ЛO'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi



Download 349,69 Kb.
bet1/7
Sana01.02.2022
Hajmi349,69 Kb.
#421404
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Habib Jalib ijodi


лO'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETI
SHARQ FILOLOGIYASI FAKULTETI
JANUBIY VA JANUBI-SHARQIY OSIYO TILLARI KAFEDRASI

“ Asosiy sharq tili (urdu) adabiyoti“ fanidan


KURS ISHI


Mavzu : “Habib Jalibning hayoti va ijodi”
Bajardi : IV kurs urdu – ingliz guruhi talabasi Mirzahmedova Ra’no

Ilmiy rahbar : Mamajonova M


TOSHKENT – 2022


Mundarija

  1. KIRISH




  1. ASOSIY QISM

  1. Habib Jalibning hayot yillari

  2. Habib Jalibning urdu adabiyotida tutgan o’rni

  3. Habib Jalib ijodining xususiyatlari




  1. XULOSA



Foydalаnilgan adabiyotlar ro’yxati


KIRISH
Har bir millat va xalqning uning madaniyati va ma`naviyatining ko`zgusi- uning adabiyotida ekanligi shubxasiz.Bugungi kunda adabiyot odamzodning ajralmas bir qismiga aylanib, uning rivojlanishi va kamol topishida ahamiyatli mohiyatga ega bo`lib,mustaqil O’zbekiston xalqining ma’naviyatini, ilmiy salohiyatini, til boyligini, dunyoqarashini, har bir shaxsning mustaqil fikrini shakllantirish, yuksaltirish va boyitish uchun albatta adabiyotning o’rni beqiyosdir. Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev aytganlaridek: “Hozirgi notinch va tahlikali zamonda butun bashariyat oldida paydo bo‘layotgan, biz ilgari duch kelmagan g‘oyat murakkab muammolar, global xavf-xatarlarni birgalikda bartaraf etish, shu yo‘lda barcha ezgu niyatli insonlarni birlashtirishda, dunyo aholisining qariyb uchdan bir qismini tashkil etadigan yoshlarni gumanistik g‘oyalar ruhida tarbiyalashda badiiy so‘z san’atining o‘rni va mas’uliyatini har qachongidan ham yuksaltirish zarurligini bugun hayotning o‘zi taqozo etmoqda.1Shu boisdan, biz yosh avlod oldida zamonlar osha yetib kelgan bebaho asarlarimizni jahon ahliga qudratini ko`rsatish uchun ularni xorijiy tillarga tarjima qilib, adabiyotimizni yanada yuqori cho`qillarga olib chiqishdek vazifalarni muvaffaqqiyatli amalga oshirishimiz darkor.Shuningdek, zamonaviy o`zbek adabiyotining yosh vakillarini qo`llab quvvatlash uchun va ularning mahoratini oshirish uchun jahonning nodir, durdona asarlarini ham o`zbek tilimizda nashr ettirishimiz lozimdir.
Adabiyot beqiyos ma’naviy merosdir. Uni o‘rganish anglash, mag‘zini chaqib, hayotiy xulosalar chiqarish, ayniqsa, yoshlar tarbiyasida katta ahamiyatga ega bo‘lsa, uning tili, ijodkorning o‘z ona tilidan qay darajada foydalanish mahoratini tahlil qilish ham ma’naviy yuksalish uchun muhim omil hisoblanadi. Chunki asar tilini o‘rganish jarayonida bevosita til tarixiga murojaat qilinadi, so‘z ma’nolari tahlil qilinadi, asar tiliga mansub bo‘lgan maqol va iboralar, hikmatli so‘zlar bilan ham tanishib chiqiladi. Har bir asarning badiiy xususiyatlarini o‘rganish, uning g‘oyaviy mazmunini yoritish bevosita asar tili bilan bog‘lanadi. Zero,ustoz Ozod Sharafiddinov “Adabiyot tildan boshlanadi” deganlarida ming bora haq edilar.
Hozirgi kunda har bir rivojlangan davlat o‘zining boshqa sohalari qatorida adabiyotning rivojlanishiga, yangi-yangi asarlar bilan boyitishga katta ahamiyat beradi.
Adabiyot- millatning ma’naviyati, qadriyati, an’ana va urf-odatlari, uzoq yillik tarixi, buguni va kelajagi ko’zgusidir. Zero, har qanday millat yoxud mamlakat haqida tasavvurga ega bo’lish uchun, u bilan yaqinroq tanishish uchun, o’sha millatning adabiyoti bilan tanishish katta ahamiyatga ega.
Dunyo hamjamiyati bilan iqtisodiy, madaniy, ilmiy-texnikaviy sohalarda o`rnatiladigan aloqalar, do`stona munosabatlar kun tarkibiga xorijiy tillarni mukammal o`rganish, yosh avlodni, eng kami, zullisonaylik (ikki tilda erkin muloqat qila olish) ruhida tarbiyalash vazifasini qo`ydi"2. Demak, umumiy o`rta ta`lim, o`rta maxsus va kasb ta`limi, oliy ta`lim mutaxassisliklari oldiga qo`yilgan bu ulkan vazifani bajarish vatanimizning kelajagini belgilashda muhim masala hisoblanadi.
Dunyoda tinchlikning hukmron bo‘lishi, mamlakatlarning ravnaq topishi hamda insoniyatning er kurrasida hotirjam unib-o‘sishi, turli xalqlarning mushtarak holda hayot kechirishi davlatlarning do‘stona hamkorlik qilishi asnosida ta’minlanadi. “Biz tashqi aloqalarni xalqaro munosabatlarning turli yo‘nalishlari bo‘yicha muvaffaqiyatli rivojlantirishni xavfsizlik va barqarorlikning kafolati deb bilamiz”3, deya ta‘kidlagan edilar Birinchi Prezdentimiz I.A. Karimov. Jumladan, mamlakatimiz-da tinchlik-totuvlikni ta‘minlash hamda xavfsizlik va barqarorlikni kafolatlashda Vatanimizning jahon hamjamiyatidagi faol ishtiroki va o‘rni hal qiluvchi ahamiyatga ega. O‘zbek xalqi ana shu oddiy haqiqatni anglab etgani holda, yurtimizning nafaqat mintaqa doirasidagi, balki jahonning boshqa ko‘plab etakchi mamlakatlari bilan ikki tomonlama va ko‘p tomonlama manfaatli hamkorlik qilishiga bor kuchi va imkoniyatlarini safarbar etgan holda harakat qilmoqda. Adiblar, yozuvchi va shoirlar ijodi orqali boshqa mamlakatlar ijtimoy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy hayoti, turmush tarzi haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo’lish mumkin. Chunki har qanday yozuvchi, shoir o’z ijodida o’z xalqi xohish-istaklari, o’y-xayollari va taqdirini aks ettiradi. Yozuvchi mahorati ana shu jarayonlarni qay darajada mohirlik bilan ifodalay olishi bilan belgilanadi.
Hindiston adabiyotining XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asrning birinchi yarmidagi davrini oltin davr deb atash mumkin. Hindiston adabiyotida proza(hikoya, roman), dramaturgiya, lirika(nazm) janrlarida ko`plab ajoyib asarlar yaratildi.4 Hindistondagi ijtimoiy taraqqiyot va siyosiy-ijtimoiy jarayonlar, shuningdek, jahon adabiyotining milliy adabiyotga ta’siri natijasida adabiy maydonga kelgan o’sha davr so’z ustalari: yozuvchilari, qalamnavislari asarlarida, eng avvalo, oddiy xalq hayoti, o’y-kechinmalari, orzu-umidlari va mamlakat oldida turgan dolzarb masalalar aks ettirila boshlandi.

Download 349,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish