Bog'liq O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi t (1)
BOB. BUDJET TASHKILOTLARINI BUDJETDAN TASHQARI JAMG'ARMALARI
Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg'armaIari daromadlari va xarajatlari
Budjet tashkilotlariningbudjetdan tashqari jamg'armalari haqida tushuncha
Budjet tashkilotlarida barcha xarajatlar davlat budjeti mablag'lari hisobidan qoplanadi. Ammo, ayrim tadbirlarni moliyalashtirish uchun budjetdan tashqari mablag'1ar foydalaniladi, ya'ni bular davlat budjeti mab1ag'lari hisobidan emas, balki boshqa manbalar hisobidan tashkil etiladigan mablag'lardir.
Budjetdan tashqari mab1ag'lar jumlasiga maxsus mablag'lar, topshiriqlar bo'yicha summalar va depozit summalar kiradi.
Maxsus mablag'lar— bu budjet tashkilotlariga tegishli binolardan, xonalardan, korxonalardan va yordamchi xo'ja1iklardan, inventarlardan va uskunalardan foydalanish va ishlatish natijasida paydo bo’lgan budjet tashkiloti daromadlarining summasidir. Maxsus mablag'lar foydalanish xarajatlarini qoplashga, qaysi tadbirlardan olingan bo'1sa, o’sha tadbirlarning faoliyatini kengaytirish va yaxshilashga sarflanadi. Maxsus mablag'1arni boshqa maqsadlarga hamda budjetdan moliyalashtiriladigan tadbirlarga sarflashga yo'l qo'yi1maydi. Maxsus mablag'larga barcha budjet tashkilotlari ega bo’lishi mumkin.
Maxsus mablag'larning har bir turi bo'yicha kirim-chiqim smetalari tuziladi. Smetaning daromadlarida maxsus mablag'larning kirimi ko’rsatiladi, xarajatlarida esa mablag'larning budjet tasnifi moddalari bo’yicha yo’naltirilishi ko'rsatiladi. Agar budjet tashkiloti maxsus mablag'larning bir nechta turlariga
ega bo’lsa, u holda individual smetalar asosida ularning yig'masi tuziladi. Yig'ma smetada maxsus mablag'lar har bir turining daromad va xarajatlari alohida-alohida ko'rsati1adi. Maxsus mablag'larning smetalari bo'yicha xarajatlar daromadlaridan yuqori bo’lishi mumkin emas.
Maxsus mablag'larning smetalarini yuqori budjet mablag'larini tasarruf qiluvchilar tomonidan tasdiqlanishi haqida ikki nusxada ma'lumotnoma tuziladi. Ma'lumotning bir nusxasi bank muassasasiga beriladi, boshqasi esa ma'lumot berilgan tashkilotda qoladi. Bank mazkur tashkilotdagi barcha maxsus mablag'lar smetalarining tasdiqlanishi haqidagi bitta ma'lumotnomani oladi va bank muassasalari Maxsus mablag'1ar bo’yicha talab qilib olgunga qadar depozit hisobvaraqlaridan mablag'lar beradi. Budjet tashkilotlarining rahbarlari maxsus mab1ag'larning tasarruf qiluvchilari hisoblanadi. Ular smetada ko'zda tutilgan daromadlarning tushumini ta'minlashga va maxsus mablag'larning xarajatlarini har bir moddasi bo'yicha tasdiqlangan summalar doirasida smeta bo'yicha maqsadli tayinlanishiga muvofiq sarflashga majburdirlar. Maxsus mablag'larning kelib tushayotgan summalarini, odatda, to’lovchilar to’g'ridan- to’g’ri bank muassasasiga ularni budjet tashkilotining maxsus mablag'lar bo'yicha talab qilib olgunga qadar depozit hisobvaraqlariga qo'yish uchun topshirishlari kerak.
Topshiriqlar bo’yicha summalarayrim topshiriqlarni bajarish uchun boshqa tashkilotlardan budjet tashkilotiga kelib tushgan mablag'lardir. Bularga, masalan, o'quv yurtlarini tugatib ish joyiga yuborilgan yosh mutaxassislarga to'lash uchun tashkilotlardan olingan summalar, korxonalardan o’qishga yuborilgan talabalarga ular hisobidan stipendiya to’lash uchun olingan summalar, boshqa tashkilotlardan, ular uchun uskunalar, adabiyotlar va boshqa shunga o'xshashlarni sotib olish uchun olingan summalar kiradi. Topshiriqlar bo'yicha kelib tushgan mablag'lar bank muassasalarida Topshiriqlar bo’yicha summalarga doir talab qilib olgunga qadar alohida depozit hisobvarag'ida
saqlanadi. Bunday hisobvaraqlar tegishli moliya organining ruxsati bilan ochiladi.