koli-indeks 1000 ml suvda 3 dan ko‘p bo‘lmagan;
bakteriyalar koloniyasining umumiy soni 1 ml suvda 100 dan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
Ko‘rsatkich nomi, mg/l ziyod bo‘lmagan
|
Sinflar bo‘yicha suvning sifat ko‘rsatkichlari
|
1
|
2
|
3
|
Loyqalik
|
20
|
1500
|
10000
|
Rangdorlik, graduslarda
|
30
|
50
|
100
|
Hid, ballarda
|
2
|
3
|
4
|
Vodorod ko‘rsatkichi (pH)
|
6,5—8,5
|
6,5—8,5
|
6,5—8,5
|
Temir (Fe)
|
0,3
|
1,0
|
3,0
|
Marganes (Mn)
|
0,1
|
1,0
|
2,0
|
Ftor (F)
|
0,7
|
0,7
|
0,7
|
Permanganatli oksidlanish, mg O2/l
|
7,0
|
15,0
|
20,0
|
BPK to‘la, mg O2/l
|
3,0
|
5,0
|
7,0
|
1 l da lak musbat ichak
|
1000
|
10000
|
50000
|
tayoqchalari (LPK)
|
Ishlov bermay, to‘g‘ridan to‘g‘ri ichish mumkin bo‘lgan qu- duq suvining sifatiga baho berishda uning tarkibidagi organik moddalar va ularning parchalanish mahsulotlari (ammoniy tuz- lari, nitritlar, nitratlar) bilan ifloslanishining kimyoviy ko‘rsat- kichlaridan foydalaniladi.
§. SUV MANBALARINING GIGIYENIK TA’RIFI VA ULARDAN FOYDALANISHNING ASOSIY SANITARIYA QOIDALARI
Suv manbalari yog‘in suvlari, yerosti va ochiq suv havzalariga bo‘linadi.
Yog‘in suvlaridan xo‘jalik ehtiyojlari va ichish uchun faqat o‘zga suv manbalari bo‘lmagan joylarda foydalaniladi.
Yog‘in suvlari tarkibida tuzlar kamligi tufayli juda yumshoq bo‘ladi. Atmosfera havosi toza joylarda yog‘in suvlari tarkibida organik moddalar, patogen mikroblar kam uchraydi. Lekin sanoat shaharlarida yog‘in suv tarkibida har xil kimyoviy birikmalar, organik moddalar, radioaktiv elementlar va hokazolar ko‘p bo‘lishi mumkin.
Yerosti suvlari. Qor-yomg‘ir suvlari qisman bug‘lanib, qayta havoga ko‘tariladi, bir qismi ochiq suv havzalariga qo‘shilsa, boshqa qismi yerga shimiladi. Suv o‘tkazmaydigan jinslar (loy, granit, yaxlit ohaktosh)ning birinchi qatlami ustida to‘plangan suv yerosti suvining birinchi qatlamini hosil qiladi va mana shu suv yerosti suvi deb ataladi.
Mahalliy sharoitlarga ko‘ra yerosti suvi 1—2 m dan to bir necha o‘n metrgacha qalinlikda bo‘ladi. Suv o‘tkazmaydigan qatlam qiyaligi bo‘ylab yerosti suvi balanddan pastga oqadi; tabiiy suzilish jarayonida muallaq zarrachalar va mikroblardan toza- lanib, mineral tuzlar bilan boyiydi. Yerosti suvi tiniq, sezilar- sezilmas rangli tuzlar, yerosti suvlarining joylashish chuqurligi ortib borishiga ko‘ra tarkibidagi miqdori ham oshib boradi. Mayda donli jinslar bilan qoplangan joylarda, 5—6 m chu- qurlikdan boshlab, yerosti suvida deyarli mikrob bo‘lmaydi.
Tuproq axlat va chiqindilar bilan ifloslangan joylarda yer osti suvining kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroblar bilan zararlanish xavfi tug‘iladi. Tuproq qancha chuqur ifloslansa va yerosti suvlari qancha yuzada bo‘lsa, bu xavf shuncha ortib boradi.
Yerosti suvlari suv o‘tkazmaydigan jinslar qatlami ostidagi bo‘shliqqa o‘tishi va qatlamlararo suv havzalarini hosil qilishi mumkin. Qatlamlararo suv 15 m dan bir necha yuz metrgacha chuqurlikda bo‘ladi. Qatlamlararo suv, odatda, gigiyenik talab- larga to‘la javob beradigan mineral tarkibga ega bo‘ladi. Tarkibida tuz ko‘p, juda qattiq, achchiq-sho‘r, ftor, temir, vodorod sulfid yoki radioaktiv moddalarga boy suvlar ham uchraydi.
Qatlamlararo suv yerostida oqib turishi, usti esa suv o‘t- kazmaydigan bir yoki bir necha qatlamlar bilan qoplanganligi tufayli (bu qatlamlar suvni ifloslanishdan saqlab turadi) bakterial jihatdan tozaligi bilan ajralib turadi va odatda, qaynatmasdan ham ichsa bo‘ladi. Qatlamlararo suv doimiy yoki katta (soatiga 1 dan 2000 m3 gacha va bundan ko‘proq) debitga egaligi, shuningdek, sifati yaxshi bo‘lganligi vodoprovod tarmoqlarini suv bilan ta’minlaydigan eng yaxshi manba hisoblanadi.
Yerosti suvi yer yuziga o‘z-o‘zidan chiqishi mumkin. Bular buloqlardir. Relyef tushganda (masalan, tog‘ning yonbag‘ri, chuqur soylar) yerosti suvini saqlab turadigan qatlam yorilsa, yerosti suvi ham, qatlamlararo suv ham yer yuzasiga oqib chiqishi mumkin. Ko‘p hollarda buloq suvining sifati yaxshi bo‘ladi. Yerosti suvidan foydalanishda uni ifloslanishdan saqlash uchun quyidagi qoidalarga rioya qilish zarur:
Quduq bor joy o‘sha yerning relyefidan yuqori va tuproqni ifloslantiradigan manbalardan iloji boricha uzoqroqda bo‘lishi, u botqoqlanib qolmasligi yoki toshib ketmasligi lozim. Quduq atrofidagi maydon tuprog‘ini ifloslanishdan muhofaza qilish zarur.
Quduq yoki kaptaj devori suv o‘tkazmasligi kerak. Yer yuzasidagi suv suv saqlanadigan qatlamga yoki quduqqa devori orqali sizib o‘tmasligi uchun quduq devorining yuqori qismi atrofiga paxsa kamar qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |