M. A. Azizov umumiy gigiyena va ekologiya tibbiyot kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma To‘rtinchi nashri



Download 422,93 Kb.
bet133/194
Sana19.04.2022
Hajmi422,93 Kb.
#562579
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   194
Bog'liq
GIGENA fan

Surunkali zaharlangan odamlarda chidamlilik pasayadi. Su- runkali zaharlanishda teriga tariqdek-tariqdek toshmalar toshadi.




Zaharlanishdan saqlanish uchun benzol o‘rniga kam zaharli toluol, etil spirti ishlatish kerak. Buning iloji bo‘lmasa, joylarni zich berkitish, havoso‘rgich o‘rnatish tavsiya qilinadi.

  1. §. SANOATDA ZAHARLANISHNING OLDINI OLISH TADBIRLARI

Zaharlanishlarning oldini olish uchun zaharli moddalarni qo‘llamaslik (gugurt ishlab chiqarish sanoatida zaharli sariq fosfor o‘rniga zaharsiz qizil fosfor, qo‘rg‘oshin belilasi o‘rniga ruxli belila ishlatish kerak va h.k.) zarur.
Ba’zi bir joylarda zaharli birikma o‘rniga zaharliligi ancha past birikmalar (metil spirt o‘rniga boshqa spirtlar, benzol o‘rniga benzin va h.k.) ishlatish mumkin.
Bundan tashqari, xavfsizlik choralariga texnikani takomil- lashtirish yo‘li bilan erishish mumkin. Zaharli birikmalar hosil bo‘ladigan joylarni zich berkitish, havoso‘rgichlar o‘rnatish, ishchilarni korjoma va respiratorlar bilan ta’minlash, tushuntirish ishlari olib borish darkor.
Agar zaharli moddani ishlatish zarur bo‘lsa, miqdori YQKM (yo‘l qo‘yilgan konsentratsiya miqdori) ruxsatidan yuqori bo‘lmasligi shart.
Har bir zaharlanish hodisasi og‘ir yoki yengil bo‘lishidan qat’iy nazar, hisobga olinishi va bunday voqea qaytarilmasligi uchun uning sababi ochiq-oydin aniqlanishi, tegishli choralar ko‘rilishi lozim. Ishga kirishdan oldin va ishga kirgach o‘z vaqtida tibbiy ko‘rikdan o‘tib turish muhim ahamiyatga ega.
Navbatdagi tibbiy ko‘rik rejasi zaharli moddalarning fizik va kimyoviy xususiyatiga qarab tuziladi. Zaharli moddalarning qaysi a’zoning qanday xususiyatiga ta’sir qilishi mumkinligini hisobga olgan holda tib komissiya va mo‘ljallangan laboratoriya tek- shiruvlari o‘tkaziladi.
Olingan ma’lumotlarga ko‘ra tegishli choralar ko‘riladi (bemorni chuqurroq tekshirish uchun dispanser ko‘rigidan o‘tka- zish, shifoxonaga yotqizish, sanatoriyaga yuborish va boshqalar). Sog‘lig‘iga qarab, vaqtincha ishdan chetlatish, boshqa ishga o‘tkazish masalalari hal qilinadi.
Kimyo sanoati ishchilari yoki zaharli kimyoviy birikmalar bilan ishlovchilar davlat hisobidan vitaminli ovqatlar bilan ta’minlanishlari kerak.


  1. §. KON SANOATIDA MEHNAT GIGIYENASI


Ma’lumki, foydali qazilmalar ochiq (karyer) va yerosti (shaxta) usullari bilan qazib chiqariladi. Foydali qazilmalarni ochiq usulda qazib chiqarish eng ilg‘or usul hisoblanadi. Chunki u mahsulot tannarxini nihoyatda kamaytirish bilan birga, sog‘lom ish sharoitida oz mehnat sarflab, foydali qazilma zaxirasini to‘liq qazib olishni ta’minlaydi.
Rudani yerostidan qazib chiqarishning asosiy jarayonlari quyidagilardan iborat: burg‘ilash, portlatish, navlarga ajratish, jinslar va rudalarni ortish, tashish, tushirish.
Konchilik sanoatidagi mehnat sharoiti uchun zararli omillar quyidagilar hisoblanadi: noqulay ob-havo sharoiti, chang va za­harli gazlar ajralishi, shovqin hamda tebranishlar, og‘ir jismoniy ishlar va h.k.
Ob-havo sharoiti va uning kishi organizmiga ta’siri. Ishlab chiqarish binolaridagi havo sharoiti yoki ishlab chiqarish mikroiqlimi deganda, kishi organizmini issiqlik holatiga ta’sir qiluvchi omillar uyg‘unligi tushuniladi. Bunga harorat, nisbiy namlik va havo harakati tezligi kiradi.
Shaxta ichidagi harorat, konning chuqurligi, tashqi haro­rat va shaxtaga beriladigan havo miqdori bilan belgilanadi. Kon uncha chuqur bo‘lmaganda va qazilgan joy cho‘zilib ketma- ganda u yerdagi harorat, asosan, yer sathidagi havo haroratiga bog‘liq bo‘ladi. Kon chuqurlashgani sari u yerga kiradigan atmosfera havosi zichlashadi, natijada harorat shaxtaning har 100 metr chuqurligida taxminan 1 °C ga oshadi. Shaxta havosi haroratiga qazilma atrofi jinslarining harorati ham ta’sir qiladi. Yer sathidan 23—30 metr chuqurlikda harorat yil bo‘yi bir maromda turadi va shu joyning o‘rtacha yillik haroratiga teng bo‘ladi. Ruda havosining namligi yoki unda suv bug‘larining mavjudligi konning havo haroratiga va u yerning suvga serob- ligiga bog‘liq. Suvning ko‘p miqdorda bug‘lanishi natijasida kon havosining suv bug‘lari bilan to‘yinishi 90% va undan yuqori bo‘lishi mumkin.
Havo harakatining tezligi shaxtaga beriladigan havo hajmiga va shtreklarning kesib o‘tishiga bog‘liq. Shuning uchun ham foydali qazilmalar yerosti usuli bilan qazib olinayotganda havo oqimining tezligi havo haroratiga qarab o‘zgarib turadi.




Yerostidagi qazilma harorati bilan tashqaridagi havo harorati o‘rtasidagi katta farq, yuqori namlik, shuningdek, qazilma tashiladigan joylardagi havo oqimining tezligi organizmning issiqlik almashinuviga salbiy ta’sir qiladi, u shamollash kasal- liklarining kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.
Ayniqsa, yilning sovuq fasllarida shamollash kasalliklari birmuncha ko‘payadi. Har bir ishchining mehnatni muhofaza qilish qonuni talablariga muvofiq qo‘llangan tadbirlarga va ishlab chiqarishda o‘rnatilgan sanitariya qoidalariga, gigiyena ta­lablariga amal qilishlari shaxtalarda shamollash kasalliklariga qarshi kurashishning oqilona yo‘lidir.
Shaxta havosining zararli gazlar bilan ifloslanishi. Kon havosi tarkibidagi gazlar ichida eng xavflisi (azot oksid va uglerod oksid) portlovchi gazlardir. Bu gazlar miqdori qo‘llaniladigan portlovchi modda tarkibiga va uning har bir portlashda qancha sarflanishiga bog‘liq.
Qo‘porishdan keyin qazilmalarni ishlashga kirishish mutlaqo mumkin emas. Portlovchi gazlardan tashqari, konlar havosida joyiga qarab metan, vodorod sulfid va oltingugurt sulfidli gazlar bo‘lishi mumkin. Gazlar bilan zaharlanish xavfi yaxshi sha- mollatilmagan (ayniqsa, burg‘ilash oxirida) joylarda kuchli bo‘ladi.

Download 422,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish