M. A. Nurmatova musiqa o’qitish metodikasi


O’LCHOV, TAKT VA TAKT CHIZIQI



Download 0,65 Mb.
bet47/81
Sana01.01.2022
Hajmi0,65 Mb.
#287298
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   81
Bog'liq
MUSIQA O’QITISh METODIKASI

O’LCHOV, TAKT VA TAKT CHIZIQI
Bolalarda ritm tuyg’usini o’stirish ustida olib boriladigan ish, ularni nola cho’zimi bilan tanishtirish tufayli bolalar musiqadagi o’lchovni, shuningdek, takt va takt chizig’ini idrok etishga tayyorlana borishadi. O’qituvchi, musiqada kuchli va kuchsiz hissalarning almashinib turishi o’lchovni belgilaydi, deb tushuntirib beradi. Masalan, agar bitta kuchli hissa bilan bitta kuchsiz hissa almashinayotgan bo’lsa, bu ikki hissali o’lchov hisoblanadi, bitta kuchli hissa bilan ikkita kuchsiz hissaning almashinib turishi uch hissali o’lchovni tashkil qiladi.

II sinfda o’lchov bilan tanishuv eng oddiy va ko’pincha quyi sinflarga bor qo’shiqlarda uchraydigan 24 ikki hissali o’lchovdan boshlanadi.

Bolalarni o’lchov va takt tushunchalari bilan tanishtirishning turli metodlari bor. Eng oddiy metod – she’r so’zlaridagi urg’ular bilan musiqa notasidagi urg’ularni qiyos qilib ko’rsatishdir. Avvalo o’qituvchi bolalarga qo’shiq so’zlarini o’qib, urg’uli bog’inlarning tagini chizib chiqishni taklif etadi. Qo’shiq so’zlari doskaga yozib qo’yiladi, urg’uli bo’g’inlar alohida belgi bilan ko’rsatiladi.

So’ngra o’qituvchi qo’shiqning notasi va so’zlarini doskaga yozadi, musiqada urg’uli bo’g’in oldiga maxsus belgi qo’yilishini, ya’ni nota yo’li ustida yuqoridan pastga qarab chiziq tortilishini tushuntirib beradi:



Urg’u tushadigan barcha bo’g’inlar oldiga shunday chiziqchalarni qo’yib chiqar ekanmiz, qo’shiq kuyni qismlarga bo’lamiz, bu qismlar taktlar deb, chiziq esa - takt chizigi deb ataladi.

O’quvchilarnirng ana shu tushunchalarni yaxshiroq o’zlashtirishlari uchun bir necha xilma-xil mashqlarni bajarish mumkin:

a) ilgari o’rganilgan qo’shiqlardagi urg’u tushadigan bo’g’inlarni (kuchli
hissalarni) aniqlash va takt chiziqlarini qo’yib chiqish;

b) O’qituvchi musiqa asbobida ikki o’lchovdagi p’esani chaladi,


o’quvchilarga esa sekin ovoz bilan bir-ikki, bir-ikki, ... deb sanashni
taklif etadi.

O’qituvchi oxirgi mashqni bajarar ekan, ovoz chiqarib sanash musiqa


tinglashga xalaqit berishini, qo’shiqlarni ijro etishda esa o’quvchilarning ayni paytda kuylash va ovoz chiqarib sanash qiynligini uqtirib o’tadi. Shu sababdan, deydi u, musiqada sanoq uchun qo’llarning alohida harakatlaridan foydalanimladi, ya’ni dirijyorlik qilinadi yoki, to’g’rirog’i taktlarni qo’l haracatlari bilan ifodalash usuli qo’llaniladi. O’qitnvchi qo’l bilan pastga ishora qilib, taktning kuchli hissasini va yuqoriga ishora qilib, taktning kuchsiz hissasini oddiy harakatlar bilan ko’rsaladi, so’ngra o’quvchilarga shu harakatlarni takrorlashni taklif etadi. Dastlab ular ovoz chiqarib, bir-ikki deb sanab, musiqasiz dirijyorlik qilishga o’rganishadi, keyin o’qituvcni fortepiyanoda tanish kuylarni cnaladi, o’quvchilar esa taktlarni ifodalashadi. Natijada ular ilgari o’rganib olingan qo’shiq va mashqlarga ayni paytda dirijyorlik qila bilishlari va ularni kuylay olishlari kerak.

Materialni mustahkamlash uchun o’qituvchi bolalarga tegishli

mashqlarni bajarishni taklif qiladi va dirijyorlik ishora-sxemalarini

ko’rsatadi:



Tegishli o’lchovni o’rganish paytida uning o’ziga xos xususiyatlarini aniqlab, shu o’lchovni asrlarning badiiy obrazi bilan bog’lash kerak.

O’quvchilarni yangi o’lchov bilan tanishtirilar ekan, endi uni ma’lum bo’lgan o’lchov bilan taqqoslab ko’rish tavsiya etiladi. Bu usul ularning turli o’lchovlarni yaxshiroq anglab olishlariga yordam beradi. Oqituvchi ikkita musiqa misolini chalib beradi va uni eshitib olib, shu misollarning o’lchovini aniqlashni taklif etadi. U birinchi misolning o’lcliovini aytib berishi mumkin, ikkinchi misolning o’lchovini esa bolalarning o’zlar aniqlashlari zarur. Boshqa paytda o’quvchilarning o’lchovni mustaqil ravishda aniqlashlari uchun o’qituvchining chalib beradigan misollaridagi o’lchovni aytib bermasligi mumkin. Buning uchun ular o’qituvchi chalayotgan vaqtda qalam bilan partaga chertmak chalishlari mumkin, so’ngra o’quvchilardan biri birinchi misolning o’lchovini, yana biri ikkinchi misolning o’lchovini aytib beradi.

Boshqa bir mashq quyidagidan iborat: turli o’lchovdagi ikkita misol doskaga (yoki jadvalga) yozib qo’yilgan bo’ladi; o’qituvchi shu misollardan birini chaladi, o’quvchilar esa qaysi misol chalinganligini topishib, uning o’lchovini aytib berishadi.

O’qituvchilar o’lchov tushunchasini o’zlashtirib olishgach, ularga takt oldi (to’liqsiz takt) ni tushuntirib berish mumkin. Qo’shiqni ijro etishda takt oldi (taktning kuchli hissasiga nisbatan ancha yengil va kuchsizroq bo’lishi uchun to’liqsiz taktni bilib olish zarur. O’qituvchi takt oldi bilan boshlanadigan tanish qo’shiqdan misol tariqasida foydalanib, diqqatni takt oldining bir tovushdan yoki bir necha tovushdan iborat bo’lishi mumkinligiga jalb etadi.




Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish