247
zakalat olgan taraf oʻz majburiyatlarini bajarmasa, u ikkinchi tarafga
zakalat summasini ikki baravar miqdorida toʻlashga majbur.
FKning 312-moddasi uchinchi qismida koʻrsatilganidek, shartno-
maning bajarilmasligi uchun javobgar boʻlgan taraf, agar shartnomada
boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, zakalat summasini hisobga
olgan holda, ikkinchi tarafga zararlarni toʻlashi shart.
Agar zakalat summasi zarar summasidan birmuncha koʻproq boʻlsa,
u holda faqat zakalatgina undiriladi. Agar majburiyatni bajarmaslik
natijasida koʻrilgan zarar zakalat summasidan ortiq boʻlsa, u holda zakalat
summasi ham, zararlarni qoplash uchun yetishmagan summa ham
undiriladi.
Zakalatning mohiyati shundan iboratki, agar shartnomaning
bajarilmasligi uchun zakalat puli bergan taraf javobgar boʻlsa, zakalat
ikkinchi tarafda qoladi va qaytarilmaydi. Lekin shartnomaning
bajarilmasligi uchun zakalat olgan taraf javobgar boʻlsa, u ikkinchi tarafga
zakalatni ikki baravar qilib qaytarishi shart.
Zakalat haqidagi kelishuv akstessor (qoʻshimcha) tusga ega boʻlib,
asosiy majburiyat vujudga kelmasa, zakalat haqidagi kelishuv ham mavjud
boʻlmaydi. Ta’minlovchi zakalat funksiyasi asosiy majburiyatni
bajarilishini ta’minlashga qaratilgan boʻladi. Zakalat va avans (boʻnak)
bir-biridan farq qiladi. Avans qarzdorga kelgusidagi toʻlovlar hisobidan
beriladi. Avans barcha hollarda toʻlov va dalil funksiyasini bajaradi. Biroq
zakalat kabi majburiyatni bajarilishini ta’minlash funksiyasini bajara
olmaydi.
Toʻlangan summa zakalat ekanligi haqida shubha tugʻilgan taqdirda, bu
summa agar boshqa hol isbotlangan boʻlmasa, faqat odatda toʻlov vazifasini
bajaradigan boʻnak (avans) sifatida toʻlangan deb hisoblanadi. Masalan, da’vogar
A. javobgar B. qarshi unga uy-joyni sotib olish uchun berilgan pul summasiga
nisbatan ikki barobar koʻp miqdorda, ya’ni 1300 soʻmni undan undirish haqida
sudda da’vo qoʻzgʻatgan. Lekin sud da’vogar arizasida zakalatga xos quyidagi
belgilarning mavjud emasligini koʻrsatib, da’voni rad etgan: uy-joyning oldi-
sotdisini ta’minlash uchun zakalat toʻgʻrisida shartnoma tuzilmagan. Uy-joyning
oldi-sotdi shartnomasi umuman tuzilmagan va kelajakda tuzilishi faraz qilingan,
toʻlanadigan pul hisobidan da’vogar javobgarga 6500 soʻm oʻtkazgan, ushbu
summadan 300 soʻmni qarzdor da’vo qoʻzgʻatgunga qadar da’vogarga qaytargan.
Javobgar olgan summani sud boʻnak deb tan olgan.
Do'stlaringiz bilan baham: