M. A1imardonov Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti “Moliya va soliqlar kafedrasi professori, I f. d B. Hamdamov



Download 5,54 Mb.
bet41/81
Sana04.04.2022
Hajmi5,54 Mb.
#528035
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   81
Bog'liq
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi t (1)

Xazina to'pIash belgisi shunda namoyon bo'ladiki, soliqlar albatta xazinaga, ya'ni davlat budjetiga va davlatning boshqa maqsadli pul fondlariga tushadi. Bordi-yu, yuridik va jismoniy shaxslar boshqa ixtiyoriy fondlar -

«Iste'dod», «Ekosan», «Kamolot», «Nuroniy» jamg'armalariga to’lovlarni amalga oshirsalar, bu to'lovlar xazina to'plashga xizmat qilsada, soliq munosabati bo'lmaydi. Chunki majburiylik tamoyili yo’q, shuningdek, bu to'lovlar davlat mulkiga tushmaydi.

  1. Soliqlar qat'iy belgilangan va doimiy harakatda bo’ladi.Tarixda 50-100 yillab o’zgarmasdan harakatda bo’lgan soliqlar mavjud. Ilmiy asosi qancha chuqur va mustahkam bo'lsa, soliqlar shuncha qat'iy va uzoq yillar o'zgarmasdan harakat qiladi yoki juda kam o'zgaradi. Masalan, daromad solig'i, mulk solig'i, yer solig'i kabilar bir necha asrlardan beri amal qilib kelmoqda. Har bir davr, har bir ijtimoiy tuzumda davlat, o'z iqtisodiy maqsadlari va iqtisodiy siyosatining asosiy

yo’nalishlaridan kelib chiqib, bu soliqlarning amal qilish mexanizmiga o’zgartirishlar kiritib kelgan.

  1. Soliqlar alohida olingan soliq to'lovchi uchun noekvivalentlik xarakteriga ega.Har bir soliq to’lovchi tomonidan to'1angan soliq summasi to'lovchining shaxsan o'ziga to’liq qaytib kelmaydi, ular mamlakat miqyosida butun jamiyatga qaytib keladi. Soliq to’lovchiga nisbatan bu to'1ov ekvivalentsiz pul to'1ovidir. Masalan, soliq to’lovchi muayyan bir davrda davlatning sog'liqni saqlash va maorif xizmatlaridan hech foydalanmagan bo’lishi mumkin. Lekin bozor iqtisodiyoti sharoitida hamma soliq to'lovchilarning to'lagan soliq va yig'imlari davlatning ularga ko’rsatgan xilma-xil xizmatlari (mudofaa, xavfsizlikni ta'minlash, tartib-intizomni saqlash va boshqa ijtimoiy-zaruriy xizmatlar) orqali o’zlariga qaytib keladi. Demak, soliq to’lovchilar nuqtai nazaridan olganda hamma soliqlar bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning ko’rsatgan ijtimoiy xizmatlari uchun to’lanadigan haq(to’lov)dir.

Soliqlar davlat budjetiga va davlat pul fondlariga kelib tushadigan, majburiy xarakterga ega bo’lgan pul munosabatlaridir. Shuningdek, soliqlar iqtisodiy kategoriya bo’lganligi uchun bozor iqtisodiyoti munosabatlari, shu jumladan, moliyaviy munosabatlar tarkibiga kiradi. Bozor iqtisodiyoti erkin iqtisodiyotdir, ya'ni har bir huquqiy shaxs, tadbirkor o'z tovariga erkin baho belgilashi, mahsulot yetkazib beruvchini ixtiyoriy topishi va o'zi iste'mo1chini topib, unga mahsulotini sotish huquqiga ega. Shuning uchun davlat ular daromadlarining bir qismini taqsimlab, budjetga oddiy ajratma sifatida ololmaydi. Soliq shaklida daromadlarni undirish uchun qonun chiqaruvchi organ (Oliy Majlis)ning qarori zarur, ya'ni qonuniy asosda undirilgan to'lov budjetga o’tadi. Erkin iqtisodiyot sharoitida soliqlar ham erkin, ochiq, aniq bo'1adi, demokratik to’lovga aylanadi.
Soliqlar iqtisodiy kategoriya bo'lganligidan to’lovchilar va davlat o’rtasida daromadlar taqsimlanayotganda tomonlarning iqtisodiy manfaatini albatta e'tiborga olish zarur. Davlat soliq to'1ovchilar daromadini istaganicha ololmaydi, soliqlarni budjetga undirishning ma'lum chegarasi mavjud. Bu chegarani davlat, soliq to'lovchilarning mahsulot ishlab chiqarish va foyda olishdagi faoliyatini
hisobga olib belgilaydi. Ikkinchi tomondan, soliqlardan makrodarajada iqtisodiyotni rivojlantirish, bozor infratuzilmasini yaratish va boshqa umumdavlat maqsadlari uchun yetarli moliyaviy resurslar to’plash uchun foydalaniladi. Soliqlarning mohiyati soliq to'1ovchilar bilan davlat o'rtasidagi doimiy, uzoq muddatli munosabatlarda o'z ifodasini topadi.
Budjet tizimi bo’g'inlari daromadlarini shakllantirishiga ko’ra soliqlarning umumdavlat (respublika) va mahalliy soliqlarga bo’linishi hukumat idoralarining markaziy hukumat va mahalliy hukumatlarga bo'linishi asosida kelib chiqadi.
Har bir hokimiyat idoralari o’zlarining bajaradigan muhim vazifalaridan kelib chiqib, o'z budjetiga va uni ta'minlaydigan soliqlarga ega bo’lishi kerak. Respublika hukumati umumdavlat miqyosida katta vazifalarni - mudofaa, xavfsizlikni saqlash, tartib-intizom infrastrukturasini yaratish, turli ijtimoiy xizmatlarni moliyalashtirish, fuqarolar ijtimoiy himoyasini tashkil etish va boshqa bir qator yirik vazifalarni bajaradi. Shuning uchun uning budjeti ham, soliqlari hajmi ham salmoqli bo’lishi shart. Qo’shilgan qiymat solig'i, aksiz solig'i, yuridik shaxslarning daromadi (foydasi)dan, fuqarolar daromadidan olingan soliqlar respublika budjetiga tushadi.




Umumdavlat soliqlari


yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig'i;
O yagona soliq to'lovi; jismoniy shaxslardanolinadigan daromad solig'i; qo’shilgan qiymat so1ig'i; aktsiz solig'i;

Download 5,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish