Kelasi zamon maqsad fe`li nutq so`zlanib turgan paytdan so`ng bajarilishi maqsad qilib olingan ish-harakatni ifodalaydi. Masalan: Men kuzdan boshlab o`qishni davom ettirmoqchiman,
so`ngra qishloq xo`jalik institutiga kirmoqchiman (SH.R.). Oho qora ko`z deganda, u devordan oshadigan (O.).
Kelasi zamon maqsad fe`li sof fe`l negiziga -moqchi hamda fe`lning ravishdosh (-a, -y bilan shakllangan) shakliga –digan qo`shimchasini qo`shish bilan hosil qilinadi:
Shaxs
|
Son
|
Birlik
|
Ko`plik
|
Misol
|
Zamon ko`rsat- kichi
|
qo`shimc ha
|
Misol
|
Zamon ko`rsat-kichi
|
o`shimch
|
I
|
o`qimoqchiman, o`qiydiganman
|
-moqchi,
-digan
|
-man
|
o`qimoqchimiz, o`qiydiganmiz
|
-moqchi,
-digan
|
-miz
|
II
|
o`qimoqchisan, o`qiydigansan
|
-moqchi,
-digan
|
-san
|
o`qimoqchisiz, o`qiydigansiz
|
-moqchi,
-digan
|
-siz
|
III
|
o`qimoqchi, o`qiydigan
|
-moqchi,
-digan
|
-
|
o`qimoqchilar, o`qiydiganlar
|
-moqchi,
-digan
|
(-lar)
|
8 -§. Fe`l mayllari
Ish-harakatning voqelikka munosabatini ko`rsatuvchi grammatik kategoriyaga fe`l mayli deyiladi. Mayl kategoriyasi grammatik zamon (o`tgan, hozirgi, kelasi) va grammatik shaxs (bajaruvchi) bilan uzviy bog`langan bo`lib, hammasi birgalikda fe`lning tuslanish tizimiga kiradi. Fe`l mayllarida voqelik bilan bog`liq ravishda ish-harakatning bajarilish xususiyatlari turlicha bo`ladi. Masalan: 1) Havo sovuq, osmonda zahardek achchiq qor uchqunlari erinchoq kezadi (O`.Hoshimov). 2) YOshlikda zaxmat chekib, ilm o`rgansang, kasb-hunar egallasang, qariganda rohat topasan. (Koshifiy). 3) So`zlayotgan kishining o`ziga emas, so`ziga e‘tibor qil (Montesьke. Tafakkur gulshani). Bu misollarning birinchisida kezadi fe`li ish-harakatning aniq bajarilishini, ikkinchisida o`rgansang, egallasang fe`llari ish-harakatning bajarilishi uchun shart qilib olingan harakat ma`nosini, uchinchi misolda esa e`tibor qil fe`li ish-harakatning bajarilishi haqidagi buyruq, maslahat ma`nosini anglatgan. Demak, fe`l anglatgan ish-harakat voqelikka munosabatiga ko`ra aniqlik, shart (istak), buyruq (istak) kabi qo`shimcha modal ma`nolarni ifodalaydi. Shunga ko`ra fe`llar, asosan, 3 fe`l mayli ko`rinishiga ega: 1) aniqlik mayli, 2) shart mayli, 3) buyruq- istak mayli.
Aniqlik mayl
Bu mayldagi fe`l ish-harakatning uch zamondan birida aniq (real) bajarilgan yoki bajarilmaganini ifodalaydi, ya`ni aniqlik maylidagi fe`l o`tgan zamon, hozirgi zamon, kelasi zamon fe`llarining barcha ma`no ko`rinishlarini o`z ichiga qamrab oladi: o`qidim, o`qimadim - yaqin o`tgan zamon fe`li; o`qiyapman - hozirgi zamon davom fe`li; o`qimoqchiman, o`qimoqchi emasman
– kelasi zamon maqsad fe`li kabi. Masalan: Men unga mustaqil odam ekanligimni ko`rsatib qo`ymoqchiman (P.Q.) gapida ko`rsatib qo`ymoqchiman fe`li ish-harakatning kelasi zamonda (kelasi zamon maqsad fe`li) I shaxs tomonidan (-man shaxs-son affiksi) aniq bajarilishini anglatadi.
Aniqlik maylidagi fe`llar I-II guruh tuslovchi affikslar bilan tuslanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |