hajmlarini oshirishga yo‘na1tiri1gan loyihalar moliyalashtirilishini ta'minlash;

      • birinchi navbatda istiqbolli, ammo yetarlicha rivojlanmagan mintaqalarda ishlab chiqarish va noishlab chiqarish infratuzilmasini shakllantirish bo‘yicha ijtimoiy jihatdan ahamiyatli milliy davlat dasturlari va loyihalari amalga oshirilishini moliyalashtirish;

      • respublikaning xalqaro kommunikatsiyalar tarmog‘iga integratsiyalashuvi uchun shart-sharoitlar yaratadigan, xalqaro transport yo‘lak1ari va jahon bozorlariga eng qisqa yo‘1 bilan chiqishini ta'min1aydigan transport hamda telekommunikatsiyalar infratuzilmasini modernizatsiyalash va rivojlantirishni moliyalashtirish;

      • xalqaro moliya institutlari, respublika va xorijiy mamlakatlarning kredit muassasalari bilan loyihalarning qo‘shma moliyalashtirilishini tashkil etishni ta'minlash.

  1. O’zbekistonRespublikasiTiklanishvataraqqiyotjamg’armasining daromadlari.

O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining daromadlari

    • asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi va Davlat budjeti parametrlarini tasdiqlashda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari bilan strategik resurslarga belgilanadigan chegara narxidan jahon narxining oshishi natijasida tushadigan tushumlar;

    • O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining aktivlarini boshqarishdan, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mab1ag‘larining bo‘sh turgan qoldiqlarini joylashtirishdan olinadigan daromadlar;

    • qonun hujjatlariga muvofiq boshqa manbalar hisobidan shakllantiriladi.

O‘zbe1‹iston Respublil‹asi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining mablag‘lari o‘zining O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida ochilgan hisobvaraqlarida chet el valyutasida shakllantiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining hisobvaraqlariga tushadigan milliy valyutadagi mab1ag‘larning O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining mablag‘lar tushgan sanadagi almashuv kursi bo‘yicha chet el valyutasiga konvertatsiyasini amalga oshirib, ularni keyinchalik mazkur jamg‘armaning valyuta hisobvarag‘iga kiritadi.


O'zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasini shakllantirishning asosiy manbalari quyidagilardan iborat:
— strategik resurslarga jahon narxlarining qulay kon'yunkturasi natijasida, shuningdek, xo'ja1ik yurituvchi sub'ektlardan olinadigan, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan navbatdagi yilga Davlat budjetini
tasdiqlash chog'ida belgilanadigan ayrim soliq va to'1ov turlari bo'yicha hosil bo'ladigan qo'shimcha tushumlar;


O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining daromadlari
asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi va Davlat budjeti parametrlarini tasdiqlashda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari bilan strategik resurslarga belgilanadigan chegara narxidan jahon narxining oshishi natijasida tushadigan tushumlar
O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining aktivlarini boshqarishdan, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mab1ag‘1arining bo‘sh turgan qoldiqlarini joylashtirishdan olinadigan daromadlar

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa manbalar




  1. rasm. O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining daromadlari

    • Hukumatning xorijiy valyuta va aktivlarining bir qismi;

    • O'zbekiston Respublikasining xorijiy sheriklar bilan mahsulotni taqsimlash to’g’risidagi bitimlari doirasida mahsulot sotishdan oladigan daromadlari;

    • davlat mulkini xorijiy investorlarga chet el valyutasiga sotishda Davlat budjeti daromadlari rejasidan ortiqcha tushadigan mablag'lar:

    • Jamg'arma aktivlarini boshqarishdan olinadigan investitsiya daromadlari;

    • O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa

tushum va daromadlar.
Prezident Farmoni bilan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2006-2009 yillar mobaynida Jamg'armaning O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankidagi hisobvarag'ida Jamg'arma aktivlarini 1,0 mlrd. AQSh dollari mikdorida shakllantirishni ta'minlashi belgilab qo'yildi.
Jamg'arma soliqlar, yig'im1ar, bojlarning barcha turlaridan hamda davlatning maqsadli jamgarmalariga majburiy ajratmalaridan ozod qilinadi (yagona ijtimoiy to'lov bundan mustasno).
  1. O’zbekistonRespublikasiTiklanishvataraqqiyotjamg’armasining mab1ag'laridan foydalanish yo'na1ish1ari.

O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining mablag‘laridan

    • Davlat investitsiya dasturiga kiritilgan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish;

    • yangi sanoat ishlab chiqarishlarini bundan buyon joylashtirish uchun ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish va rekonstruktsiya qilish loyihalarini moliyalashtirish uchun imtiyozli kreditlar berish;

    • yangidan tashkil etilayotgan moliyaviy institutlarning hamda iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlaridagi chet el investitsiyalari ishtirokidagi strategik ahamiyatga molik korxonalarning ustav kapitaliga investitsiya kiritish;

    • davlat tomonidan tashqi mablag‘larni jalb qilish bo‘yicha xalqaro moliya institutlari va chet ellik kreditorlar oldidagi majburiyatlarni muddatidan oldin to‘lash;

    • O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash dasturlari doirasida tijorat

banklari uchun chet el valyutasida ochiladigan kredit liniyalari orqali investitsiya loyihalarini jadal moliyalashtirish va amalga oshirish;

    • grant asosida yoki foizsiz kreditlar berish yo‘li bilan ayrim loyihalarning dastlabki yoki uzil-kesil texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqishni moliyalashtirish;

    • tasdiqlangan davlat dasturlariga muvofıq yangi zamonaviy xorijiy texnologiyalar, texnika va asbob-uskunalar, strategik ahamiyatga molik boshqa tovarlar xarid qilish uchun imtiyozli kreditlar berish;

    • ijtimoiy jihatdan ahamiyatga molik milliy davlat dasturlarini hamda ishlab chiqarish va noishlab chiqarish infratuzilmasini shakllantirishga doir loyihalarni grant asosida moliyalashtirish;

    • qarz oluvchi korxonalarning investitsiya dasturlarini (biznes- rejalarini), shu jumladan ishlab chiqarishni texnik jihatdan qayta jihozlash, ishlab chiqarish quvvatlarining ishlatilishini ko‘paytirish, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish va uni eksport qilish hajmlarini oshirish, qo‘shilgan qiymat o‘sishini ta'minlashga imkon beradigan investitsiya dasturlarini (biznes- rejalarini) tijorat banklari bilan birgalikda moliyalashtirish;

    • O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining ijro etuvchi devonini saqlab turish hamda uni boshqarish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun foydalaniladi.

Har qanday maqsadli davlat jamg'armasi kabi, Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi mablag'laridan foydalanish yo'nalishlari va tartiblari tegishli me'yoriy hujjatlar bilan belgilab qo’yilgan. Xususan, Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi to’g'risidagi Nizomga muvofıq, Jamg'arma mablag'lari quyidagi maqsadlar uchun foydalaniladi:
- avvalo yoqilg'i-energetika kompleksi, kimyo sanoati, mashinasozlik, rangli metallurgiya va iqtisodiyotning boshqa bazaviy tarmoqlarida, shuningdek transport va telekommunikatsiya sohasida Davlat investitsiya dasturiga kiritilgan g'oyat muhim loyihalarni moliyalashtirish, shu jumladan xalqaro va xorijiy
moliyaviy institutlar ishtirokidagi loyihalarda O'zbekiston Respublikasi ulushini qo'shma moliyalashtirish;
O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining mablag‘laridan foydalanish yo'nalishlari

Davlat investitsiya dasturiga kiritilgan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish


yangi sanoat ishlab chiqarishlarini bundan buyon joylashtirish uchun ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish va rekonstruktsiya qilish loyihalarini moliyalashtirish uchun imtiyozli kreditlar berish
yangidan tashkil etilayotgan moliyaviy institutlarning hamda iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlaridagi chet el investitsiyalari ishtirokidagi strategik ahamiyatga molik korxonalarning ustav kapitaliga investitsiya kiritish

davlat tomonidan tashqi mablag‘larni jalb qilish bo‘yicha xalqaro moliya institutlari va chet ellik kreditorlar oldidagi majburiyatlarni muddatidan oldin to‘lash


O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash dasturlari doirasida tijorat banklari uchun chet el valyutasida ochiladigan kredit liniyalari orqali investitsiya loyihalarini jadal moliyalashtirish va amalga oshirish


grant asosida yoki foizsiz kreditlar berish yo‘li bilan ayrim loyihalarning dastlabki yoki uzil-kesil texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqishni moliyalashtirish


tasdiqlangan davlat dasturlariga muvofiq yangi zamonaviy xorijiy texnologiyalar, texnika va asbob-uskunalar, strategik ahamiyatga molik boshqa tovarlar xarid


a fl1ah lzchlJn ımtlvCızî i krerllt1ar herl Îı

ijtimoiy jihatdan ahamiyatga molik milliy davlat dasturlarini hamda ishlab chiqarish va noishlab chiqarish infratuzilmasini shakllantirishga doir loyihalarni grant asosida moliyalashtirish


qarz oluvchi korxonalarning investitsiya dasturlarini (biznes-rejalarini), shu jumladan ishlab chiqarishni texnik jihatdan qayta jihozlash, ishlab chiqarish quvvatlarining ishlatilishini ko‘paytirish, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish va uni eksport qilish hajmlarini oshirish, qo‘shi1gan qiymat o‘sishini ta'minlashga imkon beradigan investitsiya dasturlarini (biznes-rejalarini) tijorat


hNnÎr1sFi hi1Nn h\rO01\ÎrrÎ s FMn1iXfM1 N sÛt1r\ sÛ

O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining ijro etuvchi devonini saqlab turish hamda uni boshqarish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash


  1. rasm. O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining mablag‘laridan foydalanish yo'nalishlari

  • kelajakda, birinchi navbatda qishloq hududlarida, yangi sanoat ishlab chiqarishlarini joylashtirish uchun ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish va tiklash loyihalarini moliyalash maqsadida, shu jumladan Davlat budjeti mablag'lari hisobidan qoplanadigan imtiyozli kreditlar berish;

  • yangi tashkil etilayotgan moliyaviy institutlar hamda iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida xorijiy investitsiyalar ishtirokida strategik ahamiyatga ega bo'lgan korxonalarning ustav kapitaliga investitsiya kiritish;

  • davlatning tashqi qarzlari bo'yicha xalqaro moliya institutlari va xorijiy kreditorlar oldidagi majburiyatlarni muddatidan oldin to’lash;

  • iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiyalash, texnikaviy va texnologik qayta jihozlash bo’yicha Hukumat tomonidan tasdiqlangan dasturlar doirasida, tijorat banklariga xorijiy valyutada ochiladigan kredit liniyalari orqali investitsiya loyihalarini jadal moliyalashtirish va amalga oshirish;

  • ayrim loyihalarning dastlabki yoki yakuniy texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqishni grant asosida yoki foizsiz kreditlar ajratish yo’li bilan moliyalashtirish;

  • yangi zamonaviy xorijiy texnologiyalar, texnika va uskunalar hamda strategik ahamiyatga ega bo’lgan boshqa tovarlarni tasdiqlangan davlat dasturlariga muvofiq xarid qilish uchun Hukumat qarorlari bo'yicha imtiyozli kreditlar berish;

  • birinchi navbatda istiqbolli, ammo yetarlicha rivojlanmagan hududlarda ishlab chiqarish va noishlab chiqarish infratuzilmasini shakllantirish bo’yicha ijtimoiy jihatdan ahamiyatli milliy davlat dasturlari va loyihalarini, Davlat budjeti va investitsiya dasturining tasdiqlangan parametrlari doirasida, grant asosida moliyalashtirish (qo'shma moliyalashtirish);

  • tijorat banklari bilan birgalikda qarz oluvchi korxonalarning investitsiya dasturi (biznes-rejalari)ni, shu jumladan ishlab chiqarishni

  • texnik jihatdan qayta jihozlash, ishlab chiqarish quvvatlarining ishlatilishini ko’paytirish, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish va uni

eksport qilish hajmlarini oshirish hamda qo’shilgan qiymat o’sishini ta'minlashga imkoniyat beruvchi loyihalarni qo'shma moliyalashtirish;

  • Jamg'armani boshqarish bilan bog'liq xarajatlarni qoplash.

Jamg‘arma mablag‘1ari tushumi manbalari va ulardan foydalanish yo‘na1ishlari har yili belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturiga kiritiladi va Jamg‘arma balansida aks ettiriladi.
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti tomonidan 2012 yil 9 martda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1725-son qarori bilan korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash jarayonlarini amalga oshirishda Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi rolini oshirish hamda ishtiroki ko‘lamini kengaytirish, mamlakat sanoatining etakchi tarmoqlarida va ishlab chiqarish infratuzilmasidagi strategik investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalash hajmlarini ko‘paytirish uchun Jamg‘armaning resurs bazasini mustahkamlash maqsadida Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining ustav kapitali belgilangan 10 mlrd. AQSh dollari miqdorida shakllantirildi.
O'zbekiston hududida o’zlari uchun g'oyat muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish (qo’shma mo1iya1ashtirish)dan manfaatdor bo'lgan xalqaro va xorijiy jamg'armalar hamda investorlar hukumat qarorlariga binoan Jamg'arma hammuassislari sifatida qo'shilishi, mazkur moliya institutlarining vakillari Jamg'armani boshqarish bo’yicha Kengash tarkibiga kiritilishi mumkin.
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi hukm surayotgan ayni damda, iqtisodiyotning real sektor korxonalarini, shuning bilan birga infratuzilma ob'ekt1ari rivojlanishini qo'llab-quvvatlash maqsadida investitsion mablag'larni topish va ularni maqsadli yo'naltirish muhim omillardan biriga aylanmoqda
4.
O’zbekistonRespubIikasitiklanishvataraqqiyotjamg’armasiniboshqarish.

Jamg'armani boshqarish bo'yicha Kengash Jamg'armaning yuqori boshqaruv organi hisoblanadi, uning tarkibi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.


Jamg'armani boshqarish bo'yicha Kengash:

H Jamg'arma faoliyatining asosiy yo’nalishlarini ishlab chiqadi;


S Jamg'armaning e'lon qilingan ustav kapitalini qayta ko’rib chiqish to’g’risida qaror qabul qiladi, biroq u O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasini tashkil etish to’g’risida" 2006 yil 11 maydagi PF-3751-son Farmonida belgilangan darajadan past bo'1masligi kerak.
S Jamg'armaga mablag'lar kelib tushishi va ulardan foydalanish prognozlarini ko’rib chiqadi hamda ularni navbatdagi yilga mo’ljallangan makroiqtisodiy va pul-kredit ko’rsatkichlarining asosiy parametrlari, Davlat budjeti hamda Davlat investitsiya dasturi bilan bog'liq holda belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi;
H qarz olgan korxonalarni qayta moliyalashtirish (qo’shma moliyalashtirish) uchun tijorat banklariga Jamg'arma mablag'larini berish muddatlari va shartlari bo’yicha qarorlar qabul qiladi, xalqaro sarmoya bozorlarida amal qilayotgan foiz stavkalaridan kelib chiqib Jamg'arma tomonidan berilayotgan mablag'lar bo’yicha foiz stavkalarining aniq miqdorlarini tasdiqlaydi;
H kelajakda, birinchi navbatda qishloq hududlarida, yangi sanoat ishlab chiqarishlarini joylashtirish uchun ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish va tiklash loyihalarini moliyalashtirish uchun imtiyozli kreditlarni berish muddatlari va shartlari bo’yicha qarorlar qabul qiladi;
S davlatning tashqi qarzlari bo’yicha xalqaro moliya institutlari va xorijiy kreditorlar oldidagi majburiyatlarni muddatidan oldin to’lash uchun O'zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligiga mablag'lar ajratib berish to’g'risida qarorlar qabul qiladi;
S yangi tashkil etilayotgan moliyaviy institutlar hamda iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida xorijiy investitsiyalar ishtirokida strategik ahamiyatga ega bo'lgan korxonalarning ustav kapitaliga Jamg'arma mablag'laridan investitsiya kiritish bo’yicha qarorlar qabul qiladi;
S ayrim loyihalarning dastlabki yoki yakuniy texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish uchun grantlar va foizsiz kreditlarni ajratish to’g’risida qarorlar qabul qiladi;
H yangi zamonaviy xorijiy texnologiyalar, texnika va uskunalar hamda strategik ahamiyatga ega bo’lgan boshqa tovarlarni tasdiqlangan davlat dasturlariga muvofıq xarid qilish uchun Hukumat qarorlari bo'yicha imtiyozli kreditlar berish to’g'risida qaror qabul qiladi;
4 Jamg'armaning ijro etuvchi direktsiyasi faoliyati, ayniqsa Jamg'arma mablag'1arining maqsadli yo’naltirilganligi, tijorat banklariga moliyalashtirishni o'z vaqtida ochish hamda ularga berilgan mablag'larning qaytarilishini ta'minlash ustidan nazoratni amalga oshiradi;
H Jamg'arma mablag'larining ishlatilishi to’g'risida Jamg'arma ijro etuvchi direktorining hamda qarz olgan korxonalar tomonidan Jamg'arma mablag'laridan samarali foydalanilishini ta'minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to’g’risida manfaatdor vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini muntazam ravishda eshitib boradi;
S Jamg'armaga aktivlarni boshqarish, ekspertiza qilish va investitsiya loyihalarini moliyalashtirish sohasidagi yuqori malakali mutaxassislarni jalb qiladi.
Ijro etuvchi direktsiya Jamg'armaning ijroiya organi hisoblanadi, uning tarkibi va soni o’rnatilgan tartibda belgilanadi.
Jamg'armaning ijro etuvchi direktsiyasi faoliyati bilan bog'liq xarajatlar Jamg'armani boshqarish bo’yicha Kengash tomonidan tasdiqlangan xarajatlar smetasi asosida Jamg'arma mablag'lari hisobidan qoplanadi.
Ijro etuvchi direktsiya:

S Jamg'armaga mab1ag'larning kelib tushish va ulardan foydalanish prognozlarini ishlab chiqadi;


oluvchi korxonalarni qayta moliyalashtirish uchun muddatli, to'lovli va qaytarish shartlari asosida tijorat banklariga moliyaviy mablag'larni taqdim etadi;
S kelajakda, birinchi navbatda qishloq hududlarida, yangi sanoat ishlab chiqarishlarini joylashtirish uchun ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish va tiklash loyihalarini moliyalashtirish uchun imtiyozli kreditlar berish to’g’risida shartnomalar tuzadi;
S davlatning tashqi qarzlari bo’yicha xalqaro moliya institutlari va xorijiy kreditorlar oldidagi majburiyatlarni muddatidan oldin to'lash uchun Moliya vazirligiga mablag'lar ajratadi;
H yangi tashkil etilayotgan moliyaviy institutlar hamda iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida xorijiy investitsiyalar ishtirokida strategik ahamiyatga ega bo'lgan korxonalarning ustav kapitaliga Jamg'arma mablag'laridan investitsiya kiritadi;
H ayrim investitsiya loyihalarining dastlabki yoki yakuniy texnik- iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish uchun loyiha tashabbuskorlariga grantlar va foizsiz kreditlarni, ajratilgan kreditlar miqdorini keyinchalik loyihaning umumiy qiymatiga va loyiha Jamg'arma kreditini jalb qilish yo’li bilan amalga oshirilgan taqdirda ajratilayotgan kreditning umumiy qiymatiga qo’shish sharti bilan berish to’g’risida bitimlar tuzadi;
S yangi zamonaviy xorijiy texnologiyalar, texnika va uskunalar hamda strategik ahamiyatga ega bo’lgan boshqa tovarlarni tasdiqlangan davlat dasturlariga muvofiq Hukumat qarorlari bo’yicha xarid qilish uchun imtiyozli kreditlar beradi;
S Jamg'arma mablag'laridan maqsadli va samarali foydalanilishi, tijorat banklariga berilgan mablag'1arning o'z vaqtida qaytarilishi ustidan tizimli ravishda monitoring olib boradi;
S tijorat banklarida ochilgan hisobvaraqlar holati va ular bo’yicha amalga oshirilayotgan operatsiyalar to’g'risidagi har qanday ma'lumotni olish huquqiga ega bo'lgan holda, qarz oluvchi korxonalar tomonidan Jamg'arma kreditlari bo'yicha majburiyatlarining bajarilishi masalalari yuzasidan ular faoliyatining monitoringini olib boradi.
Jamg'arma daromadlari va xarajatlarining ijrosi to’g’risidagi hisobotni ishlab chiqadi va Jamg'armani boshqarish bo'yicha Kengash tomonidan ma'qullangandan so’ng uni belgilangan muddatlarda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Hisob palatasiga taqdim etadi.
Jamg'armaning ijro etuvchi direktori O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi, maqomi bo’yicha vazir o’rinbosariga tenglashtiriladi.
Jamg'armaning ijro etuvchi direktori:

S Jamg'armaga yuklatilgan vazifa va funktsiyalarga binoan ijrochi direktsiyaning faoliyatini tashkil etadi va shaxsan mas'ul bo’ladi, xodimlarning belgilangan cheklangan umumiy soni doirasida ijrochi direktsiyaning shtat jadvalini shakllantiradi, Jamg'arma nomidan kredit, xo’jalik va mehnat shartnomalarini imzolaydi;


S Jamg'armani boshqarish bo’yicha Kengash bilan kelishgan holda Jamg'arma mablag'laridan maqsadli va samarali foydalanilishi ustidan belgilangan tartibda tekshiruvlar tashkil qiladi, ularning natijalarini ko’rib chiqadi va ular bo’yicha qarorlar qabul qiladi hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan zarur choralarni ko'radi;
H qonun hujjatlarida ko'zda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Jamg'arma apparati tarkibida tegishli loyihalarni moliyalashtirish bo'yicha xulosa yoki tavsiyalar berishga mas'ul bo'lgan yuqori malakali ekspertlar guruhi tashkil qilinadi.
Nazorat uchun savollar

  1. O‘zbekiston Respublikasining jamlangan (konsolidatsiyalashgan) budjeti tarkibiga qanday budjetlar kiradi?

  2. O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining daromadlari qanday shakllanadi?

  1. O’zbekistonRespublikasiHisobpalatasivaO’zbekistonRespublikasiMoliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining hisobotlarini qanday muddatlarda qabul qiladi?

  1. Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasining ustav kapitali miqdori qanchani tashkil etadi?

  2. O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining mablag‘laridan foydalanish yo'nalishlari?

  3. Jamg'armaning mablag'lari qanday nazorat qilinadi?

  4. O'zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasining mablag'lari qanday valyutalarda yuritiladi?

  5. Respublikamizda mavjud bo’lgan yana qanday maqsadli jamg'armalarni bilasiz?

  6. O'zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasining ijroiya organi qanday vazifani bajaradi?

  7. Jamg‘armaning asosiy vazifalari nimalardan iborat?

  1. Download 5,54 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish