137
1. Muallif va egalik huquqiga
ega bunday hissa barcha
foydalanuvchilarga erkin, cheklanmagan global kirish huquqini va nusxa
olish, ishlatish, tarqatish, oshkora ko‘rsatish hamda har qanday raqamli
muhitda har qanday mas`uliyatli maqsad uchun muvofiq mualliflikka
ishora bilan (hamjamiyatlar standartlari xuddi hozirgidek keyinchalik
ham mualliflikni majburiy ko‘rsatish mexanizmini va e’lon
qilingan
ishni ishlatishga nisbatan mas`uliyatni kafolatlaydi), yana shaxsiy
foydalanish uchun unchalik ko‘p bo‘lmagan miqdorda bosma nusxalar
qilish huquqini beradi.
2. Ishlarning to‘liq versiyasi va unga qo‘shimcha barcha materiallar,
avvalambor
belgilangan
ruxsatnoma
nusxasini
kiritgan
holda,
kelishilgan standart elektron formatda depozitlanadi (va shu ma’noda
chop etiladi, e’lon qilinadi), hech bo‘maganda, qabul qilingan texnik
standartlarni ishlatuvchi bir tarmoq jamg‘armasida, ochiq kirishni
ta’minlash, to‘siqsiz tarqatish, tarmoqdagi
hamkor va uzoq muddatli
arxivatsiya qilishga vakolatlangan universitet, ilmiy jamiyat, davlat
agentligi va boshqa nufuzli institut tomonidan qo‘riqlanadi va qo‘llab-
quvvatlanadi.
Deklaratsiya tashkilotlarni yangi «Fan va jamiyat ravnaqi uchun
Ochiq
foydalanish»
paradigmasining
keyingi
taraqqiyot
harakatlanishlaridan manfaatdor bo‘lishga chaqiradi.
Tashkilotlar muvaffaqiyatga erishishi uchun:
tadqiqotchilar, grant oluvchilar o‘z ishlarini «Ochiq foydalanish»
paradigmasi tamoyillariga muvofiq e’lon qilishga rag‘batlantirish;
madaniy meros asrovchilarining Internet-resurslarini ta’minlagan
holda «Ochiq foydalanish»ni qo‘llab-quvvatlashga rag‘batlantirish;
yaxshi sifat va ilmiy amaliyot kafolatlari standartlarini qo‘llab-
quvvatlab turish uchun «Ochiq foydalanish» va tarmoq jurnallariga
qo‘shadigan hissalarni baholash vositalari va usullarini ishlab chiqish;
ilmiy darajalar berilganda va o‘qituvchilik
lavozimi bandligi
haqidagi qarorda «Ochiq foydalanish» e’lon qilingan ishlarning tan
olinishiga erishish;
kiritiladigan dasturiy vositalarni rivojlantirish, kontent yetkazib
berilishi va metama’lumotlar yoki individual maqolalarni e’lon qilish
yo‘li bilan «Ochiq foydalanish» infrastrukturasining yuqori sifatga
erishishiga intilishi kerak.
Ma’lumot va bilimlarga kirishninig ochiqligi –
insoniyatning
zamonaviy taraqqiyotidagi muhim tezislardan biri hisoblanadi. Lekin
barcha axborot manbalari barchaga cheklovlarsiz ochiq bo‘lishi kerakmi,
138
degan savolga ijobiy javob berishdan avval, qator savollarga javob
berish lozim. Bu asar mualliflariga foydalimi? Kim bu ma’lumotlarni
yig‘ishi, tizimga solishi va nimaga asosan tarqatishi kerak? Kimga
«Ochiq foydalanish»dan foyda bor?
«Ochiq foydalanish» harakatining rivojlanishiga xalqaro EIFL.net
konsorsiumi katta hissa qo‘shdi. Yuqorida aytilganidek, konsorsiumning
dasturlaridan biri ochiq kirish nashrlarini va milliy (mahalliy) kontentli
institutsional
repozitoriylarni
yaratish
tashabbusini
qo‘llab-
quvvatlashdan iborat.
Dasturning asosiy vazifalari:
•
«Ochiq foydalanish» repozitariylari
va jurnallarini yaratishga
yordamlashish;
•
«Ochiq foydalanish» siyosati va amaliyotini rivojlantirish;
•
kutubxonachilar, ilmiy xodimlar, pedagoglar va talabalar uchun
trening va maslahatlar berish hisoblanadi.
EIFL.net konsorsiumi «Ochiq foydalanish» manbalarini qidiribgina
qolmay, balki o‘z a’zolarini ular haqida xabardor qilib turadi; odamlarni
foydali va barcha uchun ochiq axborot bilan ta’minlashning
muammolari va foydasi haqida sotsiologik tadqiqotlar olib boradi. EIFL
konsorsiumida ishtirok etgan 11 mamlakatdagi so‘rovnoma natijalari
ko‘rsatishicha:
86% ga yaqin olimlar nashrlarga «Ochiq foydalanish» bevosita
ilmiy tadqiqotlar va ilmiy kooperatsiyada
ijobiy samara berishiga
ishonadilar;
63% ga yaqin tadqiqotchilarning maqolalari «Ochiq jurnallar»da
chop etilgan. 51% olimlar 5 tagacha maqola, 7% ga yaqini – 6 - 10
tagacha maqolalar ochiq matbuotda va deyarli 5% i 10 dan ortiq maqola
chiqarishgan.
So‘ralganlar ochiq jurnallarda o‘z maqolalarini e’lon qilganda
hisobga olish kerak bo‘lgan beshta muhim omillarni ta’kidlab o‘tdilar:
1. Nufuz (jurnal obro‘yi, tan olinganligi). Albatta, nashr qilinganda
jurnalning an’analari va mashhurligi katta ahamiyat kasb etadi. Olimlar,
tadqiqotchilar, o‘qituvchilar bunday jurnallarda katta xohish bilan va
tekinga o‘z ishlarini e’lon qiladilar.
2. Jurnalning ta’sir ko‘rsatish omili. Masalan, universitetlarning
ko‘pgina ilmiy jurnallari ta’lim taraqqiyotidagi ilmiy tadqiqotchilarning
rivojlantirishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Ular ommabop fanlar yoki ilmiy
yo‘nalishlar bo‘yicha muhim ma’lumotlarga ega bo‘ladilar.
139
3. Nashrning tezkorligi. Olimlarni
doimo ortiqcha byurakratik
cheklovlarsiz va maxsus talablarsiz o‘z ishlarini nashr etuvchi jurnallar
jalb qilib kelgan.
4. Martaba yoki karyera uchun muhimligi (ilmiy karyera bo‘yicha
ko‘tarilishda, lavozim yoki attestatsiyani saqlab qolishda jurnalning
muhimligi). Ko‘pgina oliygohlar va ITI uchun xodimni attestatsiyadan
o‘tkazishda ham publikatsiyalar soni talab etiladi, ham ularning aynan
qayerda chop etilgani muhim hisoblanadi.
Nashrlarning soni va joyi
lavozim bo‘yicha ko‘tarilishda ham katta ahamiyatga ega.
5. Jurnalning ahamiyatliligi (jamiyat uchun ahamiyatliligi).
Mualliflar o‘z maqolalarini chop etishda jurnal ilmiy jihatdan
ma’lumotlar yetkazishda qanchalik nufuzliligiga ham e’tibor qiladilar.
Bundan tashqari, jurnalning katta tirajda chiqishi, jamiyatga o‘tkaza
oladigan ta’siri jihatdan ham ahamiyatga ega bo‘lishi va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: