1. Atash semalari narsa, belgi, harakat, miqdor kabi tushunchalarni nomlaydigan semalardir. Masalan, ruchka, qalam, bo`r, flomaster kabi leksemalar uchun “yozish va chizish quroli “ semasi atash semasi bo`lib hisoblanadi.
2. Ifoda semalari atashdan tashqari tushunchaga munosabatni ifodalaydigan semalardir. Masalan, lab- leksemasidagi “betaraflik” semasi, dudoq leksemasidagi “kitobiylik” semasi ifoda semalariga misol bo`la oladi.
3. Vazifa semalari leksemalarning gapda qanday vazifa bajarishini, ya’ni qanday leksemalar bilan birika olishini belgilaydigan semalardir. Masalan, Bola kitob o`qidi gapidagi leksemalarni tahlil qilib ko`ramiz. Bola- leksemasi sememasida shu gap ichida “harakatni bajaruvchi” semasi bor, shuning uchun bu leksema ega bo`lib kelgan. Kitob- leksemasida “harakat o`tgan narsa” degan sema mavjud, shuning uchun u to`ldiruvchi bo`lib kelgan. O`qi- leksemasida esa “bajarilgan harakat” degan sema bor, shuning uchun u kesim vazifasida kelgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |