Qayеrda yashashidan qat'i nazar bir millatga mansub bo`lgan barcha insonlar tomonidan ishlatiladigan til milliy til dеb yuritiladi. Milliy til o`z tarkibiga shеva, so`zlashuv nutqi, jargonlar, vulgarizm (so`kish, qarg`ish so`zlari), varvarizm (tilda o`rinsiz ishlatilgan chеt so`zlar) kabi guruh so`zlarni qamrab oladi.
Ayrim manbalarda milliy til tarkibiy jihatdan jonli xalq tili va adabiy tilga bo`linib, birinchisi yana jargonlar va dialektlarga, ikkinchisi esa og`zaki va yozma turlarga ajraladi:13
Milliy tilning ma'lum qoidalarga bo`ysundirilgan, muayyan qolipga solingan, olimlar, mutaxassislar tomonidan ishlov bеrilgan, doim silliqlashtirilib, mukammallashtirilib boriladigan shakli adabiy til dеb ataladi. Adabiy til shu tilda gaplashuvchilarning barchasi uchun tushunarli bo`lishi kеrak. Umuman, millatning barcha vakillari uchun tushunarli bo`lish zarurati adabiy tilning yaratilishiga sabab bo`lgan. Milliy o`zbеk tilida shеvalarning ko`pligi adabiy tilga bo`lgan ehtiyojni yuzaga kеltirgan. Ayrim tillarda (misol uchun, fin tilida) shеvalar kam bo`lgani uchun adabiy tilga ehtiyoj yo`q.
Rasmiy hujjatlar, badiiy va ilmiy adabiyot, vaqtli matbuot adabiy tilda yaratiladi, ommaviy axborot vositalari adabiy tilda ish ko`radi. Adabiy tilning og`zaki va yozma shakllari mavjud.
13 A.Muxtorov, U.Sanaqulov. O`zbek adabiy tili tarixi. “O`qituvchi” nashriyoti. –T., 1995, 9-bet
Dunyo tillari. Birlashgan Millatlar Tashkilotining maorif, fan va madaniyat masalalari bilan shug`ullanuvchi muassasasi bo`lmish YUNESKOning ma`lumotiga ko`ra, yer yuzida 5600 ta til mavjud ekan.14 Bu tillarda gaplashuvchilar soni bir-biridan juda katta farq qiladi. Masalan, 200 tilning har birida 1 milliondan ortiq, 70 tilning har birida 5 milliondan dan ziyod, faqat 13 tilning har birida 50 milliondandan ortiq kishi gaplashadi. Qolgan tillarining har birida esa 1 milliondan kam kishi o`zaro muloqotga kirishadi. Shunday tillar borki, ular 100-200 kishidan iborat bo`lgan qabilaning tili hisoblanadi. Dunyodagi eng yirik 13 ta til quyidagilardir: xitoy tili (1 mlrd. odam gaplashadi), ingliz (400 mln.), hind tili va unga yaqin urdu tili (300 mln.), ispan tili (280 mln.), rus tili (220 mln.), indoneziya tili (160 mln.), arab tili (160 mln.), portugal tili (140 mln.), yapon tili (120 mln.), nemis tili (100 mln.), fransuz tili (95 mln.). Bu tillarda dunyo aholisining uchdan ikki qismi muloqot qiladi. Bu tillardan 6 tasi, ya`ni ingliz, fransuz, rus, ispan, arab va xitoy tillari BMTning rasmiy ishchi tillari hisoblanadi.15
Yana shunisi borki, bitta til bir necha mamlakat aholisiga xizmat qiladi. Masalan, ingliz tili Angliya va AQSH aholisi uchun (Hindistonda ikkinchi til hisoblanadi), portugal tili Portugaliya va Braziliya aholisi uchun, ispan tili Ispaniya va Lotin Amerikasidagi 20ga yaqin mamlakat aholisi uchun, nemis tili Germaniya va Avstriya mamlakatlari aholisi uchun, fransuz tili Fransiya, Belgiya va Shveysariya mamlakatlari aholisi uchun muloqot vositasi bo`lib hisoblanadi. Ba`zi mamlakatlarda esa ikki tillilik joriy qilingan. Masalan, Kanada mamlakatida ingliz va fransuz tillari, Belgiya va Shveysariyada nemis va fransuz, Hindistonda hind va ingliz tillari rasman davlat tili sifatida qonunlashtirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |