Ftor miqdorining ko‘payishi flyuoroz kasalligining sababchisi bo‘lishi bilan bir qatorda, tish kariyesiga qarshi profilaktik omildir.
Suv tarkibida ftorning miqdori 0,5 mg/1 dan kam bo‘lganda maktab o‘quvchilari orasida kariyes kasalligi ko‘paygani qayd etilgan. Shu sababli R.D. Gabovich, A.A. Minx, V.A. Knijnikov va boshqalarning tavsiyasiga binoan ichish uchun mo‘ljallangan suv tarkibida ftorning miqdori 0,5 mg/1 dan kam bo‘lganda hamda shu hududda kariyes kasalligi ko‘payganda, vodoprovod suvlariga ftor qo‘shish yo‘li bilan uning miqdorini 0,7 mg/1 gacha yetkazish tavsiya etilgan. Ushbu miqdor me’yor sifatida jahon miqyosida qabul qilingan.
Yod moddasi kam bo‘lgan biogeokimyoviy viloyatlarda endemik buqoq kasalligi keng tarqalgan. Endemik buqoq kasalligi G‘arbiy Ukraina, Volga daryosining yuqori qismlarida, Uralda, Markaziy va Shimoliy Kavkazda, O‘rta Osiyoning vodiy qismida, Oltoyda, Uzoq Sharqning katta daryolar bo‘ylarida yashov- chilarda uchraydi. Suv tarkibida nitratlarning miqdori 10 mg/1 dan oshganda ko‘krak yoshidagi bolalarda nitrat metgemoglobinemiyaning kelib chiqishi aniqlangan.
L.Paster ifloslangan suv epidemiya manbayi ekanligini ilmiy jihatdan asoslagan.
Yuqumli kasallik keltirib chiqaruvchi mikroblar suvda o‘z hayot faoliyatini saqlab qolish xususiyatiga ega bo‘lsa, bunday suv iste’mol qilinganda odam yuqumli kasallik bilan og‘rishi mumkin.
Ich terlama, ichburug‘, vabo, leptospiroza, tulyaremiya, brut- sellyoz, Botkin kasalligi va boshqa enteroviruslar suv orqali
- M.A. Azizov
65
yuqadi. Bu kasalliklarning qo‘zg‘atuvchilari suvga bemor va batsilla tashuvchilarning ajralmalari (najaslari) tushganda hamda suvga yuqumli kasalxonalar chiqindisi va har xil chiqindilar tushishi tufayli ro‘y beradi. Epidemiologik jihatdan ochiq suv manbalari ayniqsa xavotirli hisoblanadi.
Ommaviy cho‘milish, kemalar ifloslarining suv havzalariga tashlanishi, qirg‘oqlarga axlat to‘kilishi va ularning yomg‘ir suvi bilan yuvilishi, suv havzalarida kir yuvish, hojatxonalarning yer osti suvlariga ta’siri, iflos chelaklardan quduqlarga patogen mikroorganizmlarning tushib qolishi ham suvning zararlanishiga sabab bo‘ladi
Suv orqali har xil gijja va ular tuxumlarining tarqalishi katta xavf tug‘diradi. Shubhali, ochiq suv manbalarida cho‘milish va mevalarni chayish ham xatarli hisoblanadi. 1950-yillardan boshlab, suv manbalarining sun’iy radioaktiv izotoplar bilan iflos- langani aniqlana boshlandi, bunday izotoplar ayrim a’zolarda kumulatsiya qilinishi natijasida nur kasalligiga sababchi bo‘lishi mumkin.
Yuqorida aytib o‘tilganlar aholini yetarli miqdorda gigiyenik talablarga javob beradigan toza suv bilan ta’minlash, aholi yashaydigan joylarni obodonlashtirish muhim sog‘lomlashtirish tadbirlari hisoblanishidan dalolat beradi.
§. ICHIMLIK SUV SIFATIGA QO‘YILADIGAN GIGIYENIK TALABLAR VA UNI SANITARIYA NUQTAYI NAZARIDAN BAHOLASH
Do'stlaringiz bilan baham: |