Bog'liq Loyihalarning iqtisodiy samaradorlik darajasini aniqlash
Loyihalarning iqtisodiy samaradorlik darajasini aniqlash
Agar samarali axborot tizimlarining loyihalarini tuzish va ularni boshqarish bo‘yicha o‘z malakangizni yanada oshirmoqchi bo‘lsangiz, u holda loyiha samaradorligini hisoblash bilan bog‘liq bo‘lgan quyidagi misol va masalalar bilan tanishib, mustaqil yechiishingiz kerak.
2015 yil 1 yanvardan boshlab 5 mln. so‘m mablag‘ yiliga 20 % foyda normasi bilan bankka qo‘yilayapti. Ushbu kapital 4 yilda qan- chaga o‘sadi?
3 yildan so‘ng yangi avtomobil sotib olish uchun 6 million so‘m kerak bo‘lsin. Agar qo‘yilgan pullar yiliga 30 % foyda keltirishi mumkin bo‘lsa, hozir qancha pulni bankka qo‘yish kerak bo‘ladi?
Faraz qilamizki, qandaydir investitsiya natijasida birinchi yil oxirida 2 mln so‘m, ikkinchi yil oxirida 3 mln so‘m, uchunchi yil oxirida
5 mln so‘m va to‘rtinchi yil oxirida 6,5 mln so‘m daromad kutish mumkin. Agarda pullar yiliga 24% foyda keltirsa, yuqoridagi barcha daromadlarning bugungi qiymati qancha bo‘lishini hisoblang.
Faraz qilamizki, har yili bankka 20% foyda normasi bo‘lgan holatda 2,5 mln so‘mdan qo‘yilayapti. Besh yildan so‘ng bankdagi hisobraqamida qancha pul hosil bo‘ladi?
Olti yildan so‘ng yangi hovli qurish uchun 40 mln so‘m kerak bo‘lsa, yiliga 20% daromad beradigan bankka har yili qanchadan pul qo‘yib turish kerak bo‘ladi?
25 yil muddatga (yoki 300 oyga) qarzni har oyda 1% dan to‘lab borish sharti bilan 15 mln so‘m olish imkoniyati mavjud. Har oyda to‘lanadigan pulning miqdori qancha bo‘ladi?
Biror bir kompaniyaning aksiyalari bir donasi 1000 so‘mdan sotib olingan. Birinchi yili olingan dividendlar har bir aksiya uchun 50 so‘mni, ikkinchi yili olingan dividendlar esa har bir aksiya uchun 120 so‘mni tashkil etdi. Shundan so‘ng aksiyalar 1050 so‘mli bozor narxi bilan sotildi. Ushbu davrdagi sof foyda miqdori necha foiz bo‘ldi?
Qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalarning qanday tavak- kalchilik turlarini bilasiz? Ushbu tavakkalchilik turlarini tushuntiring.
Aksiyalarning talab qilinadigan foydalilik darajasini aniqlang (TQFD). Foydalilikning xavfsiz darajasi (XD) davlat obligatsiyalarining foiz stavkasiga mos keladi, masalan, yiliga 10%. O‘tgan yillar bo‘yicha yig‘ilgan ma’lumotlar asosida ushbu aksiyalar uchun hisoblanilgan “Beta” (V) koeffitsiyenti 1,5 ga teng deb hisoblang. Bozor miqyosida qimmatli qog‘ozlarning o‘rtacha foydalilik darajasi (O‘FD) kuzatuv- chilar tomonidan yiliga 14% deb baholangan.
Yiliga 2 mln. so‘m daromad olish sharti bilan 10 mln. so‘mni 5 yil muddatga investitsiya qilish taklifi ko‘rib chiqilmoqda. Besh yil o‘tganidan so‘ng yana qo‘shimcha 3 mln. so‘m to‘lanishi ham taklif
etilayapti. Agarda o‘sha pullarni (10 mln. so‘mni) bankda “xavfsiz” ravishda yiliga 12 % daromad olish sharti bilan saqlash imkoniyati ham mavjud bo‘lsa, yuqoridagi shartlar asosidagi investitsiya maqsadga mu- vofiqmi?
Yiliga 2 mln. so‘m daromad olish sharti bilan 10 mln. so‘mni 5 yil muddatga investitsiya qilish taklifi ko‘rib chiqilmoqda. Besh yil o‘tganidan so‘ng yana qo‘shimcha 3 mln. so‘m to‘lanishi ham taklif etilayapti. Ushbu investitsiyaning ichki foyda normasi qancha bo‘lishini hisoblang.
Bugungi 10 mln. so‘m yillik inflyatsiya darajasi 2% bo‘lgan holatda 6 yildan so‘ng qanday xarid quvvatiga mos keladi?
Yiliga 2 mln. so‘m daromad olish sharti bilan 10 mln. so‘mni 5 yil muddatga investitsiya qilish taklifi ko‘rib chiqilmoqda. Besh yil o‘tganidan so‘ng yana qo‘shimcha 3 mln. so‘m to‘lanishi ham taklif etilayapti. Agarda o‘sha pullarni (10 mln. so‘mni) bankda “xavfsiz” ravishda yiliga 12 % daromad olish sharti bilan saqlash imkoniyati ham mavjud bo‘lsa hamda yillik inflyatsiya darajasi 2,5 % bo‘lsa, yuqoridagi shartlar asosidagi investitsiya maqsadga muvofiqmi?
Kelajakda bo‘lishi ehtimol tutilgan daromadlar (dividendlar) asosida aksiyalarning bugungi haqiqiy qiymatini hisoblash formulasini yozing va uning ma’nosini tushuntirib bering.
Aksiyalarning yillik dividend miqdori bitta aksiya uchun 280 so‘mni tashkil qiladi. Ushbu aksiyalarning talab qilingan foyda darajasi ularning egalari tomonidan yiliga 12% deb baholangan va aksiyalarning joriy bozor bahosi 1200 so‘mni tashkil qiladi. Ushbu aksiyalarni yana sotib olish kerakmi yoki ularda tezroq qutulgan ma’qulmi?
Faraz qilamizki, oldingi yil oxirida aksionerlik jamiyati har bir aksiya uchun 250 so‘mdan dividend to‘ladi. Aksiya egasi oldingi yillarning statistik ma’lumotlari asosida dividendlarning yiliga 5% dan o‘sib borishiga umid qiladi. Ushbu ishlab chiqarish tarmog‘i va aniq firma uchun aksioner tomonidan baholangan foyda darajasi 15% ni tashkil qiladi. Bunday sharoitlardagi bitta aksiyaning haqiqiy qiymati qanday?
Biror bir korxonaning ikki aksiyadori ushbu tashkilot aksiyalari- ning talab qilingan foyda darajasini turli xil tavakkalchiliklar hamda kelajakda dividendlarning qanday ko‘payishini turlicha faraz qilgan holda turlicha baholaydilar. Birinchi aksiyador talab qilingan foyda darajasini 15% va dividendlarning ko‘payishini 6% deb faraz qilsa,
ikkinchisi talab qilingan foyda darajasini 18% va dividendlarning ko‘- payishini 4% deb faraz qiladi. Oldingi yili dividendlar har bir aksiyaga 260 so‘mni tashkil qilgan bo‘lsa, aksiyalarning qiymatini ikkala aksi- yador nuqtai nazaridan baholang va bu qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligini aniqlang.
Faraz qilamizki, moliyaviy xizmatlar bilan mashg‘ul aksionerlik jamiyatining bitta aksiyasining joriy bahosi 960 so‘m. Oldingi yili har bir aksiya uchun 160 so‘mdan to‘langan. Ushbu firma uchun “beta” koeffitsiyentini 1,6 ga teng deb qabul qilamiz. Davlat obligatsiyalari yoki bankda deponent qilish orqali kafolat berilgan xavfsiz foyda dara- jasi 9% ga teng. Investor tomonidan dividendlarning kelajakdagi o‘sishi yiliga 6% deb kutiladi. Ushbu aksiyalarning haqiqiy bahosi qanday va bunday investitsiya maqsadga muvofiqmi?
Faraz qilamizki, elektr energiyasi ishlab chiqaradigan aksio- nerlik jamiyatining aksiyalari bozorda bittasi 900 so‘mdan sotilayapti va ular yiliga 180 so‘mdan dividend keltirayapti. Ushbu aksiyalarning “beta” koeffitsiyenti 0,5 ga teng (demak, baholarning 1% li o‘zgarishi ushbu korxona aksiyalari bahosining atigi 0,5%li o‘zgarishiga olib keladi). Xavfsiz foyda darajasi 8% ga teng. Bozor bo‘yicha foyda dara- jasi 14% ni tashkil etadi va dividendlarning yillik o‘sishi 0,5% . Ushbu korxona aksiyalarining bugungi haqiqiy bahosini aniqlang. Aksiyaning haqiqiy bahosini bilish qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligini ko‘rsating.
Faraz qilamizki, firmaning taqsimlanayotgan dividendi umumiy foydaning 0,6 qismini tashkil etadi, ya’ni, D1 /F1 = 0.6. Bu yerda D1 – birinchi yil oxirida kutilayotgan dividendlar, D1 = D0 (1 + R) , bunda D0
– oldingi yil to‘langan dividendlar va R – dividendlarning yillik kutila- yotgan o‘sishi (0 dan 1 gacha bo‘lgan kattalikda). F1 – yil oxirida kutila- yotgan foyda. Kuzatuvchilarning fikriga ko‘ra yoki investordagi ma’lu- motlarga asosan birinchi yil oxirida bitta aksiyaga to‘g‘ri keladigan foyda miqdori 300 so‘mni tashkil qiladi.
Tavakkalchilik haqida yoki talab qilinadigan foyda darajasi haqida uch xil imkoniyatni holda va dividendlarning yillik kutilayotgan o‘sishi R haqida ham uch xil imkoniyatni faraz qilgan holda hamda firmaning taqsimlanayotgan dividendi umumiy foydaning 0,6 qismini tashkil etadi deyilsa, ushbu uchchala holatda ham firma aksiyalarining haqiqiy baho- sini aniqlang.
Aksionerlik jamiyatining samaradorligi qanday asosiy moliyaviy
ko‘rsatkichlar asosida baholanadi va ushbu ko‘rsatkichlar qanday hisob- lanadi?
Aksioner kapitalining foydasini oshirish uchun (yoki aksionerlar foyda miqdorini oshirish uchun) nima ko‘proq foydali?
Bankdan yangi mablag‘ olishmi yoki qo‘shimcha aksiyalar chi- qarishmi? Fikringizni misollar vositasida tushuntiring.
Oxirgi 3 yil ichida uch kompaniya uchun quyidagi birja ma’lu- motlari mavjud: