BOB. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING TIKLANISH VA TARAQQIYOT JAMG‘ARMASI O’zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi
O’zbekistonRespublikasiTiklanishvataraqqiyotjamg’armasifaoliyatinitashk
iletilishiningzarurligi, maqsadivavazifalari.
Hozirgi paytda Davlat budjeti jahondagi har bir davlatning eng muhim institutlaridan biri hisoblanadi. Uning samarali faoliyat ko‘rsatishi iqtisodiy o‘sishning sifatiga va ijtimoiy farovonlikning darajasiga bevosita ta'sir ko‘rsatadi. Davlat budjetining barqarorligi mamlakat iqtisodiyoti va eng avvalo, uning ijtimoiy sohasi holatini xarakterlaydigan eng muhim ko‘rsatkichlardan biridir.
O‘zbekiston Respublikasining jamlangan (konsolidatsiyalashgan) budjeti tarkibiga quyidagilar kiradi:
Davlat budjeti;
davlat maqsadli jamg’armalarfning budjetlari,
O'zbekiston Respublikasi Tlklanish va taraqql fOt jamg’armasi mablag’lari.
O‘zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan moliya yili yakunlari bo‘yicha tahliliy maqsadlar uchun hamda budjet tizimi budjetlarining (budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘arma1ari bundan mustasno) barcha tushumlari va xarajatlarini hamda O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘larini, ular o‘rtasidagi transfertlarni hisobga olmagan holda hisobga olib borish uchun tuziladi.
Demak, Davlat budjeti quyidagi darajadagi budjetlardan iborat:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti tuzilmasiga Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi tumanlari va shaharlarining budjetlari kiradi. Viloyatlar mahalliy budjetlari tuzilmasiga viloyat budjeti, tegishli viloyatlar tumanlari va shaharlarining budjetlari kiradi. Toshkent shahar mahalliy budjeti tuzilmasiga shahar budjeti va shahar tarkibiga kiruvchi tumanlarning budjetlari kiradi.
Davlat maqsadli jamg‘armaIari quyidagilardir:
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi;
Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan mablag‘lar jamg‘armasi;
O‘zbekiston Respublikasining Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Umumta'lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruktsiya qilish, mukammal ta'mirlash va jihozlash jamg‘armasi;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasi;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Oliy o‘quv yurtlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi.
O‘zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi moliyaviy muassasadir va u ustuvor investitsiya loyihalarini hamda iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarini modernizatsiya qilish va texnik jihatdan qayta jihozlashga, mamlakatni muttasil, barqaror va mutanosib ravishda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga erishilishiga, shuningdek samarali tarkibiy va investitsiya siyosati amalga oshirilishiga doir loyihalarni moliyalashtirish uchun Kodeksda belgilangan mablag‘larni jamlaydi. O‘zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasini boshqarish Kengashi O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining yuqori boshqaruv organi bo‘lib, uning tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilanadi. O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining ijro etuvchi direktsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining ijro etuvchi organi va mablag‘larini taqsimlovchidir.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, iqtisodiyotga davlat kapital qo‘yi1malarini safarbar etishda davlatning aniq maqsadlarga mo‘lja1langan fondlari muhim ahamiyatga ega . Shunday fondlardan biri O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yi1 11 may Farmoni bilan tashkil qilingan Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidir. Mazkur jamg‘arma iqtisodiyotning yetakchi, eng avvalo bazaviy tarmoqlarini modernizatsiyalash va texnikaviy qayta qurollantirish loyihalari amalga oshirilishini ta'minlash, mamlakatni muttasil, barqaror va mutanosib ravishda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga erishish, shuningdek samarali tarkibiy va investitsiyaviy siyosatni amalga oshirish maqsadida tuzilgan.
Dastlab Jamg‘arma O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi hamda Markaziy bankining taklifıga binoan Ustav kapitali 1,0 mlrd. AQSh dollari miqdorida bo‘lgan davlat maqsadli fondi sifatida tashkil etildi. Jamg‘arma O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida tashkil etildi va yuridik shaxs huquqlariga egadir.
O'zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi moliyaviy muassasadir va u ustuvor investitsiya loyihalarini hamda iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarini modernizatsiya qilish va texnik jihatdan qayta jihozlashga, mamlakatni muttasil, barqaror va mutanosib ravishda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga erishilishiga, shuningdek samarali tarkibiy va investitsiya siyosati amalga oshirilishiga doir loyihalarni moliyalashtirish uchun ushbu Kodeksda belgilangan mablag'1arni jamlaydi.
O'zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasini boshqarish Kengashi O'zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasining yuqori boshqaruv organi bo'lib, uning tarkibi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilanadi.
O'zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasining ijro etuvchi direktsiyasi O'zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasining ijro etuvchi organi va mablag'larini taqsimlovchidir.
O'zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasining ijro etuvchi direktsiyasi O'zbekiston Respublikasi Hisob palatasi va O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga:
har yili 1 iyulgacha O'zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasining kelgusi yil uchun daromadlari va xarajatlari loyihasini;
yilning har choragida hisobot choragidan keyingi oyning 25-kunigacha O'zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi daromadlari va xarajatlarining ijrosi to’g’risidagi hisobotni taqdim etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |