M. A1imardonov Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti “Moliya va soliqlar kafedrasi professori, I f. d B. Hamdamov



Download 5,54 Mb.
bet66/81
Sana04.04.2022
Hajmi5,54 Mb.
#528035
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   81
Bog'liq
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi t (1)

Budjetlararo munosabatlar budjet jarayoni davomida davlat va mahalliy hokimiyat organlari o’rtasida yuzaga keluvchi iqtisodiy-huquqiy munosabatlar majmui hisoblanadi.
Budjetlararo munosabatlar davlat boshqaruvi tizimida vertikal yoki gorizontal bo’yicha paydo bo’ladi va amal qiladi hamda hokimiyat har bir darajasining faoliyat maqsadlaridan kelib chiqib, ularning moliyaviy imkoniyatlarini hisobga olgan holda tartibga solinadi.
Budjetlararo munosabatlar quyidagi tamoyillarga asoslanadi:




      1. Vaqtinchalik qisqa muddatli (moliya yilidan kam bo’lmagan muddatga) yoki budjet tizimining darajalari bo’yicha daromadlarni tartibga solishning uzoq muddatli me’yorlari bo’yicha doimiy asosda chegaralash va biriktirish.

      2. Budjet xarajatlarini budjet tizimining darajalari bo’yicha taqsimlash va biriktirish.

      3. Budjetlarning o’zaro munosabatlarida budjet huquqlarining tengligi.



Budjetlararo munosabatlar quyidagilarni o’z ichiga oladi:



  • alohida ijtimoiy va iqtisodiy funktsiyalarni bajarish uchun javobgarlikni budjet tizimining budjetlari o’rtasida taqsimlash va huquqiy jihatdan biriktirishni;

  • budjet tizimining har bir darajasiga biriktirilgan vakolatlarni amalga oshirishni ta’minlaydigan xarajatlar hajmini belgilashni,

  • budjetning barcha darajalarida daromadlar manbasini belgilash va huquqiy biriktirishni,

  • hududlarni moliyaviy qo’llab-quvvatlashning barcha shakllarini.

Budjetlararo munosabatlarning maqsadlarinl quyldagilarda ya’nl, yagona iqtisodly makonnl yaratish, hududlarning iqtisodiy va ijtlmoiy rivOjlOTllShlda yagona minimal standartlarni ta’TYllTll6lSh, teng ijtimoly hlmoyani ta’minlash va fuqarolarning ljtimoiy huquqlarini kafolatlash, butun mamlakat hududida iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanlshning qulay sharoltlarlni ta’miTtlashda ko’rlshimiz mumklH
Budjetlararo munosabatlarning modeli deganda, bud et tiziml darajalari o’rtasida daromadlar va xarajatlarni taqsimlash masalalarini echishda o’zaro munosabatlarni tashkil etishning asoslarini aniqlashga nisbatan iTlStltlltsional yondashuv tushuniladi.
Budjetlararo munosabatlarning markazlashtirilgan, markazlashtirlshdan chiqarllgan va kooperativ modellari farqlanadi (1-rasmj.


1-rasm. Budjetlararo munosabatlar modellari

Budjetlararo munosabatlarning markazlashtirilgan modeli quyidagi tamoyillarga asoslanadi:

  1. Mahalliy hokimiyat organlarining o‘z budjetlarini shakllantirishga doir huquqlarini cheklash.

  2. Davlat boshqaruvi bo‘g‘in1ari o‘rtasida funktsional majburiyatlar taqsimotining yo‘qligi yoki rasmiyligi.

  3. Hududiy manfaatlarning milliy ehtiyojlarga bo‘ysunishi.




  1. Soliq vakolatlarini davlat tomonidan taqsimlash va mahalliy hokimiyat organlariga moliyaviy yordam berishning avtoritar usuli amal qilishi.

  2. Davlat tuzilishi shakliga bog‘liqlik.

Markazlashtirilgan modelda mahalliy budjetlarni shakllantirish markaziy budjet bilan uzviy bog‘1iq1ikda konsolidatsiyalashgan budjet rejasi doirasida amalga oshiriladi.


Budjetlararo munosabatlarni tashkil etishning ushbu modelining afzalliklari quyidagilarda ya‘ni, boshqarishni tashkil etishning yagonaligi, budjet tizimining tashkilotchilik qobiliyatini oshirish, belgilangan maqsadlarga jadal erishishga moliyaviy resurslarni yo‘naltirish, mahalliy hokimiyat organlarining xarajatlar vakolatlarini nazoratini yaxshilash va muvofıqlashtirish, mahalliy hokimiyat organlari tomonidan ularga berilgan vakolatlar doirasida mablag‘lar ni taqsimlash borasida xato qarorlar qabul qilish havfini pasaytirish, hududlarda aholi turmush darajasini nazorat qilish va tenglashtirishda namoyon bo‘ladi.
Mazkur modelning kamchiliklari esa quyidagilarda ya‘ni, markaziy hokimiyat organlarining ish hajmi ko‘payib ketganligi sababli faoliyati samaradorligining pasayishi, hududlarning moliyaviy ta‘minoti va moliyaviy bazasini rivojlantirishning zaiflashishi, mahalliy hokimiyat organlarining
boqimandalik kayfiyati, ular har qanday holatda hududlar budjetlari balanslashtirilishiga ishonchlari komilligida namoyon bo‘ladi.





Markazlashtirishdan chiqarilgan model quyidagi tamoyillarga asoslanadi:





1. Markaziy hukumat munitsipalitetlar va mintaqalarning budjet jarayoniga aralashmaydi.






3. Mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarishning moliyaviy mustaqilligini rivojlantirish izchil amalga oshiriladi


4. Daromadlar manbalarini taqsimlash budjet kelishuvlariga muvofiq amalga oshiriladi








5. Markazlashtirishdan chiqarilgan budjet davlat tuzilishi shakliga bog'Iiq bo‘Imaydi




Budjetlararo munosabatlarning markazlashtirishdan chiqarilgan modeli iqtisodiy rivojlangan federativ davlat tuzilmasiga ega mamlakatlarga xos bo‘lib, ular hududiy va mahalliy hokimiyat hamda boshqaruv organlarining budjet huquqlari kengayishini ta‘minlaydi, bu esa o‘z navbatida, umumiy davlat xarajatlarida mahalliy budjetlarning ulushi oshib borishiga olib keladi.
Mazkur modelning kamchiliklari quyidagilarda namoyon bo‘ladi ya‘ni, budjetlararo munosabatlarning markazlashtirishdan chiqarilgan modelida hukumatning makroiqtisodiy maqsadlarga erishish va davlatda moliyaviy imkoniyatlar muvozanatini ta‘minlash faoliyatini muvofıqlashtirish murakkablashadi, markazlashtirishdan chiqarilgan tartibda budjetlararo munosabatlarni boshqarish ko‘p hajmda axborot talab qiladi va qarorlar qabul qilishning tezkorligi pasayadi, qarorlar qabul qilishda mahalliy hokimiyat organlari ko‘pincha o‘zining ijtimoiy-iqtisodiy siyosati manfaatlaridan kelib chiqadi va davlat ahamiyatiga molik maqsadlarni doim ham hisobga olavermaydi.



Budjetlararo munosabatlar - moliya oqimlarini maqbullashtirish jarayonining shartli uchta asosiy yunalishini ko'rsatish mumkin:




  • bo’g’inlararo budjet tizimi daromadlarining chegaralanishi;

  • budjet bo’g'in1ari o’rtasida mablag'1arning qayta taqsimlanishi Budjetlararo munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining respublika

budjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari, Toshkent shahrining shahar budjeti, tumanlar, shaharlar budjetlari, shuningdek davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari o‘rtasidagi Budjet kodeksi bilan tegishli budjetlarga biriktirilgan xarajatlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan tegishli budjetlarni moliyaviy resurslar bilan ta‘minlashga doir munosabatlardir.
Budjet kodeksi O‘zbekiston Respublikasining budjet tizimi budjetlarini shakllantirish, tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish, tasdiqlash, ijro etish, davlat tomonidan mablag‘ jalb qilish va budjet to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ijrosini nazorat qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.
Shuni alohida qayd etish lozimki, O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksida turli darajadagi budjetlarning vakolatlari chegaralanib, budjetlararo munosabatlar tizimi takomillashtirilgan.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining “Budjetlararo munosabatlar” nomli 20-bobida budjetlararo munosabatlar tushunchasi, budjetlarning darajalari o‘rtasida daromadlar va xarajatlarni o‘tkazish, budjetlararo transfertlarning shakllari, subventsiyalar, o‘tkazib beriladigan daromadlar, dotatsiya, budjetlararo o‘zaro hisob-kitoblar, budjetlararo transfertlarni o‘tkazish tartibi, budjet ssudasi shaklidagi budjetlararo transfert, aylanma kassa mablag‘lar i, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga qo‘llaniladigan cheklovlarga to‘xtalib o‘tilgan.
Shunday qilib, budjetlararo munosabatlarga quyidagicha ta‘rif berishimiz mumkin: “Budjetlararo munosabatlar - davlat budjet mexanizmining muhim ajralmas elementi bo‘lib, mamlakatning ma‘muriy-hududiy tuzilmalari sub‘ektlari o‘rtasida markaziy boshqaruvning markazdan turib barcha moliyaviy oqimlarni taqsimlash jarayonini oqilona tartibga solishni ta‘minlaydi va bundan tashqari, markaziy hukumatning aniq funktsiyalarini davlat boshqaruvining turli darajalarida huquq va majburiyatlarni o‘zaro taqsimlab olish orqali bajarish uchun davlat budjetida jamlangan pul mablag‘lar ining ushbu sub‘ekt1ar o‘rtasida qayta taqsimlanishini o‘z ichiga oluvchi munosabatlar yig‘indisidir”.

Daromadlarni kompensatsiya qilish yoki xarajatlarni qoplash Davlat budjetini ijro etish jarayonida quyi turuvchi budjetlarning daromadlarini va (yoki) xarajatlarini kamaytirishga yoxud ko’paytirishga olib keladigan hollarda o’zaro hisob-kitoblar bo’yicha mab1ag'1arni ajratish yoki olib qo’yish orqali majburiy tartibda amalga oshiriladi.
Budjetlararo o‘zaro hisob-kitoblar moliya yili mobaynida budjetlar parametrlari o‘zgarganda yuqori va quyi turuvchi budjetlar o‘rtasida yuzaga keladigan o‘zaro pul munosabatlaridir:


1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish