DORILAR TA’SIRIDA BO‘LADIGAN ASORATLAR
134-masala.
30 yoshli bemor kasalxonada o‘ng o‘pkaning pastki bo‘lagidagi o‘tkir
pnevmokokkli pnevmoniyadan davolanmoqda. Qasallikning tashxisi klinik va rentgenologik
ko‘rinishi bilan tasdiqlangan. Qonda neytrofilli leykotsitlar—16X109/l, tayoqcha yadrolisi—
12%, eozinofillar yo‘q. Kuniga 3 mln dan penisillin berib davolanganda ikkinchi kuni isitmasi
normaga tushib, ahvoli yaxshilangan. Davolashning 7-kunida yana isitmasi 38,2°S ga ko‘tariladi.
Bemor tekshirib ko‘rilganda deyarli o‘pka kasalligi belgilari o‘zgargani aniqlanmaydi (hansirash,
yo‘tal, ko‘krakda og‘riq va fizik o‘zgarishlar kuchaymagan). Vrach infeksiyali jarayon butunlay
tugamagan deb penitsillin dozasini kuniga b mln ga oshiradi va qon analizi, qaytadan rentgen
qilishni buyuradi. Kelasi kuni ham isitmasi pasaymaydi. Qon analizida leykotsitlar—10x109/l,
tayoqcha yadrolisi — 5%, eozinofillar—12%. Rentgenda dastlabki yalliglanish jarayoni so‘rilish
davrida.
1. Isitmaning ko‘tarilishiga (qaytadan) nima sababchi bo‘lgan?
a) infeksiya penitsillinga chidamli bo‘lgan;
b) penitsillinga allergik reaksiya bo‘lgan;
v) plevra bo‘shliriga yiring to‘plangan;
g) plevrit;
d) o‘pka abssessi.
2. Davolovchi vrachning ishiga baho bering.
3. Aniqlagan tashxisingizning nomini aytib bering?
135- masala.
24 yoshli bemor kuchli isitma ko‘tarilganligi uchun uchastka vrachini uyiga
taklif qiladi. Oxirgi yillarda hech qanday dori ichmagan va soglom bo‘lgan. Yoshligida emlanib
vaksina olganida angionevrotik shish paydo bo‘lib, bronxlari berqilib (obstruksiya) qolgan.
Shokolad va bironta meva yeganda toshma toshadi. Ikki oy oldin dam olayotganida chivin
chakishidan boshida juda kup xunuk shishlar paydo bulgan. Vrach bemorda o‘tkir pnevmoniya
bor deb, antibiotiklar bilan davolashni tavsiya kiladi.
1. Anamnezini xisobga olib, qaysi bir dorini buyurish mumkin?
a) metatsiklinni kuniga 0,15 g dan 2 mahal berish kerak;
b) penitsillinni kuniga 5 mln dan xar 4 soatda muskul orasiga yuborish uchun;
v) ampitsillinns 0,5 g dan 6 mahal ichishga;
g) antibiotiklar berish mumkin emas.
2. Davolashda anamnezidagp qaysi belgiga ahamiyat berish kerak?
136-masala.
17 yoshli A. ilgari hech qanday kasallik bilan kasallanmagan va dori
ichmagan. Gripp kasalligi epidemiyasi bo‘lganida yuqori nafas yo‘llari kasalligi bilan (kuchli
tumov bo‘lgan, isitmasi 38,3°S gacha ko‘tarilib, tomog‘i kichishgan va boshi og‘rigan)
kasallangan, o‘zicha davolangan, tovoniga kvars kuygan, kuniga 0,25 g dan uch mahal
amidopirin kabul qilgan. Davolanishning uchinchi kuni burnidan oqayotgan suyuqlik
quyuqlashgan,
isitmasi subfebril darajagacha pasaygan. To‘rtinchi kuni tomog‘ida og‘riq sezadi.
Ertalab isitmasi 37,6°S bo‘lgani uchun vrachga murojaat qiladi.
1. Axvolning yomonlashishiga nima sababchi bo‘lgan?
a) grippni noto‘g‘ri davolash;
b) amidopirin dozasining ko‘payganligi;
v) gaptenli (amidopirinli) agronulotsitoz;
g) ahvolning yomonlashishiga amidopirin sababchi emas;
d) bor ma’lumotlar ahvolning yomonlashish sababini tushuntirib bera olmaydi.
2. Vrach nima qilishi kerak?
Do'stlaringiz bilan baham: |