MASALALARNING
JAVOBLARI VA TAHLILI
O‘TKIR PNEVMONIYALAR
1- masalaga javob.
Bemorda o‘tkir stafilokokkli pnevmoniya bo‘lgan, u og‘ir kechib,
o‘pka gangrenasini (stafilokokkli gangrenami keltirib chiqargan, ya’ni asorat koldirgan.
Stafilokokkli pnevmoniya organizmning mahalliy ximoya kuchlari turli sabablarga kura o‘ta
sustlashganda yoki immunodepressiya holatlarida rivojlanadi (masalan, keksalarda, qandli diabet
kasalligida, surunkali alkogolizmda va xokazo).
Kasallikning rentgenologik ko‘rinishi sil kasalligining ayrim shakllariga o‘xshash
bulsada, kasallikning tez paydo bo‘lishi, balg‘amda sil tayoqchalarining bo‘lmasligi va unda
stafilokokk topilishi kabilarni inobatga olib, bemorda o‘pkaning nospetsifik kasalligi bor deb
xulosa qilindi.
Mazkur holda pnevmoniyaning sababchisi stafilokokk bo‘lganligi uchun pensillin
miqdorini ko‘paytirish maqsadga muvofnq emas. Ampitsillin ham tavsiya etib bo‘lmaydi, chunki
uning foydasi bo‘lmaydi. Bemorda sil kasalligiga gumon qilinganligi tufayli kanamitsin berish
ham mumkin emas, chunki bu antibiotikning ta’sir kuchi sil tayoqchalariga ham, nospetsifik
mikroblarga ham bir xil bo‘ladi. Bu esa sil kasalligi va pnevmoniya simptomlarini
tumanlashtiradi, ularni bir-biridan tafovut qilishni qiyinlashtiradi.
Ikkinchi tomondan, bu dorining sil kasalligiga shifobaxsh ta’siri kamida 1—2 oydan
keyin bilinadi.
Aytilganlarni inobatga olib, bemorga sefalosporin turkumiga kiruvchi antibiotiklar,
aniqrog‘i kefzol qo‘llanilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu guruhdagi antibiotiklar stafilokokk
mikroblariga kuchli (o‘ldiruvchi va o‘sishni to‘xtatib qo‘yuvchi) ta’sir etadi.
2- masalaga javob.
Gospital pnevmoniyani davolash uchun ko‘pincha sefalosporin
qatoridagi antibiotiklar aminoglikozidlar bilan hamkorlikda qo‘llanadi. Agar davolashning
natijasi yaxshi bo‘lmasa (dorilarning foydasi davolash boshlangandan 72 soat o‘tgachgina
aniqlanadi), bemorni parvarish qilishni yaxshilash, dorilar mikdorini oshirish hamda dori-
darmonsiz davolash usullarini qo‘shgan holda davolash ishlarini davom ettirish lozim.
Mazkur bemorda surunkali buyrak yetishmovchiligi bor va shuning uchun ham
gentamitsin bilan davolash tavsiya qilinmaydi, chunki bu antibiotik buyrak to‘qimalariga zararli
ta’sir ko‘rsatadi.
Sefalosporin hamda aminoglikozidlarni gentamisin bilan bir vaqtda qo‘llash ularning
buyrak to‘qimalariga ko‘rsatadigan noxush ta’sirini keskin zo‘raytirishi mumkin. Demak, bu
dorilarni bir vaqtda birgalikda buyurish tavsiya etilmaydi.
Mavjud holatda sefalosporin qatoridagi antibiotiklarning II guruhiga emas (sefoksitin,
sefomondol va hokazo), balki fakat sefalosporinning III guruhi hisoblangan antibiotiklar
(masalan, sefatoksin) buyurish maqsadga muvofiqdir, chunki sefalosporinning II guruhi bo‘lgan
antibiotiklar gospital pnevmoniyani keltirib chikaruvchi omil hisoblangan yashil tayoqchalarga
ta’sir qilmaydi.
Pnevmokokkli pnevmoniyada penitsillin dozasini oshirib borish maqsadga muvofiq
emas, chunki bu (ya’ni penitsillin miqdorini keskin oshirish) tayoqchalarning penitsillinga
chidamli bo‘lgan shaklini keltirib chiqarishi mumkin.
Oletetrin va tetraolean bilan davolashning kamchiligi shundaki, ularning tarkibiga
kiruvchi tetratsiklin pnevmoniyani emperik davolashga kuchi yetmaydi yoki ojizlik qiladi; bu—
antibiotiklarning ikkinchi tarkibiy qismi bo‘lgan oleandomitsinning davolovchi miqdori ham
mazkur holda o‘ta kam; ikkala antibiotikda ham oleandomitsinning miqdori uning bir martalik
dozasidan uch hissa kam.
Do'stlaringiz bilan baham: