M. A. Hamrayev d. A. Muhamedova d. X. Shodmonqulova


Bayon qilingan fikrning tartibini ifodalaydi (



Download 1,05 Mb.
bet176/274
Sana07.11.2022
Hajmi1,05 Mb.
#861701
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   274
Bog'liq
M. A. Hamrayev d. A. Muhamedova d. X. Shodmonqulova

Bayon qilingan fikrning tartibini ifodalaydi (avvalo, nihoyat, birinchidan, ikkinchidan kabilar): Nihoyat, xuddi yoshi ulug` odamlardek viqor bilan qadam bosib Asadillo paydo bo`ldi. (F.Musajonov). Birinchidan, bugun hamisha opaning yubiley kechalari, ikkinchidan, ertaga oblast yosh yozuvchilarining konferentsiyasi ochiladi. (O.Yoqubov).

  • Aytilayotgan fikrning oldingi fikr bilan aloqasini ifodalaydi (demak, xullas, ishqilib, shunday qilib, binobarin, ko`rinadiki kabilar): Xullas, barcha bilan ahillashib ketganligi ko`rinib turardi. (J.Abdullaxonov). Ishqilib, shu oqshomgi suhbat bekor ketmadi. (J.Abdullaxonov).

    Kirish so`z ko`pincha modal so`z bilan, kirish birikma esa so`z birikmasi bilan ifodalanadi. Masalan: Chamasi, o`n minutcha yurilsa, salqin va so`lim sayribog` bor edi. (F.Musajonov). Keksalarning aytishicha, bunday paytlarda tepalikning ustida yerning nafasini eshitarmishsiz? (O`.Hoshimov).
    Kirish so`z va kirish birikma gapning boshida kelib, yozuvda undan keyin, gap oxirida kelib, undan oldin vergul qo`yiladi: Albatta, uning yuzida kasaldan asar ham yo`q ... (F.Musajonov). Achchiq gapirganingiz ma‘qul, albatta. (P.Qodirov).

    3-§. Kiritma gap


    So`zlovchining asosiy fikr ichida yo`l–yo`lakay aytilgan fikrini anglatuvchi gap kiritma gap deyiladi. Kiritma gap o`zi kiritilgan gapning biror bo`lagiga mazmunan aloqador bo`lib, maxsus pauza bilan ajratiladi. Masalan: Nima uchundir Ahmad yuragida ayriliq jafosi, achinish sezmadi (bu his keyin uning yuragini o‘rtaydi). (F.Musajonov).
    Kiritma gap ko`pincha qavs ichida beriladi: Hay, aytmoqchi, Oyim kelgan ekanlar ( u
    «Oyim» deb Humayrabonuni ko‘zda tutardi). (J.Abdullaxonov). Ba`zan esa u asosiy gapdan tire orqali ajratiladi: Shunday qilib, Asal va Samad - o‘g‘lining ismi shunday ekan – bizning yo`l uchastkamizda qolishdi. (Ch.Aytmatov).



    Download 1,05 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   274




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish