M. A. Hamrayev d. A. Muhamedova d. X. Shodmonqulova



Download 1,05 Mb.
bet36/274
Sana07.11.2022
Hajmi1,05 Mb.
#861701
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   274
Bog'liq
M. A. Hamrayev d. A. Muhamedova d. X. Shodmonqulova

Fors-tojikcha so`zlar: Bu so`zlarning o`zlashishiga sabab shuki, o`zbek va tojik xalqlari asrlar mobaynida qo`ni-qo`shni bo`lib yashab kelyapti. Shunga ko`ra, osmon, oftob, bahor, baho, barg, daraxt, mirob, dasta, bemor, g`isht, dasht, xonadon, shogird, xaridor, mard, kam, chala, balki, agar, ham kabi so`zlarning o`zbek tiliga o`zlashishi tabiiy holdir. Misollardan ko`rinyaptiki, fors-tojikcha so`zlarda poy, dast, dar kabi qismlar qatnashyapti, so`zlar oxirida jarangsiz undoshlardan kеyin t, jaranglidan kеyin d tovushlari ishtirok etyapti;

  • Arab tilidan o`zlashgan so`zlar. Arabcha so`zlar o`zbek tiliga VII-VIII asrlardan boshlab kirgan. Bu hol arablarning Markaziy Osiyoni bosib olishi bilan bog`liq. Kitob, maktab, xalq, maorif, shoir, ma‘no, ilhom, kasb, qassob, san‘at, asbob, bino, imorat, ovqat, g`alla, fil, parranda, hasharot, inson, oila, amma, xola, dimog`, idora kabi so`zlar arab tilidan kirib kelgan. O`zbеk tilidagi arabcha so`zlar ko`proq ot va sifat turkumiga tеgishli bo`lib, ularning bеlgilari quyidagilardir: a) ikkita unli yonma-yon kеladi: doim, shoir, muomala, shijoat, shuur, inshoot, murojaat, tabiiy; b) tutuq bеlgisi (') ishtirok etadi: ma'no, qal'a; d) -iy, -viy qo`shimchalarini olib yasalgan bo`ladi: asabiy, oilaviy)

  • Ruscha-internotsional so`zlar. XIX asrning 2-yarmidan Markaziy Osiyo, jumladan, O`zbekiston chor Rossiyasining mustamlaka mamlakatiga aylandi. Rus tilining o`zbek tiliga ta`siri shu davrdan boshlandi. Rus tilidan, rus tili orqali boshqa tillardan ko`plab so`zlar o`zlashdi.

    O`zbek tiliga rus tilidan va rus tili orqali Yevropa xalqlari tillaridan (fransuz, italyan, nemis, ingliz, ispan) so`z kirishi ikki tarixiy davrni o`z ichiga oladi:

    1. XIX asrning 2-yarmidan XX asrning boshlarigacha bo`lgan davr.

    2. 1917-yildan keyingi davr.

    Rus tilidan so`zlar ikki yo`l bilan o`zlashdi:

    1. Rus ishchilari, ustalari, rus askarlari, amaldorlarining mahalliy aholi bilan turli xildagi aloqalari tufayli og`zaki nutq orqali: chilon (chlen), adbakat (advokat), apisor (ofitser), iskalat (sklad), axran (oxrana), choynay (choynak) kabi.

    2. Matbuot orqali: ayrapilan (aeroplan), pabrik (fabrika), po`shta (pochta), zovut (zavod),

    uyez (uyezd), kridit (kredit), banka (bank), veksil (veksil) kabi.
    Rus tili orqali kirgan so`zlarning ba`zilari dunyodagi ko`pgina xalqlarning tilida tovush tomoni deyarli o`zgartirilmay ishlatiladigan xalqaro so`zlardir. Ular, odatda, internotsional (baynalminal) so`zlar deb yuritiladi. O`zbek tiliga o`zlashgan internotsional so`zlar tarixiy jihatdan quyidagi tillarga mansub:

    1. Rus tiliga: sud, samolyot, stol, stul, tok (elektr), ruchka.

    2. Lotin tiliga: reviziya, nota, metall, refleks, rezina, general, kapital, kanal, plan, direktor,

    radio.

    1. Grek tiliga: grammatika, pedagog, talant, tezis, kafedra, poeziya, poema, metr, neft,

    taktika, parallel .

    1. Nemis tiliga: raketa, kran, shaxta, rolik, politsiya kabi.

    2. Ingliz tiliga: chempion, futbol, dollar kabi.

    3. Frantsuz tiliga: roman, palto, serjant, bank kabi.

    Rus tili va rus tili orqali boshqa tillardan kirgan so`zlar ijtimoiy-siyosiy hayotga, sanoat, qishloq xo`jaligi, fan-texnika, madaniy-oqartuv, san`at, savdo, sport, harbiy sohaga oiddir.
    Hozirgi Yevropa tillaridan so`zlar bevosita aloqalar orqali o`zlashmoqda.
    O`zbеk tilidan ham boshqa tillarga so`zlar o`tgan: o`rik, anjir, somsa (ruscha: uryuk, injir, samsa). Karandash (qora tosh), kavardak (qovurdoq), yеralash (aralash), utyug (o`tli yuk) kabi so`zlarning ham rus tiliga o`zbеk tilidan o`tganligi isbotlangan. O`zbеk tilida ishlatilayotgan bеkat so`zi ham yеvropa tillarida pikеt tarzida qo`llanayotganligi fanga ma'lum. Hozirgi paytda o`zbek milliy sport turlaridan bo`lgan kurashning xalqaro miqyos darajasiga ko`tarilishi munosabati bilan kurash, yonbosh, chala, halol kabi o`zbekcha so`zlar boshqa tillarda ham ishlatilyapti.
    Xalqlar orasidagi turli xildagi aloqa tillarning lug`at tarkibining boyib borishiga xizmat
    qiladi.



    Download 1,05 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   274




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish