M. A. Azizov umumiy gigiyena va ekologiya tibbiyot kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma To‘rtinchi nashri



Download 422,93 Kb.
bet96/194
Sana19.04.2022
Hajmi422,93 Kb.
#562579
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   194
Bog'liq
GIGENA fan

Profilaktikasi. B.cereum qo‘zg‘atgan ovqat toksikoinfeksiya- larining oldini olish bo‘yicha ushbu tadbirlar amalga oshirilishi lozim:

  1. Mahsulotni saqlashda sifati ustidan tegishli nazorat o‘rna- tish. 1 g mahsulotda 100 dan ortiq B.cereum bo‘lgan qaynatil- gan kolbasalarni, albatta, takror qaynatib yoki qovurib iste’mol qilish.

  2. Masalliqlar va tayyor taomlar ustidan sanitariya nazorati olib borish kerak.

Bakterial toksikozlar og‘ir kechadigan kasallik bo‘lib, iste’mol qilingan ovqat mahsuloti tarkibidagi mikroblar yashash davrida ajratgan maxsus zahari ta’sirida ro‘y beradi. Bunday zahar- lanishga botulizm hamda stafilokokkli zaharlanishlar kiradi.

  1. §. STAFILOKOKK INTOKSIKATSIYALARI

Stafilokokklar orqali ovqatdan zaharlanish bakteriyalar tok- sinlaridan zaharlanishga xos kasallik hisoblanadi. Stafilokokk intoksikatsiyalari orqali ovqatdan zaharlanish umumiy ovqat- dan zaharlanishning taxminan 1/3
qismini tashkil qiladi.
Stafilokokk intoksikatsiyalari bilan ovqatdan zaharlanish 1899-yilda birinchi bo‘lib P.N. Leshchenkov tomonidan kashf etilgan. Zaharlanish birinchi bor yong‘oqli-kremli tort yegan odamlarda qayd qilingan va undan Stafilokokk bakteriyasi topil- gan. Stafilokokkli intoksikatsiyalar ajralgan enterotoksinning ov­qat hazm qilish a’zolarining shilliq qavatiga ta’siri bilan xarak- terlanadi.
Bunda shilliq qavatda yallig‘lanish alomatlari kuzatiladi. Zaharlanish davrida kuzatiladigan kollapsga o‘xshash o‘zgarishlar zaharning organizmga umumiy ta’sir ko‘rsatishi bilan birga buyrakosti bezi ishining susayganini bildiradi.
Stafilokokklardan kelib chiqadigan ovqat intoksikatsiyalari stafilokokk enterotoksini bo‘lgan ovqatni iste’mol qilish natijasida vujudga keladigan og‘ir kasallik hisoblanadi. Intoksikatsiya qo‘z-


g‘atish xususiyatiga ega bo‘lgan mikrob shtammlari eterotoksin shtammlari deyiladi. Patogen stafilokokklar plazmnani koagulatsiya qilib, gemolitik xossalarga ega bo‘ladi, biroq ovqatdan zaharla- nishni enterotoksin ajratadigan stafilokokklar keltirib chiqaradi.


Klinikasi. Kasallanish alomatlari yashirin davrdan keyin tarkibida stafilokokklarning enterotoksin shtammlari bo‘lgan ovqat mahsulotlarini iste’mol qilgandan so‘ng 2—4 soat o‘tgach paydo bo‘ladi. Stafilokokk intoksikatsiyasining yetakchi belgilari gastroenterit hisoblanadi. Kasallik shiddat bilan boshlanadi, bemor to‘satdan tez-tez qusa boshlaydi, qorinni qattiq achish- tiradigan og‘riq (to‘shosti sohasida) bezovta qiladi, ich ketishi kuzatiladi, ayrim hollarda ich ketmasligi mumkin.
Bemorlar darmonsizlikdan, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishdan noliydilar. Tomir tez uradi, to‘liqligi sust bo‘ladi. Tana harorati odatda o‘zgarmaydi, sovuq ter chiqadi. Kamdan-kam hollarda yurak faoliyati susayadi. Talvasa tutadi. Kasallik qisqa vaqt kechadi, odatda ikkinchi kuni sog‘ayish boshlanadi. O‘lim bilan tugash hollari qayd qilinmagan.
Epidemiologiyasi. Stafilokokk intoksikatsiyalari turli xildagi oziq-ovqat mahsulotlariga bog‘liq bo‘lishi mumkin, biroq aksari sut va sut mahsulotlari iste’mol qilingandan keyin paydo bo‘ladi. Mahsulotlarda enterotoksin 18—20°C da rivojlanadi. Bunda mah- sulotning organoleptik xossalari — rangi, hidi, ta’mi o‘zgarmaydi.
Stafilokokk enterotoksini issiqlikka g‘oyat chidamli. U 30 minut davomida qaynatishga bardosh beradi. Shu sababli, stafilokokk tushgan bo‘lsa, qaynatilgan va pasterizatsiya qilingan sut ichilgandan keyin ham intoksikatsiya ro‘y berishi mumkin. Qulog‘ida, ko‘zida yiringli kasalliklari bor sut sog‘uvchilar, sut zavodlari hamda qandolat sexlarining ishchilari, shuningdek, oshpazlar stafilokokk tashuvchilar hisoblanadi. Angina va yuqori nafas yo‘llari katariga uchragan bemorlar ham katta xavf tug‘diradi, chunki bunda oziq-ovqat mahsulotlari aerogen yo‘l bilan o‘tishi, zararlanish sigir va echkilar mastitidan ham sodir bo‘lishi mumkin. Oziq-ovqat korxonalari sanitariya holatining qoniqarsizligi ham stafilokokkning tarqalishiga sabab bo‘ladi.
Profilaktikasi. 1. Oziq-ovqat mahsulotlari bilan ishlashga aloqador shaxslarning sog‘lig‘i ustidan nazorat olib borish. Teri qatlamlarida, qulog‘ida, ko‘zida, tomog‘ida yiringli kasalliklar va yuqori nafas yo‘llarida yallig‘lanishi bor shaxslar oziq-ovqat mahsulotlari bilan aloqador ishga qo‘yilmaydi.



  1. Download 422,93 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish