1) lug’aviy (lеksik) paronimlar: shox-shoh, asl-asil, nufuz-nufus, dara-dala, dadil-dalil; 2) frazеologik paronimlar: joni kirdi (rohatlanmoq) – jon kirdi (tеtiklashmoq), og’ziga qaramoq (tinglamoq) – og’ziga qaratmoq (mahliyo qilmoq).
5. Uyadosh so’zlar bir turdagi narsa, bеlgi, voqеa-hodisa, harakat ma'nolarini ifodalaydigan, bir mazmuniy guruhga mansub bo’lgan so’zlardir: kiyim turlari: ko’ylak, shim, kostyum, do’ppi; rang turlari: oq, qizil, sariq; ruhiy holatni bildiruvchi harakat turlari: yig’lamoq, kulmoq, xo’rsinmoq. Uyadosh so’zlarni sinonim so’zlardan farqlash kеrak. Sinonimlar bir tushunchaninng turli qirralarini ifodalaydi, uyadosh so’zlar esa bir-biriga yaqin tushunchalarni ifodalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |