Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet161/205
Sana01.01.2022
Hajmi2,13 Mb.
#280239
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   205
Garov turlari  
 
 
 
 
 
Ushlab qolish 
 
Ushlab  qolish  majburiyatning  bajarilishini  ta’minlashning  yangi 
usulidir. Ushlab qolish huquqi lotin tilidan (“jus retentions”) kelib chiqib 
oʻzining tub ma’nosiga koʻra ushbu fuqarolik huquqiy kategoriyani ifoda 
etadi.  
Oʻzbekiston  Respublikasi  FKning  259-moddasida  majburiyatlarning 
bajarilishini  ta’minlash  usullari  tizimida  qarzdorning  mol-mulkini  ushlab 
qolish  ham  nazarda  tutiladi.  Bu  usullarni  qoʻllash  asoslari  FKning            
290-moddasida  belgilab  berilgan.  Unga  asosan,  qarzdorga  yoki  qarzdor 
koʻrsatgan  shaxsga  topshirilishi  lozim  boʻlgan  ashyoni  saqlayotgan 
kreditor  ushbu  ashyo  haqini  yoki  u  bilan  bogʻliq  chiqimlar  va  boshqa 
zararni  kreditorga  toʻlash  majburiyatlari  qarzdor  tomonidan  muddatida 
Zakalat 
Huquqlar garovi 
Ipoteka  


242 
 
bajarilmagan  taqdirda  unga  tegishli  majburiyat  bajarilgunga  qadar  ushlab 
qolishga haqli.  
Ushlab qolishga xos huquqiy belgilar birinchidan, qonunga muvofiq 
ushlab  qolish  boʻyicha  bir  tomonlama  bitim  munosabatlari  vujudga 
kelishida;  ikkinchidan,  kreditor  (retentor)ni  haqiqiy  egaliligida  ashyoning 
mavjud  boʻlishida;  uchinchidan,  qarzdordagi  ashyo  qonuniy  yoʻl  bilan 
qoʻlga  kiritilgan  boʻlishida;  toʻrtinchidan,  talablarning  garov  haqidagi 
qoida  boʻyicha  ashyoni  qiymatidan  qanoatlantirish  imkoniyati 
yaratilishida;  beshinchidan,  kreditorga  mulk  huquqi  asosida  tegishli 
boʻlgan  (oʻz  ashyosini  ushlab  qolish)  ashyoni  ushlab  qolishga  yoʻl 
qoʻyilmasligida namoyon boʻladi.  
“Ushlab  qolish  huquqi”  va  “ushlab  qolish”  bir  xil  kategoriya  emas. 
Ushlab  qolish  huquqi  ta’minlovchi  subyektiv  fuqarolik  huquqi  boʻlsa, 
ushlab  qolish  esa  ushlab  qolishga  haqli  boʻlgan  shaxs  tomonidan  ushlab 
qolish  huquqini  amalga  oshirish  nazarda  tutiladi.  Ushlab  qolishga  xos 
majburiyatni  ta’minlovchi funksiya  xarakterli  boʻlib,  kreditorning  mulkiy 
manfaatlarini  himoya  qilishda  yaqqol  namoyon  boʻladi.  Ushlab  qolishni 
har  qanday  holda  oʻz  ashyosi  hisobidan  amalga  oshirishga  yoʻl 
qoʻyilmaydi.  Ushlab  qolish  huquqi  oʻzga  ashyoga  nisbatan  vujudga 
keladigan huquqdir.  
Ashyoni ushlab qolishdan koʻzlangan  asosiy  maqsad  kreditor oʻzini 
qoʻshimcha  mulkiy  xarajatlardan  saqlaydi.  Oʻz  navbatida  kreditorga 
ashyoni  oʻtkazishda  qarzdor  majburiyatni  bajarilishidan  koʻra  koʻproq 
xarajatlarni  qilishiga  toʻgʻri  keladi.  Ushlab  qolish  huquqi  qayd  etilgan 
ma’noda  nafaqat  shartnomaviy  balki  shartnomasiz  majburiyatlarda 
qoʻllanilishi  mumkin.  An’anaviy  jihatdan  ushlab  qolishga  vaqtinchalik 
chora  sifatida  qaraladi.  Uning  predmeti  boʻyicha  qarzdorning  xususiy 
alomatlari bilan belgilangan koʻchar ashyolari hisoblanadi. Ushlab qolish 
subyektiv  muddatli huquq boʻlib  asosiy qarzni  bekor boʻlishi bilan uzviy 
bogʻliqdir. Ushlab qolish majburiyat bajarilmaganda kreditorda qarzdorga 
nisbatan  tezkor  ta’sir  qilish  huquqi  vujudga  keladi.  Ushlab  qolish 
huquqining  qonun  asosida  vujudga  kelishini  inobatga  olsak,  bu  huquq 
kreditorning erkiga bogʻliq boʻlmasligi ham mumkin.  
Ushlab  qolish  huquqi  fakti  eng  avvalo  asosiy  majburiyatning  yoki 
talab  qilish  huquqining  mavjud  boʻlishi  bilan  izohlanadi.  Asosiy 
majburiyatning  boʻlmasligi,  uning  haqiqiy  emas  deb  topilishi  yoki 
shartnomaning  tuzilmasligi  kreditorda  ushlab  qolish  huquqini  vujudga 
keltirmaydi.  Shartnomasiz  majburiyatda  kreditorning  egaligiga  qonuniy 
olingan  va  uning  tasarrufida  boʻlgan  qarzdor  mulkini  ushlab  qolish  bilan 
majburiyatning ta’minlanishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Sud yoki hakamlik sudi 
qarorini  ijro  qilish  maqsadida  ushlab  qolishdan  foydalanish  maqsadga 


243 
 
muvofiq  emas.  Asosiy  majburiyat  mutlaqo  pul  xarakterida  boʻlishi  talab 
etiladi.  
Ushlab  qolish  huquqining  faqat  qonunga  asoslanishini  nazarda 
tutsak,  uning  majburiyatlarni  bajarilishini  ta’minlash  usullari  tizimida 
oʻziga xos oʻrin egallashidan dalolat beradi. Boshqa usullar nafaqat qonun, 
balki  kelishuv  va  shartnomalarga  koʻra  ham  vujudga  keladi.  Ushlab 
qolishning  asosi  boʻlib  hali  toʻlov  muddati  kelmagan  qarz  hisoblanadi. 
Ushlab  qolish  huquqi  shartnomaga  muvofiq  vujudga  kelganda,  u  albatta 
yozma  ravishda  tuzilishi  kerak.  Basharti  ushlab  qolinadigan  mulk 
koʻchmas mulk boʻlsa davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan boʻlishi talab etiladi.  

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish