M. A. Xujamberdiyev



Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/113
Sana08.06.2022
Hajmi0,99 Mb.
#645356
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   113
Bog'liq
ichki kasalliklar boyicha tibbiy masalalar (2)

SO‘Z BOSHI 
Qo‘llanmada bayon etilgan masalalar to‘plami tibbiyot institutlarining III, IV, V va VI 
kurs talabalariga mo‘ljallangan. Qo‘llanma talabalar bilimini tekshirish va o‘z-o‘zini nazorat 
qilish kabilarni ko‘zda tutgan holda tuzilgan. Unda ichki kasalliklarni aniqlash va davolash 
usullari mujassamlashgan. 
Masalalar vrachlik mahorati va faoliyatini aks ettiradi, u amaliyotdan olingan bo‘lib, iloji 
boricha talabalarning vrachlik kasbini egallashlariga yordam beradi. 
Ko‘pgina tibbiy masalalar nafaqat ichki kasalliklarni, balki asab kasalliklari, sil, o‘sma 
kasalliklarini uz ichiga oladi. Bu bo‘lajak terapevt vrachlarning fikrlash doirasini kengaytiradi. 
Mualliflar tibbiy masalalarni iloji boricha qisqa bayon qilishga uringanlar, ikki xil izohga 
muhtoj masalalar qo‘llanmaga kiritilmagan va aniq savollarga faqat bir ma’noli aniq javoblar 
so‘ralgan. 
Savollar turli javoblar talab qiladigan qilib tuzilgan va uning besh xil javobi ham 
keltirilgan. Beshta javobdan bittasi to‘g‘ri, kolganlari esa javobga yaqin bo‘lsada, to‘g‘ri 
xisoblanmaydi. Bular tashxis qo‘yish va davolash mahoratini oshirishda yordamchi usul 
hisoblanadi. 
Tibbiy masalalar to‘plami hozirgi kundagi mavjud o‘quv adabiyotlaridan farqli o‘laroq 
batafsil javoblarning etalonini ham o‘z ichiga oladi va maqsadga mos holda o‘quvchiga amaliy 
yordam beradi. Javobli etalonlardagi izohlar hozirgi zamon adabiyotini keng yoritgan holda 
talqin kilinadi va bayon etiladi. 


I B U L I M 
 
NAFAS A’ZOLARI SISTEMASI BO‘YICHA 
TIBBIY MASALALAR
 
 
O‘TKIR PNEVMONIYALAR
1-masala.
Ko‘p ichkilik iste’mol kiluvchi 42 yoshli bemor B. quyidagilardan shikoyat 
qilgan: kasallik to‘satdan bezgak tutish bilan boshlanib, tana harorati 39,6° gacha ko‘tarilgan, 
avval quruq shilimshiq balg‘am aralash yo‘tal tutgan, so‘ngra yo‘tal davomli bo‘lib zangsimon 
balg‘am ajrala boshlagan. Bevosita tekshirish natijasida quyidagi ma’lumotlar aniqlangan. 
Bemorning umumiy ahvoli og‘ir, nafas olish 28 ta gacha (1 daqiqada) ortgan. Bronxial nafas va 
o‘ng kurak osti sohasida mayda pufakchali ho‘l xirillash eshitilgan. Kasalxonada penitsillin bilan 
(sutkasiga 3 000 000 TB miqdorida) jadal davolashga karamasdan bemorning ahvoli o‘zgarishsiz 
qolgan, hansirash va umumiy zaharlanish belgilari yo‘qolmagan. Balg‘am tarkibidan ko‘plab 
tillasimon stafilokokklar topilgan. 
O‘pka rentgenoskopiyasi natijalari: ikkala o‘pkada ko‘plab mayda (infiltrat) to‘kima 
soyalari ko‘ringan. O‘pkaning uchida va pastki qismida yemirilish tufayli hosil bo‘lgan 
bo‘shliqlar aniklangan. Bemorda sil kasalligi bor deb taxmin kilinib, davolash choralari 
buyurilgan. 
1. Qanday tashxis ko‘yilsa to‘g‘ri bo‘ladi? 
2. Quyida keltirilgan davolash usullaridan qaysi birini tanlash kerak? 
a) penitsillin mikdorini ko‘paytirish kerak; 
b) kanamitsin berish kerak; 
v) kanamitsin va ftivazid bilan davolash kerak; 
g) ampitsillin bilan davolash kerak; 
d) sefalosporin turkumiga kiruvchi (kefzol) antibiotiklar qo‘llash kerak. 

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish