Ma'no kеngayishi
Bunda leksema sememasi tarkibiga kiruvchi semalar miqdori ko`payadi va shuning hisobiga uning ma’nosi kеngayadi. Masalan: suv leksemasi sememasi oldin quyidagi semalarga ega bo`lgan: 1) vodorod va kislorodning birikmasidan iborat bo`lgan suyuqlik; 2) shaffof suyuqlik; 3) rangsiz suyuqlik; 4) hidsiz suyuqlik. Keyinchalik bu leksema sememasi quyidagi semalar hisobiga kengaydi: 5) ho`l meva hamda sabzavotlar tarkibidagi suyuqlik: anor suvi; 6) tirik organizm a’zolaridan ajralib chiqadigan suyuqlik, shira: oshqozon suvi; 7) umuman turli narsalar tarkibidagi namlik: suvi qochgan non. Bu ma'nolar ko’chma ma'nolar emas, balki bir ma'noning turli qirralaridir.
Atoqli otlarning turdosh otlarga o’tishi ham ma'no kеngayishiga misol bo’la oladi: Makintosh – ism, makintosh – kiyim turi; Xosiyatxon – ayollar ismi, xosiyatxon – atlas turi, Volt – mashhur fizik olimning familiyasi, volt – elеktr toki kuchlanishi birligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |