Tadqiqotning maqsad va vazifalari.
Habib Jalibning ijodini o’rganish va uning she’rlarini tarjima va tahlil qilib, ularning badiiy xususiyatlarini ochib berish tadqiqotning maqsadidir ;
- Urdu adabiyotida o’ziga xos o’rin egallagan yozuvchi Habib Jalibning hayoti va ijodini to’laqonli yoritish;
- Habib Jalib she’rlaridagi jamiyatdagi tinchlik va siyosiy g`oyalarini tahlil qilish;
- Habib Jalibning she’rlarini o’zbek tiliga tarjima qilish hamda ularning ma’naviy dunyosini ochib berish;
Tadqiqotning ilmiy-nazariy yangiligi. Tadqiqotning ilmiy-nazariy yangiligi shundan iboratki,Habib Jalibning she’r va g’azallari birinchi martta o’zbek tiliga tarjima qilinib, badiiy tahlilga havola etilmoqda.
Tadqiqotning amaliy ahamiyati. Habib Jalibning ijodini mukammalroq o’rganishga, adib asarlarining yana qanday ilmiy-ma’rifiy ahamiyatga ega ekanligini, adabiyotga, xususan, urdu adabiyotiga qiziquvchi yoshlar uchun ilmiy izlanishlarida uslub, oqim, yo’nalishlar haqidagi bilimlarini boyitishga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |