KAMQONLIKNI DIFFERENSIATSIYA QILISH
97-masalaga javob.
1. Bemorda ko‘p hayz ko‘rish natijasida gipoxrom kamqonlik paydo
bo‘lib, temir taqchilligidan kelib chiqadigan kamqonlik bor deb o‘ylash mumkin. Ammo
tashxisni tasdiqlash uchun temir preparatlari berishdan oldin qon zardobidagi temir miqdorini
aniqdash kerak. Bu bemorga qon zardobidagi temir mikdorini aniqlamasdan turib temir
preparati-(gemostimulin) berilgan. Shuning uchun qon zardobidagi temir miqdori ko‘p bo‘lgan
(22,5 mkmol/l) bo‘lib, bu haqiqiy qon zardobidagi temir miqdorini kursatmasdan, gemostimulin
ta’sirida ko‘payganligini ko‘rsatadi. Gemostimulin ko‘pincha ichni suradi (25% hollarda),
shuning uchun xozirgi vaqtda bu dori berilmaydi. Qondagi retikulotsitlarning ko‘payishi va
eritrotsitlarning yetilishi temir preparate ta’sirida faollashgan.
2. Bemorga gemostimulin bermasdan temir preparatlari so‘rilishini yaxshilovchi,
tarkibida askorbinat -kislota bor ferrokompleks berish kerak.
98-masalaga javob.
1. Bemorning ko‘kragi va to‘sh suyagi orkasida og‘riq bo‘lishi
stenokardiya va diafragmal churraning refleks — ezofagitiga ham o‘xshab ketadi (gorizontal
xolda yotganda, ovqat yegandan keyin yug‘riknnng kuchayishi). Bemordagi gipoxrom
kamqonlik ko‘proq diafragma churrasiga o‘xshab ketadi, chunki bu toifadagi bemorlarda qon
yo‘kotish natijasida (shilliq kavat erroziyasidan) temir tanqisligidan kelib chiqadigan kamqonlik
asorati bo‘lishi mumkin.
2. Temir tanqisligidai kelib chikkan kamqonlikni qon zardobidagi temir miqdorini
tekshirib aniqlanadi. Axlat bilan ajralgan yashirin qonni tekshirish orqali, oshqozon-ichakning
qayeridan qon oqayotganini aniqlash mumkin. Gastroskopiya yordamida oshqozonning jardiya
qismidagi va qizilo‘ngach shilliq qavatidagi o‘zgarishni aniklash mumkin.
99-masalaga javob.
1. Gemolitik kamqonlikni yarednizolon bilan davolab, uning dozasi
kamaytirilganda kasallikning qaytalanishi taloqni olib tashlashga ko‘rsatma hisoblanadi. Agar
splenektomiya qilish mumkin bo‘lmasa, immunodepressantlar azatioyarin, siklofosfan) bilan
davolanadi. Immunodepressantlar yana splenektomiyadan keyin (foyda bermasa) ham beriladi.
Gemolitik kamqonlikda bemorga qon quyiladi. Yana bu kasallikda hayotiy ko‘rsatma bo‘lsa
(gemoglabin miqdori keskin kamayib, yurak yetishmovchiligi bo‘lsa), aloxida tekshirib yuvilgan
eritrotsitlar quyiladi.
2. Taloq olib tashlangandan keyin qon oqishi, septik asoratlari, tromboz va
tromboemboliya kuzatilishi mumkin. Immunodepressantlar berilganda sitopeniya hamda ich
ketish alomatlari bo‘lishi mumkin. Glyukokortikoidlar berilganda kushingoidizm, arterial
gipertenziya, qand kasalligi, osteoporoz, oshqozon yarasi, infeksiyaga beriluvchanlik va sil
kasalligi kelib chiqishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |