Leksemaning ifoda va mazmun tomoni
Falsafa fanida shakl va mazmun birligi haqida so`z yuritiladi. Bu narsa tilshunoslik faniga ham taalluqli bo`lib, u leksemaning tashqi (shakliy) va ichki (mazmuniy) tomonlarida o`z aksini topadi.
Leksemaning ifoda (tashqi) tomoni deganda quyidagilar nazarda tutiladi:
1. Leksema tarkibidagi tovushlar: maktab- leksemasi m, a, k, t, a, b tovushlaridan iborat.
2. Leksema tarkibidagi harflar: maktab- leksemasi m, a, k, t, a, b harflaridan iborat.
3. Leksema tarkibidagi bo`g`inlar: maktab- leksemasi mak-tab kabi ikki bo`g`indan iborat.
4. Leksema tarkibidagi ma’lum bir unli tovushga tushadigan urg`u: maktáb.
Xulosa shuki, leksemaning inson sezgi a’zolari yordamida sezish mumkin bo`lgan tomonlari uning ifoda (moddiy) tomoni deb yuritiladi. Ilmiy adabiyotlarda bu nomema deb ham yuritiladi.4
Do'stlaringiz bilan baham: |