j)Kuch yuritmalarini hisoblash. Avtomobillarga ko’rsatiladigan asosiy va yordamchi servis xizmatlarini mexanizatsiyalash maqsadida pnevmatik, gidravlik, elektromexanik kuch yuritmalaridan foydalaniladi.
a) pnevmatik kuch yuritmalari.
Bu turdagi kuch yuritmalarida energiyaning manbai bo’lib siqilgan havo xizmat qiladi. Siqilgan havo korxonaning kompressor stanstiyasi umumta’minlash tarmog’idan yoki ma’lum bir jihozning kompressori orqali etkazilishi mumkin. Pnevmatik yuritma ishonchli ishlashi uchun tizimga filtr va qaytarish klapani o’rnatiladi. Konstruktiv xossalari bo’yicha pnevmatik yuritmalar jihoz konstruktsiyasi bilan birgalikda ishlangan yoki mahkamlanadigan bo’lishi mumkin. Birincxilari jihoz konstruktsiyasi bilan yaxlitlikni tashkil etadi, ikkincxilari esa jihozda alohida agregat ko’rinishida bo’lib, ularni yechib olib, boshqa jihozlarda ham ishlatsa bo’ladi.
6.13-rasm. Bir taraflama va ikki taraflama harakatlanuvchi pnevmatik kuch yuritmasinig sxemasi
Porshenli yuritmalar. Pnevmatik porshenli yuritmalar bir tomonli va ikki tomonlama harakatlanuvchi bo’lishlari mumkin.
Bir tomonga harakatlanuvchi pnevmatik yuritmalarda siqilgan havo faqat pnevmosilindrning bir tomoniga yuborilib, shtokli porshenni harakatlantiradi. Shtokli porshenni avvalgi hoatiga qaytarish prujina yordamida amalga oshiriladi. Pnevmatik yuritma tarmoqqga ulanishi tarqatish krani orqali bajariladi. Tarqatish krani zolotnigining turli holatlarga keltirilishi siqilgan havoni pnevmotsilindrga yoki havoga chiqarib yuboradi.
Ikki taraflama harakatlanuvchi pnevmatik yuritmalarda havo galma- galdan pnevmosilindr turli qismlariga yuborilib, shtokli porshenni ikki tarafga harakatlantirishi mumkin. Tarqatish krani zolotnigi holati o’zgartirilishi havoni gidrotsilindr maydonchasini kerakli tomoniga yuborilishini ta’minlaydi.
Bir tomonlama harakatlanuvchi pnevmatik kuch yuritmalari, odatda, ishlov beriladigan bo’laklarni siqishda yoki bo’shatishda katta kuch talab etmaydigan moslamalardan texnologik jihoz, agregat va uzellarda foydalanilganda qo’llaniladi.
Porshenli pnevmatik kuch yuritmalaridan foydalanilganda porshen shtokidagi kuchni bir necha marotaba kuchaytirib beruvchi kuchaytirgichlardan keng foydalaniladi. Kuchaytirgichlar sifatida oddiy richagli uskunalardan: masalan richagning bir elkasi shtok bilan, ikkinchisi esa moslamaning ishchi qismi bilan ulanadi, foydalanidadi.
Bir tomonga harakatlanuvchi porshenli yuritma shtogidagi kuch quyidagicha topiladi:
Q = p × D2 ×r×h- P (1)
4
bu yerda, D - porshen diametri, sm; r- siqilgan havo bosimi, kG/sm2 h - pnevmoyuritmaning f.i.k. (h= 0,85)
- siqilgan holatdagi qaytarish prujinasining qarsxiligi
(Р= (0,05 ¸ 0,2)Q )
Ikki taraflama harakatlanuvchi kuch yuritmasida siqilgan havo bosimi porshenning shtoksiz tomoniga ta’sir etganda shtokdagi kuch quyidagicha topiladi:
= p × D2 ×r×h, (2)
4
siqilgan havo bosimi porshenning shtokli tarafiga ta’sir etganda,
Q = p ×(D - d 2 )×r×h, (3)
4
bu yerda, Q, D,r,p-(1) formula hisobidagi qiymatlar bilan bir xil olinadi; d- porshen shtogining diametri, sm.
Do'stlaringiz bilan baham: |